|
Reja: Kirish. Asosiy qism
|
bet | 1/10 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 46,21 Kb. | | #105383 |
Bog'liq Turar joylardagi avariya va halokatlar, kelib chiqish sabablari, oqibatlari va harakatlanish qoidalari.
Mavzu: Turar joylardagi avariya va halokatlar, kelib chiqish sabablari, oqibatlari va harakatlanish qoidalari.
Reja:
Kirish.
Asosiy qism.
1. Favqulodda vaziyatlar tavsifi va ularning turlari.
2. Tabiiy, texnogen va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar, ularning kelib chiqish sabablari, xususiyatlari.
3. Favqulodda vaziyatlarda aholining harakatlari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Favqulodda vaziyat - odamlar qurbon bo‘lishiga, ularning sog‘lig‘i yoki atrof tabiiy muhitga zarar etishiga, jiddiy moddiy talafotlar keltirib chiqarishga hamda odamlarning hayot faoliyati sharoiti izdan chiqishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki olib kelgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa, tabiiy yoki boshqa ofat natijasida muayyan hududda yuzaga kelgan holat.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning tasnifi to‘g‘risida” 455-sonli qaroriga (1998 yil 27 oktyabr) asosan favqulodda vaziyatlar ularning vujudga kelish sabablariga (manbalariga) ko‘ra Texnogen, Tabiiy va Ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarga bo‘linadi va ular ushbu vaziyatlarda zarar ko‘rgan odamlar soniga, moddiy zararlar miqdoriga va ko‘lamlariga (hududlar chegaralariga) qarab Lokal, Mahalliy, Respublika va Transchegara turlariga bo‘linadi.
Lokal favqulodda vaziyatga 10 dan ortiq bo‘lmagan odam jabrlangan, yoxud 100 dan ortiq bo‘lmagan odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan, yoxud moddiy zarar FV paydo bo‘lgan kunda eng kam oylik ish haqi miqdorining 1 ming baravaridan ortiq bo‘lmagan hamda FV zonasi ishlab chiqarish ob’ekti yoki ijtimoiy maqsadli ob’ekt hududi tashqarisiga chiqmaydigan FV tegishli bo‘ladi.
Mahalliy favqulodda vaziyatga 10 dan ortiq, biroq 500 dan ko‘p bo‘lmagan odam jabrlangan, yoxud 100 dan ortiq, biroq 500 dan ko‘p bo‘lmagan odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan, yoxud moddiy zarar eng kam oylik ish haqi miqdorining 1 ming baravaridan ortiqni, biroq 0,5 million baravaridan ko‘p bo‘lmagan hamda FV zonasi aholi punkti, shahar, tuman, viloyat tashqarisiga chiqmaydigan FV tegishli bo‘ladi.
Respublika favqulodda vaziyatiga 500 dan ortiq odam jabrlangan, yoxud 500 dan ortiq odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan, yoxud moddiy zarar eng kam oylik ish haqi miqdorining 0,5 million baravaridan ortiq bo‘lgan hamda FV zonasi viloyat tashqarisiga chiqadigan FV tegishli bo‘ladi.
|
| |