|
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
|
bet | 1/2 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 3,83 Mb. | | #125383 |
Bog'liq 1-top 28-var O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
“Energiya ta’minlash tizimlari” kafedrasi
“Hayot faoliyati xavfsizligi”
fanidan
AMALIYOT
TOPSHIRIQ № 1
Bajardi:_Telekommunikatsiyalar _ta’lim yo‘nalishi
040-20 guruh
Yunusova Shahzoda
talabaning F.I.Sh.
Qabul qildi:AbdullayevaSurayyo
Toshkent 2023
“Hayot faoliyati xavfsizligi” fandan
№ 3 T O P SH I R I Q (AMALIYOT)
28. Fuqaro muhofazasining asosiy vazifalari, ularning kuch va vositalari.
Javobi: Fuqaro muhofazasi - harbiy harakatlar, FVlar, tabiiy ofatlar, avariya, halokatlar ro’y bergan paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keluvchi xavflardan O’zbekiston Respublikasi aholisi, hududlari, moddiy va madaniy boyliklarini muhofaza qilish maqsadida o‗tkaziladigan tadbirlarning davlat tizimi.
FMning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
aholini harbiy harakatlar, FVlar, tabiiy ofatlar, avariya, halokatlar paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan himoyalanish usullariga o‗rgatish;
obyektlarni harbiy harakatlar, FVlar, tabiiy ofatlar, avariya, halokatlar paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan himoyalash harakatlari va usullariga o‗rgatish;
boshqaruv, xabar berish va aloqa tizimlarini tashkil qilish, rivojlantirish va doimiy shay holatda saqlab turish;
iqtisodiyot obyektlarining barqaror ishlashini ta‘minlash yuzasidan choratadbirlar kompleksini o‗tkazish;
aholini, moddiy va madaniy boyliklarni xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish;
FMsi harbiy tuzilmalarining shayligini ta‘minlash;
aholini umumiy va yakka tartibdagi muhofazalanish vositalari bilan ta‘minlash;
aholining harbiy harakatlar, FVlar, tabiiy ofatlar, avariya, halokatlar paytida yoki shu harakatlar oqibatidagi hayot faoliyatini ta‘minlash;
radiatsiyaviy, kimyoviy va biologik vaziyat ustidan kuzatish, laboratoriya nazoratini olib borish;
qutqarish va boshqa kechiktirib bo‗lmaydigan ishlarni tashkil qilish va o‗tkazish;
harbiy harakatlar, FVlar, tabiiy ofatlar, avariya, halokatlar paytida yoki shu harakatlar oqibatida zarar ko‗rgan hududlarda jamoat tartibini yo‗lga qo‗yish va saqlab turish;
aholi va hududlarni muhofaza qilish borasida boshqa tadbirlarni amalga oshirish.
|
| |