|
Tabiiy, texnogen va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar, ularning kelib chiqish sabablari, xususiyatlari
|
bet | 3/10 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 46,21 Kb. | | #105383 |
Bog'liq Turar joylardagi avariya va halokatlar, kelib chiqish sabablari, oqibatlari va harakatlanish qoidalari.2. Tabiiy, texnogen va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar, ularning kelib chiqish sabablari, xususiyatlari.
1. Geologik xavfli hodisalar:
- odamlar o‘limiga, ma’muriy-ishlab chiqarish binolarining, texnologik asbob-uskunalarning, energiya ta’minoti, transport kommunikatsiyalari va infratuzilma tizimlarining, ijtimoiy yo‘nalishdagi binolarning va uy-joylarning turlicha darajada buzilishiga, ishlab chiqarish va odamlar hayot faoliyatining izdan chiqishiga olib kelgan zilzilalar;
Zilzila - yer qobig‘ida yoki yuqori mantiyadagi to‘satdan surilishlar va yorilishlar oqibatida yuzaga keladigan va bikr to‘lqinlar ko‘rinishida uzoq masofalarga uzatiladigan yer osti silkinishlari va yer usti tebranishlari.
Yer qobig‘idagi seysmik to‘lqinlar tarqalayotgan nuqtani zilzila gipotsentri deyiladi. Yer yuzasining gipotsentr ustidagi joyi epitsentr deyiladi.
Zilzila kuchi 12 balli seysmik shkala (MSK-64) bilan o‘lchanadi. Zilzilaning energetik tasnifi uchun magnitudadan foydalaniladi. Zilzila shartli ravishda kuchsiz (1-4 ball), kuchli (5-7 ball) va vayronalik keltiruvchi (8 va undan ortiq ball) silkinishlarga bo‘linadi.
Zilzilaning tektonik, vulqon va o’pirilish turlari mavjud.
Tektonik zilzilalar barcha yer silkinishlarining 80-85% ni tashkil etadi.
- odamlar o‘limiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan va xavfli hududdan odamlarni vaqtincha ko‘chirishni yoki xavfsiz joylarga doimiy yashash uchun ko‘chirishni talab qiluvchi yer ko‘chishlari, tog‘ o‘pirilishlari va boshqa xavfli geologik hodisalar.
Ko‘chki - tog‘ va jar yonbag‘irlaridan, dengiz, ko‘l va daryolarning tik qirg‘oqlaridan tuproq va tog‘ jinslarining og‘irlik kuchi ostida pastga siljishi.
Sunami - asosan suv osti silkinishlari vaqtida dengiz tubi katta maydonlarining pastga yoki yuqoriga siljishi natijasida yuzaga keladigan, dengiz to‘lqinidan iborat xavfli tabiiy hodisa. Sunamidan darak beruvchi tabiiy signal zilziladir. Sunami boshlanishidan avval, odatda, suv qirg‘oqdan uzoq masofaga chekinadi, dengiz tubi yuzlab metr, hatto bir necha ming metrga ochilib qoladi. Bu holat bir necha daqiqadan yarim soatgacha davom etadi. To‘lqinlar harakati momoqaldiroqsimon tovush bilan birga kechishi mumkin.
2. Gidrometeorologik xavfli hodisalar:
- odamlar o‘limiga, aholi punktlarini, ba’zi sanoat va qishloq xo‘jaligi ob’ektlarini suv bosishiga, infratuzilmalar va transport kommunikatsiyalari, ishlab chiqarish va odamlar hayot faoliyati buzilishiga olib kelgan va shoshilinch ko‘chirish tadbirlari o‘tkazilishini talab qiladigan suv toshqinlari, suv to‘planishi va sellar;
Suv toshqini - qor erishi, jala (kuchli yomg‘ir), suvning shamol yordamida haydab kelinishi, muz bo‘laklarining tiqilishi va boshqa holatlarda daryo, ko‘l yoki dengiz suvlari sathining keskin ko‘tarilishi oqibatida quruqlikning anchagina qismini suv ostida qolishi.
Suv ko‘tarilishi - suv sathining qisqa muddatda jadal ko‘tarilishi. Kuchli jala, ayrim hollarda qor erishidan paydo bo‘ladi.
Sel - tog‘ daryolari o‘zanlarida to‘satdan yuzaga keluvchi katta hajmdagi tog‘ jinslari bo‘laklari, xarsanglar va suv aralashmasidan iborat vaqtinchalik shiddatli oqim.
- aholi punktlaridagi, sanatoriy, dam olish uylaridagi, sog‘lomlashtirish lagerlaridagi odamlarning, turistlar va sportchilarning jarohatlanishiga va o‘limiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan qor ko‘chkilari, kuchli shamollar (dovullar), jala va boshqa xavfli gidrometeorologik hodisalar.
Qor ko‘chkisi - 20-30 m/soniya va undan ortiq tezlik bilan harakatlanayotgan yoki pastga surilayotgan qor massasi.
Dovul - tezligi 120 km/s, er yuziga yaqin joyda 200 km/s ni tashkil etuvchi shamol.
Bo‘ron - tezligi 20 m/s dan ortiq va uzoq davom etuvchi kuchli shamol. U siklon davrida kuzatiladi va dengizda katta to‘lqinlarni, quruqlikda esa vayronaliklarni keltirib chiqaradi.
Quyun - momoqaldiroq bulutida yuzaga keluvchi va ko‘pincha er yuzasigacha diametri o‘nlab va yuzlab metrga etuvchi xartum shaklida cho‘ziluvchi shamol. U uzoq muddat davom etmaydi, bulut bilan birgalikda harakat qiladi.
3. Favqulodda epidemiologik, epizootik va epifitotik vaziyatlar:
o‘lat, vabo, sarg‘ayma isitma kabi siyrak uchraydigan kasalliklarni keltirib chiqargan alohida xavfli infeksiyalar;
odamlarda uchraydigan yuqumli kasalliklar rikketsiyalar — epidemik toshmali terlama, Bril kasalligi, Ku-isitma;
zoonoz infeksiyalar - Sibir yarasi, quturish;
virusli infeksiyalar - SPID;
epidemiya - alohida xavfli infeksiyalarga tegishli bo‘lmagan, yuqish manbai bitta yoki yuqish omili bir xil bo‘lgan odamlarning guruh bo‘lib yuqumli kasallanishi, bir aholi punktida - 50 kishi va undan ortiq;
aniqlanmagan etiologiya bilan guruh bo‘lib kasallanish - 20 kishi va undan ortiq;
tashhisi aniqlanmagan bezgak kasalligi - 15 kishi va undan ortiq;
o‘lim yoki kasallanish darajasi o‘rtacha statistik darajadan 3 baravar va undan ortiq bo‘lgan vaziyat;
zaharli moddalar bilan zaharlanish - jabrlanganlar soni - 10 kishi, vafot etganlar soni - 2 kishi va undan ortiq:
oziq-ovqatdan ommaviy zaharlanish - jabrlanganlar soni - 10 kishi, vafot etganlar soni - 2 kishi va undan ortiq;
epizootiya - hayvonlarning ommaviy kasallanishi yoki nobud bo‘lishi;
epifitotiya - o‘simliklarning ommaviy nobud bo‘lishi.
III. EKOLOGIK TUSDAGI FAVQULODDA VAZIYATLAR
1. Quruqlik (tuproq, er osti)ning holati o‘zgarishi bilan bog‘liq vaziyatlar:
- halokatli ko‘chkilar - foydali qazilmalarni qazish chog‘ida yer ostiga ishlov berilishi va insonning boshqa faoliyati natijasida paydo bo‘luvchi yer yuzasining o‘pirilishi, siljishi;
- tuproq va yer ostining sanoat tufayli kelib chiqqan toksikantlar bilan ifloslanishi, og‘ir metallar, neft mahsulotlari, shuningdek qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida odamlarning sog‘lig‘i uchun xavf soluvchi konsentratsiyalarda qo‘llaniladigan pestitsidlar va boshqa zaharli ximikatlar mavjudligi.
2. Atmosfera (havo muhiti) tarkibi va xossalari o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan vaziyatlar:
- havo muhitining quyidagi ingridientlar bilan ekstremal yuqori ifloslanishi:
- oltingugurt dioksid, dioksid va azotli oksid, uglerodli oksid, dioksin, qurum, chang va odamlar sog‘lig‘iga xavf soluvchi konsentratsiyalarda antropogen tusdagi boshqa zararli moddalar;
- katta ko‘lamda kislotali zonalar hosil bo‘lishi va ko‘p miqdorda kislota chiqindilari yog‘ilishi;
- radiatsiyaning yuqori darajasi.
3. Gidrosfera holatining o‘zgarishi bilan bog‘liq vaziyatlar:
- yer yuzasi va yer osti suvlarining sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi oqovalari: neft mahsulotlari, odamlarning zaharlanishiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan tarkibida og‘ir metallar, har xil zaharli ximikatlar bor bo‘lgan chiqindilar va boshqa zararli moddalar bilan ekstremal yuqori darajada ifloslanishi;
- binolar, muhandislik kommunikatsiyalari va uy-joylarning emirilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki olib kelgan sizot suvlar darajasining oshishi;
- suv manbalari va suv olish joylarining zararli moddalar bilan ifloslanishi oqibatida ichimlik suvning keskin etishmasligi.
|
| |