• REJA : 1.Kirish.
  • Islom Karimov nomidagi Toshkent




    Download 0.7 Mb.
    bet1/13
    Sana12.04.2024
    Hajmi0.7 Mb.
    #193631
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    KURS ISHI
    o\'zbek tilini sohada qo\'llanishi, Mahsuldor qatlamlarni ochish va quduqlarni o`zlashtirish

    Islom Karimov nomidagi Toshkent
    Davlat Texnika Universiteti
    Neft va Gaz fakulteti
    Neftni qayta ishlash sanoati obyektlarini loyihalshtirish va qurish
    fanidan
    KURS ISHI


    Mavzu:Absorber qurilmasini hisoblash.

    Bajardi:42-20 gurux talabasi Erkinov Iskandar


    Ilmiy rahbari:___________________
    Topshirilgan sanasi:___________
    Himoya qilingan sanasi:___________
    Baxo:___________
    REJA :
    1.Kirish.
    1. O'zbekistonda neft gaz sanoatini rivojlanishi
    2.Neftni kelib chiqishi tarixi .
    3.Neftni qayta ishlash sanoati.
    2.Asosiy qism.
    1.Absorbsiya jarayoni.
    2.Nasadkali absorberlar.
    3.Tarelkali absorberlar
    3.Absorber qurilmasini xisobi .
    4. Xulosa.









    KIRISH
    Fargona neftni qayta ishlash zavodi 1959 yilda ishga tushirilgan. Zavod yoqilgi-moy yo‗nalishida ishlaydi. Yengil fraksiyalar ajratib olingandan song, ogir qoldiq mazut vakuum sharoitida ishlaydigan qurilmalarda har xil fraksiyalarga ajratiladi. Har qaysi fraksiya alohida-alohida tozalanib, ulardan turli xil moylar olinadi. Hozir vaqtda zavodda 30 dan ortiq texnologik qurilmalar ishlab turibdi. Zavodda ilk bor yiliga 600 ming tonna neftni haydaydigan AVT qurilmasi ishga tushirilgan, keyinchalik yana bir nechta AVT qurilmalari foydalanishga topshirilgan. 1965-68 yillarda yiliga 300 va 600 ming tonna benzinni riforming etuvchi qurilmalar ishga tushirilgan. Zavodda Markaziy Osiyoda yagona moy ishlab chiqaruvchi blok qurilgan. Yiliga 500 t turli xildagi moylar tayyorlanadi. Respublikamiz xalq xojaligi tarmoqlari zarur moy mahsulotlari bilan tola ta‘minlanadi. Katalitik riforming qurilmalarida АП-56, АП-64 markali alyumoplatina katalizatorlari ishtirokida benzinni oktan soni kotarilar edi. Ushbu korxona 1995-97 yillarda LCh 35/11-600 qurilmasi fransiyaning ―Prokataliz‖ firmasi bilan hamkorlikda qaytadan ta‘mirlanib rekonstruksiya qilingan. LCh 35/11-600 qurilmasidagi alyumoplatina katalizatorini orniga, tarkibiga reniy va boshka metallar qoshilgan Н-582 va Н-482 markali katalizatorlar joylangan. Qurilmaning gidrotozalash blokiga ya‘ni, benzinni oltingugurtli birikmalardan tozalash uchun alyumokobal‘t-molibden katalizatori orniga НК-306 katalizatori 25 joylashtirilgan. Buning natijasi o‗laroq zavod antidetanator sifatida qollaniladigan tarkibiga qorgoshin tetraetil (QTE) (rus tilida tetraetilsvinets - TES)dan voz kechildi va turli xil oktan soni yuqori bolgan ekologik toza avtomobil benzinlarini ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bolindi. Zavodda dizel yoqilgisini gidrochistka qiladigan qurilma yoq edi. 1997- 99 yillarda Yaponiyaning ―Mitsui end Ko, LTD‖ va ―Toyo Injiniring Korporeyshin‖ firmalari bilan hamkorlikda yangi qurilma ishga tushirildi. Hozir zavod kam oltingugurtli ekologik toza dizel yoqilgisi ishlab chiqmoqda. Buxoro shahrining yaqinidagi Qarovulbozor shaharchasida 1995-97 yillarda yiliga 2,5 mln.t gaz-kondensatini qayta ishlaydigan zavod qurildi va ishga tushirildi. Bu zavodning texnologik qismini Fransiyaning ―TEKNIP‖ firmasi qurib bergan. Zavodda gaz kondensatidan benzin, kerosin, dizel yoqilgisini haydab olish qurilmasi, benzinni katalitik riforming etuvchi, kerosin fraksiyasini merkaptanlardan tozalovchi, dizelyoqilgisi fraksiyasini oltingugurt birikmalaridan tozalovchi texnologik qurilmalar va bu texnologik qurilmalarni chiqindilarini qayta ishlovchi, shu qatorda bir nechta yordamchi qurilmalar mavjud. Bu qurilmalar eng yangi zamonaviy texnologiyalar bilan ta‘minlangan. Zavod yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishga moljallangan bolib, tarkibiga QTE qoshilmagan benzin, sifatli kerosin va kam oltingugurtli dizel yoqilgisi tayyorlaydi. Hozirgi kunda yuqoridagi zavodlarda dunyo standartlariga javob beruvchi neft mahsulotlari ishlab chiqarilmokda. Bu zavodlar Respublikamiz xalq xojaligini hamma tarmoqlarini neft mahsulotlari bilan tola ta‘minlamoqda.

    Osiyo-Markaz» transkontinental gaz quvirlari yotqizilgan.


    Sobiq Ittifoq paytida O'zbekiston o'zini neftь mahsulotlari bilan ta'minlash imkoniyatiga ega bo'lmagan. Masalan, XX asrning 801.O'zbekistonda neft gaz sanoatini rivojlanishi.
    Respublikamiz Prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimov o'zining kitobida ta'kidlab o'tganidek, O'zbekiston o'z yer osti boyliklari bilan hakli suratda faxrlanadi – bu yerda mashhur Mendeleyev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan. Hozirga qadar 2,7 mingdan ziyod turli foydali qazilma konlari va ma'dan namoyon bo'lgan istiqbolli joylar aniqlangan. Ular 100 ga yaqin mineral-xomashyo turlarini o'z ichiga oladi. Mamlakatimizning umumiy mineral-xomashyo potentsiali 3,3 trillion AQSh dollarini tashkil etadi.
    G'oyat muhim strategik manbalar-neftь va gaz kondensati, tabiiy gaz bo'yicha 155 ta istiqbolli kon qidirib topilgan. Hisob-kitobdan ma'lumki, gaz zahiralari 2 trillion kubometga yaqin, ko'mir-2 milliard tonnadan ortiq. 160 dan ortiq neftь koni mavjud. Neftь va gaz mavjud bo'lgan beshta asosiy mintaqani ajratib ko'rsatish mumkin. Bular: Ustyurt, Buxoro-Xiva, Janubiy-G'arbiy Hisor, Surxondaryo, Farg'ona mintaqalaridir.
    O'zbekiston neftining sanoat asosida ishlanishi XIX asrning oxirlari – 1885 yildan boshlandi. Farg'ona vodiysidagi ikki quduqdan olingan neftь avval kichik bir korxonachada qayta ishlangan. Olingan kerosin aravalar, tuyalarda Andijon, Toshkent, Qo'qon shaharlaridagi paxta tozalash zavodlari, yog' chiqarish korxonalariga va maishiy maqsadlarida foydalanish uchun jo'natilgan. Mazut temir yo'l yonilg'isi sifatida qo'llanila boshlangan. 120 yildan oshiqroq vaqt – muqaddam neftь sanoatiga asos solingan bo'lsada, faqat 1953 yilga kelib Qizilqum sahrosida Setalontepa gaz zahirasining ochilishi O'zbekiston neftь va gaz sanoatiga asos soldi. 1962 yilga kelib, sobiq Ittifoq hududidagi Ural va yevropa sanoat korxonalarini tabiiy gaz bilan ta'minlash maqsadida «Buxoro-Ural» va «O'rta -yillarida respublikamizga har yili chetdan 6 million tonnagacha neftь mahsulotlari tashib kelinardi. Lekin ayni o'sha vaqtda respublikamizdan tashqariga 7-8 milliard kubometr gaz chiqib ketgan.
    Mustaqilligimizning birinchi yilidanoq Prezidentimiz Islom Karimovning ko'rsatmalari bilan neftь va gaz sanoati respublikadagi yetakchi sanoatlardan biri sifatida qabul qilindi. 1992 yilning dekabrida sobiq neftь va gazni qayta ishlash va shunga aloqador sohalar isloh qilinib, yagona ishlab chiqarish majmuiga birlashtirildi. Ya'ni xom ashyoni qazib olinishdan tortib, tayyor mahsulot holiga keltirilguncha bo'lgan jarayon bitta zanjirga – «O'zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasiga biriktirildi. «O'zbekneftgaz» tashkiloti o'z sohasida katta iqtisodiy islohatlar o'tkazdi. O'tkazilgan tadbirlar natijasida 1995 yili 7,6 million tonna neftь va gaz kondensati qazib olinib, mamlakatimiz amaliy ravishda neftь mustaqilligiga erishdi.
    “O'zbekneftegaz” milliy xolding kompaniyasi tomonidan 2009-2014 yillarda chet eldan investitsiya kiritish yo'li bilan, umumiy qiymati 21,5 milliard AQSh dollariga teng bo'lgan, 52 ta yirik loyihalarni amalga oshirish bo'yicha dastur ishlab chiqildi. Ushbu dastur asosida masalan, 2009 yilning 14 iyulida “O'zbekneftegaz” milliy xolding kompaniyasi bilan Malaziyaning “Petronas” korporatsiyasi va Janubiy Afrika Respublikasining “Sasol” kompaniyasi o'rtasida O'zbekiston respublikasida sintetik suyuq yoqilg'i ishlab chiqarishga ixtisoslashgan qo'shma korxona tashkil etish to'g'risida bitim imzolandi. “Petronas” sarmoyasi va “Sasol” texnologiyalari asosida ish yuritadigan yangi qo'shma korxona mamlakatimizda qazib olinadigan tabiiy gazdan yiliga 1,3 million tonna yuqori sifatli sintetik suyuq yoqilg'i – dizelь yonilg'isi, kerosin, nafta, suyultirilgan neftь gazi kabi mahsulotlar ishlab chiqaradi. Yangi zavodning mahsulotlari ichki bozorni to'ldirish bilan birga, eksportga ham chiqariladi.

    Download 0.7 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 0.7 Mb.