|
Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universitetining
|
Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 67,5 Kb. | | #141650 |
Bog'liq ARM Ma\'lumotnoma
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT
TEXNIKA UNIVERSITETINING
QO‘QON FILIALI
150700, Qo‘qon sh.
Usmon Nosir ko‘chasi, 4
Tel:73-541-07-94 Fax:541-07-94
e-mail: info@tdtukokand.uz
|
|
MINISTRY OF HIGHER EDUCATION, SCIENCE AND INNOVATIONS
OF TNE REPUBLIC OF UZBEKISTAN
KOKAND BRANCH OF
TASHKENT STATE TECHNICAL UNIVERSITY NAMED AFTER
ISLAM KARIMOV
150700, Kokand c.
Usmon Nosir str, 4
Phone:73-541-07-94 Fax:541-07-94
e-mail: info@tdtukokand.uz
|
№___________ “___”____________2023 y.
MA’LUMOTNOMA
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qo’qon filiali axborot resurs-markazining TOP-1000 talikka kirgan oliy ta’lim muassasalari axborot-resurs markazlariga integratsiya qilish choralarini ko‘rish bo‘yicha:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 26-oktabrdagi 03/51/02-153-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnira universiteti Qo’qon filialida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va dunyoning nufuzli universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatildi.
Qisqa fursat ichida Ufa davlat neft-texnika universiteti, V.G.Shuxov nomidagi Belgorod davlat texnika universiteti, M.Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti, M.M.Adishev nomidagi O‘sh texnologiya universiteti, Qozog‘iston milliy agrar tadqiqot universiteti va Abdurahmon Jomiy nomidagi Ta’limni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti kabi nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan ilmiy izlanishlar olib borish, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, ARMlar o’rtasida o’zaro hamkorlik va ularning ilmiy bazasidagi adabiyotlar bilan almashinuvi, doktorantlar va ilmiy tadqiqotchilar almashinuvi, qisqa muddatli amaliyotlarni tashkil etish, darslik, o‘quv qo‘llanma, monografiya va ilmiy maqolalar chop etish, xalqaro konferensiyalar va seminarlar tashkil etish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik memorandumlarini imzoladi.
Qozog‘iston milliy agrar tadqiqot universiteti
Qozog‘iston milliy agrar tadqiqot universiteti 1996 yilda Olmaota veterinariya va Qozogʻiston qishloq xoʻjaligi institutlarining qoʻshilishi natijasida tashkil etilgan. 2001-yilda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti N.A.Nazarboyevning farmoni bilan universitetga milliy oliy ta’lim muassasasi (KazNAU) alohida maqomi berilgan. Mazkur muassasaning ARM faoliyati atroflicha o’rganildi. Kutubxonaning umumiy maydoni – 5104,9 kv.m. ekanligi, kitob saqlash maydoni – 1939,95 kv.m., kitob fondlari maydoni – 1225,2 kv.m., oʻquv zallarining umumiy maydoni – 1359, 55 kv.m., o‘quv zallaridagi o‘rindiqlar soni – 860 tani tashkil etadi.
Kitobxonlarga 4 ta obuna va 5 ta o‘quv zalida xizmat ko‘rsatilmoqda. Obunalar 3,4,6 va 10-sonli o‘quv binolarida joylashgan. Ixtisoslashtirilgan o‘quv zallari: ilmiy o‘quv zali, davriy nashrlar o‘quv zali, elektron o‘quv zali mavjud.
2014-yildan boshlab ilmiy kutubxonaning kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi tomonidan o‘quv adabiyotlarini elektron tarzda chiqarish ishlari yo‘lga qo‘yildi, kitobxonlar kartotekasi joriy etilgan, zamonaviy texnologiyalar va dasturiy ta’minotlar yordamida kitobxonlarga sifatli xizmat ko’rsatiladi.
M.Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti
M.Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti Axborot-resurs markazi bo‘limlarida “Irbis-64” avtomatlashtirilgan dastur kutubxona-axborot tizimini ta’minlaydi. Kompyuterlar va periferik jihozlarning texnik holatini nazorat qiladi. Ish stantsiyasida yangi mahsulotlarni joriy etish bo'yicha EIC xodimlariga maslahat va ko'rsatmalar berishni tashkil qiladi.
Kompyuter texnologiyalari va Internetdan foydalangan holda kutubxonalarni tashkil etish va faoliyatining ilg'or tajribalarini baholash va joriy etish, yangi axborot texnologiyalarini qo'llash va kitobxonlarga kutubxona axborot xizmati ko'rsatishni yaxshilash. 2009 yilda boshqarma tuzilmasida raqamli kutubxonalar, raqamli kolleksiyalar yaratish, ularning saqlanishini taʼminlash, elektron uskunalardan foydalanishni talab qiluvchi kompakt disklar xizmatlari uchun fond yaratish boʻyicha ishlarni amalga oshirish boʻyicha hujjatlarni raqamlashtirish sektori tashkil etildi. www.Lib.ukgu.kz sayti orqali elektron kitoblarni olish mumkin.
Direktor B.A.Qushimov
|
| |