• Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lpon hayoti va ijodi
  • Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lpon hayoti va ijodi




    Download 94 Kb.
    Sana09.10.2020
    Hajmi94 Kb.
    #12045




    Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lpon hayoti va ijodi
    O`zbek yangi she`riyatining asoschilaridan biri, dramaturg, nosir, publitsist va tarjimon.

    Cho`lpon 1897-yili Andijonda tug`ilgan. Eski maktabda savod chiqargan. Keyin rus-tuzem maktabida o`qigan. 1914-yili Toshkentga keladi va o`z faoliyatini “Sadoi Turkiston” gazetasi bilan bog`laydi. Uning asarlari Orenburg, Ufa, Qozon va Bog`chasaroyda chiqadigan gazeta va jurnallarda ham bosilib turgan. 1916-1917-yillarda Orenburgda yashaydi va u yerda boshqird hukumati mahkamasida kotib bo`lib ishlaydi. So`ng Toshkentga qaytadi. 1920-yilgacha TurkRosTAda xizmat qiladi. 1920-yili Bokuda bo`lgan Sharq xalqlari qurultoyida qatnashadi. O`sha yili Fitrat taklifi bilan Buxoroga boradi va o`zbek tilida chiqadigan “Buxoro axbori” gazetasiga rahbarlik qiladi. Bir yilcha ishlab Toshkentga qaytadi. Adabiyot va madaniyat ishlari bilan shug`ullanadi. 1924-1926-yillarda Cho`lpon Moskvada yashaydi. U yerda ochilgan O`zbek dramstudiyasiga rahbarlik qiladi.


    Shundan keyin jadidlarga qarshi boshlangan kompaniya Cho`lponni ham chetlab o`tmadi. Ta`qib va tazyiqlarga qaramay, u qizg`in ijodiy faoliyat bilan shug`ullandi. 30-yillarning boshida yana Moskvaga ketadi va SSSR Markaziy Ijroiya Komitetida tarjimon bo`lib ishlaydi. Cho`lpon 1937-yil 14-iyulda qamoqqa olinadi va 1938-yil 4-oktabrda otib o`ldiriladi.

    Cho`lponning “O`zbek yosh shoirlari” (1923), “Go`zal yozg`ichlar” (1925), “Adabiyot parchalari” (1926) majmualarida chop etilgan she`rlari, o`z she`rlari asosida nashr qilingan “Uyg`onish” (1922), “Buloqlar” (1923), “Tong sirlari” (1926), “Soz” (1935) kabi to`plamlari yangi o`zbek she`riyati taraqqiyotida muhim o`rin tutadi.

    Uning “Kecha va kunduz” (1936) romani, “Do`xtur Muhammadyor” (1914), “Qor qo`ynida lola”, “Novvoy qiz”, “Oydin kechalarda” hikoyalari yangi davr o`zbek nasri rivojiga salmoqli hissa bo`lib qo`shildi.

    Cho`lponning “Yorqinoy” (1920), “Xalil farang” (1921), “Cho`rining isyoni” (1926), “Yana uylanaman” (1926), “Mushtumzo`r” (1928), “O`rtoq Qarshiboyev” (1928), “Hujum” (1928) kabi dramalari uning dramaturg sifatida ham samarali ijod qilganligini ko`rsatadi.

    Milliy istiqlol va ozodlik g`oyalari Cho`lpon ijodining leytmotivini belgilaydi.

    Cho`lpon Pushkinning “Dubrovskiy”, “Boris Godunov” asarlarini, Gorkiyning “Ona” romani va “Egor Bulichev” pyesasini, Lohutiyning “Evropa safari”ni, Gotsiyning “Malikai Turandot”, Shekspirning “Hamlet” dramalarini o`zbek tiliga tarjima qilish orqali o`zbek va jahon adabiy aloqalari rivojiga munosib hissa qo`shdi.



    105- guruh talabasi Buranova Dilnoza
    Download 94 Kb.




    Download 94 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lpon hayoti va ijodi

    Download 94 Kb.