• II. USMON AZIM DRAMALARI KOMPOZITSIYASI
  • Mavzuning dolzarbligi.
  • Mundarija kirish I. Dramatik asar kompozitsiyasi




    Download 49,5 Kb.
    bet1/9
    Sana01.12.2023
    Hajmi49,5 Kb.
    #109349
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Dramatik asar kompozitsiyasi (U. Azim dramalari misolida)


    Dramatik asar kompozitsiyasi (U. Azim dramalari misolida)
    MUNDARIJA
    Kirish…………………………………………………………………………...….2
    I. DRAMATIK ASAR KOMPOZITSIYASI
    I.1. O`zbek adabiyotida dramaturgiyaning o`rni.………………………….……..4-8
    I.2. Dramatik asar kompozitsiyasi ……………………………………….……..9-12
    II. USMON AZIM DRAMALARI KOMPOZITSIYASI
    II.1. Usmon Azim hayoti va ijodi ……………………………………………..12-13
    II.2. Usmon Azim dramalari kompozitsiyasi tahlili…….……………..………….14-20
    Xulosa………………………………………………………………………....21-27
    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………………………27-28


    KIRISH
    Dramatik tur o’zbek adabiyotiga kirib kelganiga bir asr bo’ldi. Ilk dramatik asar sifatida tan olingan Behbudiyning "Padarkush" asari 1911 yilda yozilgandi. Yuz yillik tarix va tajribaga ega bo’lgan bu o’zbek dramaturgiyasi o’tgan asrning boshi va ikkinchi jahon urishi davrini hisobga olmaganda har doim ham boshqa adabiy turlardan sustroq rivojlangan. Bu susayish ayniqsa o’tgan asrning "turg’unlik davri" deb atalgan 70 80 va mustaqillikning dastlabki yillarida aniq seziladi. Bunday sustkashlikning muayyan obyektiv va subyektiv sabablari ham bor. Avvalo, shuni achinish bilan ta’kidlash o’rinliki, adabiyotimizda faqat dramaturgiya bilan shug’illanadigan maxsus ijodkorlar juda kam. Borlari ham tezda shuhrat topib kashfiyot darajasidagi sahna asarlari yaratib, teatrlarning doimiy hamkoriga aylanib ketavermaydilar. Ikkinchidan, mabodo, shunday talantli drama yaratilib, sahnalashtirilsa ham unga tomoshabinni jalb etish muammosi tug’iladi. Uchinchidan bozor iqtisodiyoti tufayli dramaturg o’z asari bilan boyib ketayotgani yo’q. Shunga qaramay so’ngi 20 yil ichida drama yaratilmay ham qolmadi, sahna bo’shab ham qolmadi, ozmi-ko’pmi tomoshabin teatrga ham kirib turdi.
    Mavzuning dolzarbligi. "To’g’ri ijtimoiy mavzulardagi asarlar ham kam emas, ularda ham g’oya ustivorligi seziladi. Jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiladigan, insonlar ongiga salbiy tasir etadigan voqealarga, hodisalarga qarshi kurash voqeasi ko’rsatilayotgan , tomoshabinga havola etilayotgani yaxshi, ammo muhokamalar ya’ni asarlarga taqrizlar juda kam e’lon qilinayotgani esa afsuski, bugungi kun muammolaridan biriga aylanib qoldi" (6.49). Dramaturgiya doim insonga murojat qiladi, uning qalb sirlarini ochishga intiladi, insoniy o’zaro munosabatlar mohiyatini anglashga harakat qiladi, bu inson tarixiy yoki zamonaviy bo’lishining ahamiyati yo’q. Kelajakda yosh ijodkorlarimiz mohirona qalam tebratishlari uchun hozirdanoq imkon yaratmoq lozim. Har bir tuman markazlarida ijodxonalar tashkil qilinishi, musiqa maktablarida, madaniyat markazlarida yosh qalamkashlar to’garaklari doimiy ravishda fa’oliyat yuritishi, bu albatta har bir ijodkorni ilhomlantiradi, mehnatga chorlaydi va kun kelib ulardan shoh asarlar chiqishi muqarrar.
    Ayni vaqtda bu sohada ham oldimizda ko‘pgina dolzarb va muhim vazifalar turganini ham qayd etish zarur. Xususan, hozirga qadar jahon adabiyotidan ona tilimizga tarjima qilingan aksariyat asarlar vosita tillar orqali amalga oshirilgan va bu hol bugungi kunda ham davom etmoqda. Yosh tarjimonlarimiz asliyat tilini yaxshi bilsalar-da, ko‘p hollarda ularda badiiy mahorat yetishmayapti. Xuddi shunday holatni o‘zbek adabiyoti namunalarini boshqa tillarga tarjima qilish sohasida ham kuzatish mumkin.Bugun mamlakatimizda sizlarning faol sa’y-harakatingiz bilan birinchi bor o‘tkazilayotgan ushbu xalqaro konferensiya mana shunday muhim ijodiy muammolarni atroflicha muhokama qilish, bu borada xalqaro tajriba, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, internet imkoniyatlaridan yanada kengroq foydalanish, do‘stlik aloqalarini tiklash va mustahkamlash, ijodiy uyushmalar, adabiy nashrlar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish, o‘zaro bordi-keldilarni yo‘lga qo‘yishga doir amaliy takliflar ishlab chiqishga xizmat qiladi, deb ishonaman.Bu muhim yo‘nalishda biz sizlar bilan har tomonlama samarali hamkorlik qilishga doimo tayyormiz. Jumladan, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi qoshida sizlarning ishtirokingizda O‘zbek adabiyotining xorijiy do‘stlari kengashini tuzish va uning faoliyatini tizimli asosda tashkil etish bu yo‘ldagi dastlabki amaliy qadam bo‘lishi mumkin.Adabiyotshunoslarimiz ham shoir ijodi haqida tadqoqot ishlari, ilmiy maqolalar yozishgan.

    Download 49,5 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 49,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mundarija kirish I. Dramatik asar kompozitsiyasi

    Download 49,5 Kb.