|
I.2. Dramatik asar kompozitsiyasi
|
bet | 3/9 | Sana | 01.12.2023 | Hajmi | 49,5 Kb. | | #109349 |
Bog'liq Dramatik asar kompozitsiyasi (U. Azim dramalari misolida)I.2. Dramatik asar kompozitsiyasi
Dramatik asar kompozitsiyasi haqidagi gapni uning tashqi qurilishi - tashqi kompozitsiyasidan boshlash maqsadga muvofiq. Negaki, bu nav asarning tashqi qurilishidayoq sahnadagi va sahnadan tashqaridagi unsurlar, ya’ni matnning personajlarga tegishli qismi (asosiy matn) bilan muallifga tegishli qismi (yondosh matn) yaqqol ajralib turadi. To‘g‘ri, asar muallifi, nomi, janri kabi ma’lumotlarning aniq ajralib ko'zga tashlanishi barcha turdagi asarlarga hamxos. Biroq dramada, masalan, bundan keyingi ramka unsurlari (qatnashuvchilar ro'yxati, parda, sahna yoki epizodlarning ajratib belgilanishi, voqea kechadigan joy tavsifi va b.) ham sahna voqeasidan aniq ajralib turadi.
Dramatik asar mualiifi, bir tomondan, go'yo asar voqealaridan butun ikir-chikirigacha xabardor, shu bois voqea tafsilotlari, uning yuz berish vaqti va joyi haqida oldindan ma’lumot bera oladi. Ayni chog‘da, go‘yo voqea uning ko‘z oldida - hozir sodir bolayotgandek: voqeaning kechishini «jonli» tarzda sharhlab boradi: «sahnaga falonchi kirib keladi», «borib chorpoyaga o'tiradi», «chelakdan bir cho'mich suv olib, yutoqib ichadi...» kabi. Dialogiar orasidan joy oluvchi bunday qaydlar voqeani jonlantiradi, ya’ni uni makon va zamondagi harakatga aylantiradi. Dialoglarning o'ziga kelsak, ularning eng ziyrak kuzatuvchisi ham muallif: so'zlovchi va tinglovchilarning hech bir xatti-harakati, imo-ishorasi, yuz-ko‘z ifodasidagi o'zgarish uning nazaridan chetda qolmaydi. Shulardan eng muhimlari - personaj aytayotgan gapning mazmunini tushunish uchun zarur, so'zlovchining munosabati, ruhiy holati kabilar ifodasiga xizmat qiladiganlarini qayd etib boradi: «yelka qisib», «boshini chayqab», «ko'zlarini pirpiratib», «jahli chiqib», «bosh barmog‘ini ko‘- tarib», «peshonasiga urib», «masxaralab», «og‘rinib» kabi. Boshqa tomoni, personajlarning gaplari - replikalar muallif «qulog'i» bilan eshitiladi ham. Zero, personajning gap ohangini tavsiflovchi qaydlar shunday deyishga asos berad¡: «shivirlab», «baqirib», «salmoqlab», «nozlanib», «xijolatli», «eshitilar-eshitilmas» va b.
Jahon adabiyotshunosligida biz muallif qaydlari deb atayotgan tushuncha remarka (ba’zan muallif remarkasi) istilohi bilan ham ifodalanadi. Biroq remarka deganda ko'proq personaj nutqi bilan bog'liq bo'lgan va dialoglarda kiritma konstruksiya o'Iaroq qavs ichida beriluvchi qaydlarni tushunish ham ancha keng ommalashgan. Xususan, o‘zbek adabiyotshunosligida terminning shu ma’nosi faolroq. Shuni e’tiborga oigan holda biz muallif qaydlari istilohini qo'lladik. Negaki, voqeaning kechishi bilan bog'liq bo‘ladimi yo personaj nutqi bilanmi, bundan qat’i nazar, gap kuzatuvchi maqomida turgan muallifning qaydlari haqida bormoqdaki, ularfunksiyasi jihatidan ham o‘xshash - ikkisi ham mohiyatga yo'naltirishga xizmat qiladi. Shunga ko‘ra, muallif qaydlarining ikkala turini umumlashtirib remarka termini bilan atash asosli bo'lish bilan birga qulay hamdir.
Bungacha aytilgan fikrlar, ularning tasdig‘i uchun tahlilga tortilgan misollar dramatik asarning tashqi qurilishi uning badiiyat hodisasi o'Iaroq voqelanishida nechoglik muhimligini yaqqol ko‘rsatadi. Zero, dramatik asarning tashqi qurilishi, avvalo, uni tartibga solib bir butunga aylantiruvchi asos - «karkas» vazifasini o'taydi; ikkinchidan, qismlarning bir-biridan yaqqol farqlangani holda, o‘zaro muayyan munosabatdorlikda joylashuvini ta’minlaydi; uchinchidan, retsepsiya - asarni qabul qilish jarayonini boshqarib, uni muallif ijodiy niyatiga muvofiq tushunishga yo'naltiradi. Ko‘rinadiki, epik asarlarda kompozitsiya bajaruvchi badiiy-estetik funksiyalarning katta qismi dramada asarning tashqi qurilishi zimmasiga tushmoqda.
Dramaning taraqqiy etishi barobarida yuqoridagi sxema murakkablashib, hozirda dramatik asar qismlari sifatida ekspozitsiya, tugun, voqea rivoji, kulminatsiya, yechim va epilog sanaladi. Ko'rib turganingizdek, bu o‘rinda epik asarning syujet elementlarini dramatik asarning kompozitsion qismlari sifatida sanadik. Albatta, buning sababini tushunish qiyin emas: epik asar uchun syujet kompozitsiya o‘zagi bolsa, dramatik asarda voqeagina mavjud, ya’ni uning syujeti va kompozitsiyasi ustma-ust tushadi. Ekspozitsiya voqeaga kirish vazifasini o'taydi, ishtirokchilar bilan tanishtirib, o!quvchining asosiy konflikt yuzaga kelgan hayotiy vaziyatni tasavvur qilishiga yordam beradi. Jumladan, «Temir xotin»da birinchi sahna asosan shu vazifaga qaratilgan bolib, uning yakunida tugun qo'yiladi. Qo‘chqorning Qumri bilan dialoglari o'quvchini voqea kechadigan maishiy, Olimjon bilan dialoglari esa ijtimoiy vaziyat bilan tanishtiradi. Agar voqea qishloqda kechishi remarkada qayd qilingan bolsa, ekspozitsiyada uning vaqti ham ayon boladi: «Hukumat ichmanglar deb qaror chiqarib qo'yibdi...», «hozir «oiiani planlashtirish» degan gap chiqib turibdi...» deyilishidan o'quvchi voqea o'tgan asming 80-yillari o‘rtalariga oidligini fahmlaydi (tabiiyki, keyingi davr o'quvchilari uchun ayni nuqtalar tegishli izoh bilan ta’minlanishi zarur boladi). Albatta, yuqoridagi kabi yirik kompozitsion bo'laklarni ajratib tavsiflash bilanoq asar qurilishi haqida, uni tashkil etuvchi unsurlarning o!zaro aloqa va munosabatlari haqida to‘liq tasavvur hosil bo‘lmaydi. Zero, avvaio, o‘sha sanalgan bo'laklar ham «qurilgan», bas, ularni tashkil qiluvchi unsurlar o'zaro muayyan munosabatda, aloqada. Deyiik, yuqorida voqealarning personajlar xatti-harakatlari va replikalari birikuvidan yuzaga kelishi aytildi. Shunaqa ekan, o‘sha birliklarning o‘zaro aloqa-munosabatlari ham kompozitsiya masalasidir. Dialoglarning o‘zi ham muayyan tartibda quriladi. Masalan, Olimjon bilan Qo‘chqor dialoglarida kontrastlilik - olimona xayolot parvozi bilan jaydari mantiq ziddiyati ustuvorligi, to'rtinchi sahnada Aiomatning haq gaplariga qarshi Qo'chqorning o'ta ojiz, hatto uning o'zi ham ishonmaydigan e’tirozlari qarshi qo'yilgani. Darvoqe, shu sahnada Qo'chqorning e’tirozlari susaygani sari Aiomatning replikalarida «fosh etish» ruhi muttasil kuchaytirib borilgan dialog qurilishiga ham alohida e’tibor kerak. Shuningdek, qatnashuvchilar ro'yxati orqali personajlar tizimining eskizi berilgan bo'lsa, endi ularning o'zaro munosabatlarini o'rganish, masalan, Qumri bilan Alomat yonma-yon qo‘yilgani asar g'oyasini ifodalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Dramatik vaziyatning fragmentlari orasidagi aloqa-munosabatlar ham shunday muhim. Masalan, gipnoz sahnasi bilan «Yana 0‘ynaylik...» qo‘shig‘ining almashinishi yoki xuddi shu qo'shiqning yakunda umuman asarda tasvirlangan holatga zidlanishi natijasida o'quvchi ko‘z oldida mavjud holat mohiyati to'la namoyon etiladi, ya’ni zidlash asosida fragment badiiy hukmni ifodalovchi ramziy obrazga aylanadi.
Xullas, har qanday asar kabi, dramatik asarning badiiy barkamolligi ham uning qay darajada oqilona, ya’ni badiiy niyat ijrosi uchun eng optimal tarzda qurilgani bilan bog'liqdir. Shu bois ham u yoki bu dramatik asarning estetik qimmatini belgilash, badiiy jozibasini yorqin his etish-u mazmun-mohiyatini angSashda uning qanday qurilganini bilish g'oyat muhim. Biroq adabiyotshunosiikda dramani 0‘rganishga e’tiborning biroz sustligi, o‘quvchi ommaning dramatik asarlar mutolaasiga kamroq qiziqishi, ta’lim tizimida ularni o‘qitishga juda kam vaqt ajratilganidan bo‘lsa kerak, bu masalada oqsash borligini ham ta’kidlash lozim. Holbuki, drama adabiyotning teng huquqli vakili, demak, uni chuqur o‘rganish adabiyotshunoslik zimmasidagi vazifadir. Shunaqa ekan, bo‘lg‘usi filolog-mutaxassislar buni hamisha yodda tutishlari, o'zbek va jahon dramaturgiyasining eng sara namunalarini qunt bilan o'qib, ularga badiiy barkamollik baxsh etgan omillar, jumladan, kompozitsion qurilishini chuqur o‘rganishíari lozim bo‘ladi.
|
| |