|
Mundarija kirish I. Dramatik asar kompozitsiyasi
|
bet | 8/9 | Sana | 01.12.2023 | Hajmi | 49,5 Kb. | | #109349 |
Bog'liq Dramatik asar kompozitsiyasi (U. Azim dramalari misolida)Yuraver. Qolma yoʻldan.
Qolgan qolar. Achinma.
Choʻchima hech narsadan –
Oʻzbekiston oldinda.
Botir boʻl. Olgʻa yugur.
Qoʻrqma har xil qotildan.
Axir, togʻdek suyanching –
Oʻzbekiston ortingda.
Xulosa
O‘zbek adabiyotida ro‘y berayotgan yangilanishlar tufayli adabiyotshunos olimlar ta’kidlaganidek, vaqt o‘tgan sari uni tushunish murakkablashadi. Shu bois insonni tarbiyalashda endilikda uning ma’naviy ruhiy olamiga kengroq e’tibor qaratish va ta’bir joiz bo‘lsa adabiyot orqali insoniyatning o‘z-o‘zini anglashdek murakkab bir jarayonga diqqatni qaratishni ko‘zda tutish lozimligi oydinlashadi. Ushbu bitiruv malakaviy ishi ham adabiyotshunoslikdagi mazkur masalalarga e’tiborni qaratadi. Jumladan, Usmon Azim ijodining bir qancha qirralari o‘rganilgan. Shu nuqtayi – nazardan yana bir bora qayta ko‘riladigan bo‘lsa ular orasidagi mutanosiblik va yakdillikka xulosa yasalgan bo‘lar edi. Shu bois shoirning poetik dunyosi ayniqsa ijodkor lirikasining psixologizmini o‘rganish, mazmun – mohiyatini to‘laqonli yoritib berish orqali turlicha fikr, g‘oyalarning mushtaraklik tomonini o‘rganish va xulosa chiqarish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.[1] O‘zbek xalqining ma’naviy dunyosini shakllantirishda g‘oyat kuchli va samarali ta’sir ko‘rsatayotgan shaxs – Usmon Azimdir. Biz mazkur ijodkorning ijodi haqida so‘z yuritganda uning ijodiy merosining mazmunan boyligi, badiiy dahosi zamon va makon chegaralarini bilmasligi haqida doimo faxrlanib so‘z yuritamiz. Usmon Azim xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyatining mukammallik kasb etishida o‘z davrini tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning g‘ururi, shon-u sharafini tarannum etayotgan o‘lmas so‘z san’atkoridir. Ta’bir joiz bo‘lsa, u olam va odam, borliq haqidagi o‘tkir falsafiy qarashlari bilan odamning tuyg‘ulariga ta’sir etish, tarbiyalash bilan birga odamni Hazrati Inson darajasiga ko‘tarilishiga o‘z hissasini qo‘sha olgan mohir ijodkordir. “Boychibor bo‘lmaganida Alpomish bo‘lmaganidek, she’riyat bo‘lmaganida U.Azim ham bo‘lmasdi. Bugungi o‘zbek she’riyatida “shoir” ko‘p, shoirlarning 13 alplari bor. Lekin she’riyatning 90 alpini bir joyga yig‘sang, ularning barchasini faqat “Iste’dodga sadoqat”i va dilining barkamolligi bilan dog‘da qoldiradigan, barcha alplarni yenggan Alpomishdek qudratga ega bo‘lgan, xalq bahodiriga ildiz bo‘lgan, uning mardligini diliga ko‘chirgan uyg‘oq shoiri – Usmon Azimi bor” 3 . Inson qalbining quvonch-u qayg‘usini, ezgulik va hayot mazmunini, U.Azimdek teran ifoda etgan shoir adabiyot bo‘stonida kamdan-kam topiladi.[2] Badiiy adabiyotga, she’riyatga muhabbat, uning beqiyos boyligi va buyukligini anglash tuyg‘usi ham bizning ongu shuurimiz, yuragimizga Usmon Azim she’riyati orqali kirib keladi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Tadqiqotning ilmiy – amaliy ahamiyati. Usmon Azim ijodi she’riyat olamida o‘ziga xosligi va fikrlar ko‘lamining zalvorliligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. U hayot tomirlaridagi ichki harakatni, davr yuragidagi murakkab ritmni chuqur his eta oladigan, o‘zigina his qilib qolmasdan o‘quvchiga ham bu tuyg‘uni yuqtira oladigan shoir hisoblanadi. Shuningdek, u yaratgan adabiy meros o‘zining ko‘pqirraliligi, ya’ni turli masalalardan bahs yuritganligi va kishi ruhiyatining eng murakkab qirralarini ham ochib bera olganligi bilan o‘zbek she’riyatida alohida o‘rin tutadi. Usmon Azim she’riyatida qo‘llangan har bir so‘z, tushuncha va badiiy timsollar maxsus o‘rganishga arzigulik alohida bir olam deb qaraladi. Ishning tarkibi va tuzilishi. Ushbu bitiruv malakaviy ishi mavzusi “Usmon Azimning poetik dunyosi” nomli umumiy mavzuning tarkibiy qismi bo‘lib, ruhiyat tasvirining talqiniga bag‘ishlanadi. Usmon Azim ijodi serqirra g‘oyalarga boy. Shoirning lirik va epik she’rlari bir ummon. Ularning asos mohiyati ishq muhabbatdan iborat va biz ularning ayrim namunalari bilan tanishdik. Shoir she’rlari ko‘pincha aqliy muhokamalar bilan qorishib ketgan. Bu esa jiddiylik hamda donishmandlik samarasi va alomati. Zamon bilan hamnafas shoir she’rlari mazmundor va bugungi hayot ohangini aks ettirayotgan go‘zal asarlardir. Baxshiyona ohangdagi she’rlari xalqona va o‘ynoqi xususiyati bilan alohida ajralib turadi. Bu xalqona va o‘ynoqilik zamirida juda katta falsafiy donishmandlik va ijodiy tajriba yotadi. Shoir ko‘p nasriy asarlar, jumladan, qissa, hikoyalar muallifi hamdir. Bularning hammasi Usmon Azimning ijodiy salohiyati kengligi hamda mo‘lligini ko‘rsatadi. Tug‘ma shoir she’riyatga alanga yanglig‘ kirib keladi. Zamonning o‘tkinchi shamollari uning qalbidagi olovni so‘ndirishga qanchalik urinmasin, iste’dod olovi yildan – yilga, davrdan – davrga yanada porlab – balqib boradi. Yoshlikning jo‘shqin soylari bora – bora ikki yoni baland teraklar bilan qurshalgan anhorga kelib qo‘shilganidek, uning she’rlaridagi jangovar ruh sekinasta o‘ychanlik va falsafiylik kasb etib, kumush mavjlar taratib oqa boshladi. Agar shoirning ilk she’rlaridan zamonning, tarixiy davrning yangroq sadolari jaranglab turgan bo‘lsa, endi uning she’rlarida shoir qalbining turfa tamannolari ustuvorlik qiladigan bo‘ldi. Usmon Azimning 1979 – yili olam yuzini ko‘rgan ilk she’rlar to‘plami “Insonni tushunish” deb atalgan. U shu vaqtdan boshlab har bir she’rida insonni tushunish, uning murakkab ruhiy olamini kashf etish yo‘lida izlanib keladi. She’riyatning bosh qahramoni garchand Inson deb atalgan bo‘lsa – da, bu inson aslida shoirning o‘zi ekanligi ma’lum. Binobarin, shoir o‘zidagi insonni, uning ruhiy olamini, uning iztiroblari, alamlari, tug‘yonlari, shuningdek, erkaliklari, sevinchlari, quvonchlari, farog‘atli va baxtli daqiqalarini tushunishga va, albatta, ohori to‘kilmagan bo‘yoqlar yordamida aks ettirishga intiladi. Biz Usmon Azimning “Insonni tushunish”dan boshlab kuni kecha chop etilgan “Yurak” va “Fonus” to‘plamlarigacha bo‘lgan ijodi sahifalarini varaqlab, ulardagi she’riy durdonalarni o‘qir va bu durdonalarda ifodalangan poetik mazmunni 39 ilg‘ashga intilar ekanmiz, shoirning shu davr mobaynida hozirgi o‘zbek she’riyatining eng peshqadam namoyandalaridan biriga aylanganiga ishonch hosil qilamiz. Biz yuqorida “durdona” so‘zini bejiz qo‘llamadik. Bu so‘z adabiy – tanqidiy maqolalarda g‘oyat oz qo‘llanadi. Ammo Usmon Azimning o‘qtin – o‘qtin turli gazeta va jurnal sahifalarida e’lon qilingan she’rlarini o‘qigan kitobxon ularning aksari bugungi o‘zbek she’riyatining chindan ham durdonasi ekanligiga amin bo‘ladi. Usmon Azim she’rlarining, o‘ylaymanki, she’riyat muxlislariga manzur bo‘ladigan jihatlari oz emas.[3] Shulardan biri ulardagi poetik fikr, tuyg‘u va kechinmaning g‘oyat go‘zal va nafis ifodalanganidir. She’riyatga kirib kelar ekanlar Usmon Azim va uning tengdoshlari shoirning vazifasi o‘tmishdoshlarni takrorlash emas, balki poetik mazmunni ifodalashning yangi usul va vositalarini topish, yangi poetik obraz va bo‘yoqlar yordamida voqelikni, shu voqelikning ruhiy va ma’naviy markazi – Inson qalbida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni tasvirlash ekanligini angladilar. Ayniqsa, Usmon Azim doim ijodiy izlanish muhitida yashadi va hozir ham yashab kelmoqda. Shubhasiz, har qanday shoir ham muayyan ijodiy marraga chiqib olganidan keyin shu marra atrofida aylanib qolishi, ijodiy topilmalarining rang – ro‘yini ketkazib yuborishi hech gap emas. Agar shoir o‘z iste’dodining yangi imkoniyatlarini, yangi qirralarini kashf qilishda davom etmasa, u yangi ijodiy dovonga ko‘tarila olmaydi. Usmon Azimning doim ijodiy yangilanib turishining baxtli sabablaridan biri shundaki, u bir adabiy turdan ikkinchisiga, bir janrdan boshqasigi tinmay o‘tib turadi. Shoirning ketma-ket hikoyalar, pyesalar va kinossenariylar yozishi, turli janrlar, mavzular va qahramonlar muhitidan nafas olishi uning muntazam yangilanib turishiga imkon yaratmoqda. U shunday yangilanish pallalarida avval topgan poetik obraz va bo‘yoqlarni yanada o‘ynatib – yashnatib yuboradi. Eng muhimi, u Xitoy devorini “yorib o‘tgan” ko‘zbo‘yamachi David Kopperfilddek, his va tuyg‘ular olamiga nur tezligi bilan kirib, lirik 40 qahramonning yoniq ruhiy holatini bir – ikki chizma bilan yaqqol gavdalantirib beradi. Usmon Azim muhabbat haqida ko‘p va xo‘p yozgan. Agar uning avvalgi she’rlarida lirik qahramonning sevgi tuyg‘ulari ifodasida ravshanlik va hatto porloqlik ustuvorlik qilgan bo‘lsa, so‘nggi she’rlarida porlab yongan mushaklarining kullari tasvirga tortilgandek tuyuladi. Ammo bu so‘ngan sevgi kullari emas. Lirik qahramon sevgisi (binobarin, shoir sevgisi) olovlangan bo‘lsa olovlanganki, aslo so‘nmagan. Faqat shoir endi sevgi haqida minbar oldida turgan olomonga emas, balki eng yaqin kishisining, sirdoshining qulog‘iga shivirlab aytadi. Usmon Azimning muhabbat lirikasi so‘nggi yillarda shunday qiyofani olgan: u so‘zga xasis, lirik qahramon qalbini o‘rtovchi iztirob yolqinini shoir bir-ikki obraz, bir-ikki chizma bilan ifodalaydi, xolos. U shunday usul bilan so‘zning she’riy matndagi vaznini, salmog‘ini oshiradi va ayni paytda she’rxonni she’rni chuqur his etishga, har bir so‘z va har bir poetik obrazning mag‘zini chaqishga da’vat qilgandek bo‘ladi. Xalq og‘zaki ijodi o‘zining betakror tarovati, o‘ziga xos usuli bilan insonlar qalbidan chuqur joy egallab kelmoqda. Shunday yozuvchi, shoirlarimiz borki, xalqona ohang, xalqona usul ular ijodining bir bezagi bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbek adabiyotida folklor ta’siri natijasida juda ko‘plab asarlar, she’rlar yaratildi. Usmon Azim ham xalq og‘zaki ijodidan ruhlangan holda o‘zining “Baxshiyona” turkumini yaratib xalq ijodining yetuk bilimdoni ekanligini namoyish etdi. Ushbu turkumga kiritilgan she’rlar asosi folklorga borib taqaladi. Shoir ijodini kuzatar ekanmiz uning “Alpomish”, “Go‘ro‘g‘li” turkum dostonlariga mehri bo‘lakchaligiga guvoh bo‘lamiz. “Boychibor bo‘lmaganida Alpomish bo‘lmaganidek, she’riyat bo‘lmaganida Usmon Azim ham bo‘lmasdi. Bugungi o‘zbek she’riyatida “shoir” ko‘p, shoirlarning alplari bor. Lekin she’riyatning 90 alpini bir joyga yig‘sang, ularning barchasini faqat “Iste’dodga sadoqat”i va dilining barkamolligi bilan dog‘da qoldiradigan, barcha alplarni yenggan Alpomishdek qudratga ega bo‘lgan, xalq bahodiriga ildiz bo‘lgan, uning mardligini diliga ko‘chirgan uyg‘oq shoiri – Usmon Azimi bor” [3.53]. “Baxshiyona” uch qismdan iborat bo‘lib, har bir qism o‘zining xususiy va umumiy jihatlariga ega. Masalan, dastlabki qismdagi sakkiz dramatik ballada chuqur mantig‘i, falsafasi bilan, ikkinchi qismdagi “Baxshiyona” turkumi xalqona ruhi bilan, so‘nggi uchinchi qism esa yaxlit xoldagi yirik bir badiiy asarligi va undagi mazmunning o‘ziga xosligi bilan o‘zaro farqlanadi. “Baxshiyona” Usmon Azim ijodida xalqona yo‘nalishdagi she’riy asarlar va folklorga monand ijod etish uslubi muhim ahamiyat kasb etishini yana bir bora dalillaydi. Turkumdagi she’rlar har tomonlama: g‘oyasi, usuli, shakliy tuzulishi, umuman, kompozitsion qurilishi bilan xalq og‘zaki ijodi namunalarini yodga soladi. Satrlardagi soddalik, samimiylik, ohangning o‘ynoqiligi, bayon etish usuli xalqonadir. Mutolaa qilarkansiz o‘zingizni butun boshli xalq dostonlari, lapar-u qo‘shiqlari og‘ushida orom olgandek his qilasiz. Negaki, bu turkum she’rlarda folklorning eng yetakchi, eng muhim va ta’sirchan g‘oyalari, motivlari, oxanglari, mohirona, zamonaviy ifodalanadi. She’rlarda turkum doirasidagina an’anaviy bo‘lgan Elbek baxshi, Elomon, Oqbotir, Qorabotir, Alpomish, Barchin, Qaldirg‘och kabi bir qator obrazlar ishtirok etadiki, sinchkovlik bilan e’tibor berilsa, muallif obrazlarning deyarli har birida o‘ziga xos bir ramziylikni ifodalashga xarakat qilganini sezish qiyin emas. Masalan, o‘z eli, vatani uchun fido bo‘lishga, jonini berishga, xatto haqiqatning ko‘ziga tik qarashga tayyor vafodor insonlar Oq botir timsolida, unga qarama-qarshi tomon vakillari esa Qora botir nomi ostida birlashtirilgan. Yoki ushbu ikki obraz yuqoridagilarni mantiqan o‘z mezonlari mexvariga qamrab oladi[2.56]. “Baxshiyona” turkumining yana bir o‘ziga xos xususiyati – bu she’rlarning deyarli barchasi baxshi tilidan ya’ni, Elbek baxshi tomonidan do‘mbira jo‘rligida aytilganidiridir. Shoir zoti borki, ishqni kuylaydi, mehr-muhabbatni ulug‘laydi. Usmon Azimning ushbu turkumidagi she’rlar ham ishqnoma tarzida yangraydi, ko‘ngillarga taskin, tasalli beradi. Shu bois bo‘lsa kerak ushbu she’rlar qo‘shiqqa aylanib, xofizlar tilidan, xalqimizning dilidan tushmay kelmoqda. Asarda “Elbek baxshi bir kambag‘alning to‘yini gurillatib, necha kampir-qizlarning yuragini dirillatib, ovuliga qaytib kelayotgan” da bir karvonga duch keladi. Karvon atrofi otliqlar bilan to‘la. Shu payt sevganidan ayrilib bo‘zlab borayotgan yori Oytumanning ovozi eshitiladi. U yig‘lab-yig‘lab dard-u holini bayon qilib borardi. O‘zining orzularining armonga aylanishini kuzatib turgan baxshi yorini qo‘shiq aytib kuzatadi. Asarning qolgan qismlarida Alpomish va uning sarguzashtlari tasvirlanadi. Alpomishning mardlar bilan olishuvi, hiyla sabab Qalmoqqa asir tushishi nazr va nazm uyg‘unligida bayon qilinadi. Ushbu qismda “Alpomish” dostoni motivlari stilizatsiya qilingandir. Biroq shoirning topilmalari, yangiliklari ham bisyor. Usmon Azim doston motivlarini “baxshiyona” she’riy shakli yordamida stilizatsiya qiladi. Motiv stilizatsiyasi janr tanlamaydi, albatta. Usmon Azimning “Alpomish”dagi “G‘ozning xat yetkazishi” motivini nasriy yo‘l bilan stilizatsiya qilgani shu ma’noda e’tirofli. Shoir dostondagi Alpomishning qalmoqqa ikkinchi safari, Alpomishning qalmoqdan qaytmagani, g‘ozning xat yetkazishini stilizatsiya qilgan. [4.112]. Alpomish Qalmoqqa ketayotib Barchinga qarab shunday deydi: Olamda koʻp erur ibora, Bir soʻz bor – ogʻriqdan iborat. U – Vatan! Barchinim, u – Vatan! Bolamga, “Vatan” de ilk bora”.[1.179] Baxshiyona ohanglar Usmon Azim ijodida uslubiy jilvalardan she’riy turkum darajasiga ko‘tarila bordi. Uning “Baxshiyona” turkumida Elbek baxshining mukammal obrazi yaratilganiga ko‘ra “Baxshiyona” she’rlar turkumini hatto o‘ziga xos doston, deb atash mumkin. Usmon Azim baxshiyona ohanglargamurojaat etishining tub sababi, u tug‘ilgan yurtda baxshichilik an’analarining qadrlanganidir. Aslida xalq og‘zaki ijodidan ta’sirlanmagan va uning boyliklaridan foydalanmagan ijodkorlar ko‘p, deb bo‘lmaydi. Lekin Usmon Azim uslubini belgilaydigan yetakchi xususiyat shundaki, u go‘yo baxshi bo‘lib kuylaydi, baxshining kuylash mahorati va uslubini o‘ziga singdiradi, bu ruh beixtiyor asarlariga ko‘chadi. Shoir she’riyatida xalq adabiy syujetlaridan foydalanish badiiy tamoyil darajasiga ko‘tariladi. Usmon Azim ijodi serqirra g‘oyalarga boy. Shoirning lirik va epik she’rlari bir ummon. Ularning asos mohiyati ishq muhabbatdan iborat va biz ularning ayrim namunalari bilan tanishdik. Shoir she’rlari ko‘pincha aqliy muhokamalar bilan qorishib ketgan. Bu esa jiddiylik hamda donishmandlik samarasi va alomati. Zamon bilan hamnafas shoir she’rlari mazmundor va bugungi hayot ohangini aks ettirayotgan go‘zal asarlardir. Baxshiyona ohangdagi she’rlari xalqona va o‘ynoqi xususiyati bilan alohida ajralib turadi. Bu xalqona va o‘ynoqilik zamirida juda katta falsafiy donishmandlik va ijodiy tajriba yotadi.
|
| |