• Darsning maqsadi: a) ta’limiy maqsad
  • Dars turi
  • Mavzu: Muhammad Yusuf – el suygan shoir




    Download 171,84 Kb.
    bet1/3
    Sana14.05.2024
    Hajmi171,84 Kb.
    #233081
      1   2   3
    Bog'liq
    Muhammad Yusuf dars ishlanma SURAYYO 22-3




    CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI


    BOSHLANG’ICH TA’LIM FAKULTETI
    22-3 GURUH TALABASI
    SULTONMURODOVA SURAYYONING
    ONA TILI O’QITISH METODIKASI
    FANIDAN TAYYORLAGAN
    MUSTAQIL ISH DARS ISHLANMASI

    Chirchiq 2024


    Mavzu: Muhammad Yusuf – el suygan shoir.
    Darsning maqsadi:
    a) ta’limiy maqsad: O`quvchilarga xalqimiz ardog`idagi shoir Muhammad Yusuf hayoti va ijodi haqida tushuncha berish orqali ularning shoir she’riyatiga bo`lgan muhabbatini yanada oshirish, badiiy she’r san’atlarini o`rgatish.
    b) tarbiyaviy maqsad: Muhammad Yusuf so`zi bilan aytganda, olmosdan ham keskin shamshirlarni qo`lga olib, tuproqni to`shak bilib, ot egarini bolish qilib Jaloliddin kabi jahongashta bo`lib, umrlarining yarmini tog`-u toshda o`tkazgan, ko`kraklarini qo`rg`oshinga qalqon qilib, oq yaktaklarni o`zlariga kafan qilib, chakalakzorlarni makon qilib, shu yurt, shu zamin uchun jonlarini fido qilgan bobolarimiz haqqi-hurmati Vatanimizni jon qadar asramog`imiz lozimligini yosh avlodlarga o`rgatish.
    c) rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarni Muhammad Yusufdek mard, Vatanga sadoqatli, uning har bir giyohini qadrlaydigan farzand qilib tarbiyalash.
    Tayanch kompetensiya: Milliy va umummadaniy. Badiiy adabiyot va san’atdek setgan vatanparvarlik, insonparvarlik g`oyalarini umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasviridagi o`ziga xosliklarni anglash, ulardan ta’sirlanish, ulardagi go`zallik va ezgulikdan o`rnak olishga intilish, yovuzlik va xunuklikdan nafratlana olish.
    Dars turi: Yangi bilim beruvchi
    Dars usuli: o`yin, musobaqa, “Sirli tilsim”, “Klaster”, “Raqamlar tilga kirganda”, “Moychechak”, “Muhammad Yusufning ijod charxpalagi”, “Men haqimda she’r bilasanmi?”
    Dars metodi: noan`anaviy
    Fanlararo aloqa: ona tili, botanika, zoologiya, matematika.
    Dars jihozi: Muhammad Yusuf portreti, uning she’riy kitoblari, disklar, elektron darslik, tarqatmalar.

    Download 171,84 Kb.
      1   2   3




    Download 171,84 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Muhammad Yusuf – el suygan shoir

    Download 171,84 Kb.