• Taqrizchilar: Nozilov A.D. Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti, dotsent; Dmitriyeva. I.V.ToshDTU “Sanoat dizayni” kafedrasi mudiri, dotsent.
  • Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti kompyuterda loyihalash




    Download 4.33 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/34
    Sana13.03.2024
    Hajmi4.33 Mb.
    #170556
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
    Bog'liq
    2023-11-10-04-33-58 5984163be44df12e2db5ca7a287b580e
    1786-Article Text-3726-1-10-20210826 (1), 12.Yol harakati qoidalari va harakat хavfsizligi, OLTIN QOIDALAR, 1014-Текст статьи-3047-1-10-20220714 (2), Охирги версия 09.05.2023 Проф. комп. МОНТАЖНИК, проект макета для ОПОП МОНТАЖНИК 22 05 23, Marketing, 476845, Pedagogning umumkasbiy kompetensiyasi, SHOOBIDOV SH.A.Traktorlar va 1 qism, Internet uchun, Metodika, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor X. Sh-fayllar.org, Types of letters – xatlar turlari. Structures of letters – xat y-fayllar.org, 5.2


    11*
    Бино ичига ва ташкарисига ёруглик манбаиларини урнатиш,
    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA 
    MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
     
    ISLOM KARIMOV NOMIDAGI 
    TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI 
     
     
    KOMPYUTERDA LOYIHALASH 
     
    O‘QUV-USLUBIY QO‘LLANMA 
    Toshkent 2021 



    UDK 004.925 
    Raxmanov J.M. Kompyuterda loyihalash. O‘quv-uslubiy qo‘llanma.-
    T.:-ToshDTU, 2021. 84 b. 
    O‘quv-uslubiy qo‘llanma oliy o‘quv yurtlarining “Dizayn” 
    yo‘nalishida tahsil oladigan talabalar uchun “Kompyuterda loyihalash” 
    kursining o‘quv rejasi va dasturi asosida tuzilgan. 
    Bu o‘quv-uslubiy qo‘llanmada 3D kompyuter grafikasining eng ko‘p 
    tarqalgan AutoCAD dasturi bilan batafsil tanishtirib chiqilgan. Ushbu 
    dasturlarning interfeys bo‘limlari, asboblar paneli, rasm chizish, matn 
    yaratish, obyektlar va turli tahrirlash ishlarini bajarish haqida
    ma’lumotlar berilgan.
    Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universistetining
    ilmiy-uslubiy kengashi qaroriga muvofiq chop etildi
    ( 8-bayonnoma, 28.04.2021 ) 
     
    Taqrizchilar: 
    Nozilov A.D. Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti, dotsent; 
    Dmitriyeva. I.V.ToshDTU “Sanoat dizayni” kafedrasi mudiri, dotsent. 
     © Toshkent davlat texnika universiteti, 2021



    KIRISH 
    Bugungi kunga kelib, barcha rivojlangan mamlakatlarda fan va texnika, 
    ishlab chiqarish vositalari hamda texnologik jarayonlar deyarli to‘liq 
    kompyuterlashtirilgan. Shuningdek, dunyoning barcha ishlab chiqarish 
    korxonalarida hamda ta’lim tizimida yangi texnika va texnologiyalarni 
    yaratishda 
    loyihalash 
    ishlarini 
    avtomatlashtiruvchi 
    juda 
    katta 
    imkoniyatlarga ega bo‘lgan grafik dasturlar asosida kompyuterdan 
    foydalanib kelinmoqda. 
    Hozirgi zamon talablariga mos bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash 
    uchun davlatimiz, uzluksiz ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlarida o‘quv 
    fanlarini kompyuterlashtirishga katta ahamiyat berishni Oliy ta’lim 
    vazirliklarlari hamda OO‘Yning pedagog olimlari zimmamizga yuklagan.
    XXI asr “Axborot texnologiyalari” asri deb bejizga aytilmagan. 
    Kundalik turmushimizning har bir jabhalarini kompyutersiz tasavvur qilib 
    bo‘lmaydi. Buning natijasida, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimiga 
    zamonaviy axborot texnologiyalariga asoslangan yangi pedagogik 
    texnologiyalar kirib keldi. Zamonaviy axborot texnologiyalari deganda, 
    multimediya, bir tildan ikkinchi tilga va bir alifbodan ikkinchi alifboga 
    o‘tish, internet, WEB-texnologiya, elektron virtual kutubxona, masofadan 
    turib ta’lim berish, taqdim etish va boshqa texnologiyalar nazarda tutiladi.
    Bu esa, bugungi kunda pedagog kadrlardan nafaqat o‘z sohasi bo‘yicha, 
    balki zamonaviy axborot texnologiyalaridan ham ma’lum bilimlarni 
    chuqur egallashni va ularni yoshlarga, ayniqsa o‘quvchi hamda 
    talabalariga o‘rgatishni talab qiladi. Shu bois umumta’lim maktab va 
    OO‘Y larda faoliyat ko‘rsatayotgan har bir professor-o‘qituvchilar 
    zimmasiga zamonaviy grafik dasturlardan foydalanib, kompyuterda 
    o‘quvchi va talabalarni ularga o‘rgatishni yuklaydi.
    Hozirgi kunning talabidan kelib chiqadigan bo‘lsak, muhandislik 
    grafikasi o‘qituvchilari kamida beshta zamonaviy grafik dasturlardan 
    dastlabki ma’lumotlarga ega bo‘lishlari va ulardan foydalanib chizma 
    elementlarini kompyuterda loyihalashni bilishlari lozim, ya’ni, Adobe 
    Photoshop, Corel DRAW, 3D MAX va AutoCAD kabilarni. Chunki, har 
    qanday zamonaviy o‘quv elektron qo‘llanmalarni ishlab chiqishni bu 
    dasturlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
    “Kompyuterda loyihalash” fani sanoat dizaynini yaratishda ayniqsa shu 
    soha bo‘yicha bakalavrlarni tayyorlashda va ularni mutaxassis sifatida 
    shakllantirishda katta ahamiyat kasb etadi. Fanning o‘zlashtirilishi 
    natijasida bo‘lajak soha mutaxassislariga kompyuterda zamonaviy 
    dasturlar (AutoCAD) yordamida chizmachilik detallarni chizish, yangi-



    yangi loyihalarni va ularning dizaynini yaratishda yaxshi natijalarga 
    erishiladi. Shu soha bo‘yicha erishilgan yutuqlar va ularning natijalari 
    yurtimizda innovatsion loyihalarni ishlab chiqishda keng qo‘llanilmoqda. 
    Ushbu dastur bo‘yicha ta’lim olish kompyuterda loyihalash 
    yo‘nalishini mukammal o‘rganish va uni sanoat dizayniga tatbiq qilishga 
    imkon yaratadi. 

    Download 4.33 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




    Download 4.33 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti kompyuterda loyihalash

    Download 4.33 Mb.
    Pdf ko'rish