• 1. Texnik tizimlarda vizuallashtirish masalalari.
  • Kompyuter grafikasining turlari: vektorli, rastrli, fraktal.
  • Rastr grafikasi
  • Vektorli grafika
  • Fraktal grafik
  • Adobe Photoshop dastur xaqida umumiy ma’lumot.
  • 5-mavzu. Kompyuter grafikasidan texnik tizimlarda foydalanish




    Download 402.33 Kb.
    bet1/4
    Sana12.12.2020
    Hajmi402.33 Kb.
    #12897
      1   2   3   4

    5-mavzu. Kompyuter grafikasidan texnik tizimlarda foydalanish.


    1. Texnik tizimlarda vizuallashtirish masalalari.

    2. Amaliy grafik dasturlardan foydalanish. Ularning toifalari, funksiyalari va imkoniyatlari.

    3. Ikki o‘lchamli kompyuter grafikasi. Adobe PhotoShop, CorelDraw, Adobe Illustrator texnik masalalarining vizuallashtirilishi va animatsiya usullarini tadbiq etish.


    1. Texnik tizimlarda vizuallashtirish masalalari.

    Shaxsiy kompyuterlardan foydalanishda eng ko’p tarqalgan yo’nalishlardan biri-bu kompyuter grafikasidan foydala-nishdir. Bu yo’nalishda faqatgina professional dizayner yoki rassomlar emas, balki oddiy foydalanuvchilar ham ishlashi mumkin. Buning uchun maxsus kompyuter grafikasi programmalari bo’lishi zarurdir.

    Ma’lumki, har qanday korxona yoki firma o’z faoliyatida gazeta yoki jurnalda reklama e’lonlar berishi, buklet chiqarish zaruriyati paydo bo’ladi. Yirik firma va kompaniyalar bunday ishlarni prfessionallar qo’liga topshiradilar. Chegaralangan iqtisodiy byudjetga ega bo’lgan kichik korxonalar esa bu ishni asosan o’z imkoniyatlariga ko’ra bajaradilar. Zamonaviy multimedia programmalari kompyuter grafikasisiz ishlay olmaydilar. Ommaviy holda qo’llaniladigan programmalar ishlab chiqarishning 90% vaqti shu programmalarni bezash uchun sarflanadi.

    Kompyuter grafikasining turlari: vektorli, rastrli, fraktal.

    Kompyuter grafikasi programmalari 3 turga bo’linadi:

    1.Rastrli grafika

    2.Vektorli grafika

    3.Fraktal grafika

    Bu programmalar bir-birlaridan tasvirlarni aks ettirish usullari bilan farq qiladi.



    Rastr grafikasi – asosan elektron va poligraf nashriyotlarda qo’llaniladi. Rastr grafikasining asosiy elementi sifatida nuqta qabul qilingan. Agar tasvir ekranda ko’rilsa, bu nuqta «piksel» deb aytiladi. Kompyuterda qo’llaniladigan operatsion tizimlarning imkonitiyaga ko’ra, 480x640, 800x600, 1024x768 va undan ko’proq pikselga ega bo’lgan tasvirlar joylashuvi mumkin. Tasvirning o’lchamiga ko’ra uning imkoniyati ham oshib boradi. Ekranning imkoniyati parametrik bo’lib, bir dyuymdagi nuqtalar soni bilan belgilanadi. Rastr grafikasi uchun kamdan-kam hollarda grafik programmalar yordamida qo’lda bajarilgan tasvirlar ishlatiladi. Professional rasm yoki fotosuratni rastr grafikasida ko’proq qo’llash kuzatiladi. Oxirgi paytda rastr tasvirlarni ekranga kiritish uchun raqamli foto va videokameralar qo’llanilmoqda. SHu sababli rastr grafikasini asosiy maqsadi tasvirni yaratish emas, balki mavjud tasvirni qayta ishlashdir. Ammo rastrli grafika kamchilardan ham holi emas. Masalan,

    1. Har bir tasvirni aks ettirish va kodlash uchun katta hajmdagi xotira maydonlari talab etiladi.

    2. Mayda detallarni ko’rish uchun tasvirni kattalashtirib bo’lmaydi.

    Vektorli grafika – uning tasvirni aks ettirishda asosiy elementi chiziq bo’lib hisoblanadi. Kompyuter xotirasida bu chiziq juda katta joy egallaydi, chunki xotirada chiziqning pa rametrlari ko’rsatiladi yoki formula orqali beriladi. Unda sodda ob’ektlar murakkab ob’ektlarga birlashtiriladi, shu sababli vektor grafikasini ob’ektga yo’naltirilgan grafika deb ham aytiladi. Kompyuter xotirasida vektor grafikasi chiziqlar sifatida saqlanib turishiga qaramasdan, tasvir ekranga nuqtalar sifatida chiqariladi. Tasvirni ekranga chiqarishdan oldin har bir parametrni hisoblab chiqadi. SHu sababli vektor grafikasini hisoblanuvchi grafika deb aytiladi. Vektor grafikasi yordamida sodda turdagi bezash ishlarini olib borish mumkin.

    Fraktal grafik – bu matematik tenglamalar yordamida tashkil etiladigan tasvirdir. Eng sodda fraktal ob’ekt sifatida qor uchqunlarini, yoki paporotnik bargini keltirish mumkin. SHuning uchun ham fraktal ob’ekt chizish yoki bezash asosida emas, balki programmalashtirish asosida hosil bo’ladi. Kompyuterda tashkil qilingan turli o’yinlarda ham fraktal grafikasidan foydalaniladi. Fraktal grafikasi kompyuter xotirasida saqlanib turmaydi. Har bir tasvir tenglama yoki tenglamalar sistemasi asosida quriladi. Fraktal grafikadagi tenglamaning biror koeffitsientini o’zgartirish orqali butunlay boshqa tasvirni hosil qilish mumkin.

    Sanab o’tilgan kompyuter grafikasi turlarini tashkil qilish va ularni boshqarish uchun bir qator programmalar ishlab chiqilgan.

    Kompyuter grafikasi programmasida ishlashda talabalarni grafika bilan ishlashga qiziqtirish lozim. Mustaqil ish sifatida aloxida, xar bir talabaga topshiriqlar ya’ni xisob-grafik ishlar tayorlash lozim. Amaliy mashgulotda talabalr o’z varianti asosida turli grafikalar yaratishi lozim. Ma’ruza mashg’ulotida odatda barcha asosiy tushunchalar, umumiy ma’lumotlar beriladi. Xulosa kilib aytganda, «Kompyuter grafikachining o’qitish uslubiyati» mavzusi juda qiziqarli mavzulardan biri va talabalar katta qiziqish bilan programmaning imkoniyatlarini o’rganadilar. Bunda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish darsning samaradorligini oshiradi.

    Adobe Photoshop dastur xaqida umumiy ma’lumot.

    Vektorli grafika muxarrirlariga misol kilib Adobe Illustrator, Corel Draw va Macromediya Flash dasturlarni aytish mumkin. Ushbu dasturlarda rasmlar xar xil chiziqlar va qiyshiq vektorlardan iborat bo’ladi.

    Vektorli grafikada yaratilgan rasmlar logotip, illyustratsiyalar va zastavkalar yaratishda foydalaniladi. Rastrli grafika muxarrirlariga misol kilib Adobe Photoshop va Paint dasturlarni aytish mumkin. Ushbu dastrularda rasmlar mayda kvadrat - piksellardan iborat bulib mozaika xolatida rasmni xosil kiladi. Rastrli grafikadan rakamli fotosuratlar va skanerdon olingan rasmlar bilan ishlash uchun foydalaniladi. Kompyuter grafikada dyuymdagi piksellar soni (ppi) asosiy shart bo’ladi. Qancha ko’prok piksellar soni bo’lsa shuncha tasvir sifatlirok bo’ladi. Masalan agar ppiq72 bo’lsa u xolda 1 kvadrat dyuymga 5184 piskel joylashadi va uning xajmi 6 Kb bo’ladi, agar esa ppi 144 bo’lsa u xolda 1 kvadrat dyuymga 20736 piskel joylashadi va endi uning xajmi 21 Kb ga teng bo’ladi. SHu bilan birga monitorning ko’rsatish va printerning chiqarish sifati - dyuymga piskellar soni (dpi) (72 yoki 96 dpi) va dyuymga chiziqlar soni (Ipi) (300-2400 dpi lazerli, sepuvchi printerlar uchun va 75-200 dpi matritsali printerlar uchun), hamda kompyuter ranglar sifati (2, 16, 256, 32 000, 16 000 000 ranglar soni) ham katta ahamiyatga ega bo’ladi. Rang xolatlari - ranglarni chiqarish va ko’rsatish yuli. Rang xolatlari 2 xil bo’ladi: RGB (kizil, zangor, kuk) monitorlarda tasvik ko’rsatishda foydalaniladi, CMYK (xavorang, purpur, sarik, kora) bosmada foydalaniladi. RGB xolatidagi ranglar soni CMYK xolatga karaganda kuprok.

         Adobe PhotoShop dasturni ishga tushirish uchun Windows ningasosiy menyu tugmasini bosamiz, uning ichidan Programmo’ bulimini tanlaymiz va Adobe nomli guruxdan Adobe PhotoShop nomli buyruqni tanlaymiz. Natijada quyidagi oyna xosil kilinadi:



    5.1-rasm. Photoshope oynasi



    Download 402.33 Kb.
      1   2   3   4




    Download 402.33 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5-mavzu. Kompyuter grafikasidan texnik tizimlarda foydalanish

    Download 402.33 Kb.