Dastur interfeysi, uskunalar paneli




Download 4.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/34
Sana13.03.2024
Hajmi4.33 Mb.
#170556
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
2023-11-10-04-33-58 5984163be44df12e2db5ca7a287b580e
1786-Article Text-3726-1-10-20210826 (1), 12.Yol harakati qoidalari va harakat хavfsizligi, OLTIN QOIDALAR, 1014-Текст статьи-3047-1-10-20220714 (2), Охирги версия 09.05.2023 Проф. комп. МОНТАЖНИК, проект макета для ОПОП МОНТАЖНИК 22 05 23, Marketing, 476845, Pedagogning umumkasbiy kompetensiyasi, SHOOBIDOV SH.A.Traktorlar va 1 qism, Internet uchun, Metodika, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor X. Sh-fayllar.org, Types of letters – xatlar turlari. Structures of letters – xat y-fayllar.org, 5.2
Dastur interfeysi, uskunalar paneli 
 
AutoCAD dasturi dastlab ishga tushirilganda, ishchi muhitda kerakli 
panellarni tanlab ekran hududida joylashtirib chiqish tavsiya etiladi. 
Panellar ro‘yxatini “Standart asboblar paneli”dagi ixtiyoriy panelning 


11 
chetgi qismi ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib chiqarish 
mumkin. Dastur interfeysi quyidagi tartibda jihozlanadi (5-rasm). 
5-rasm. Dastur interfeysi 
AutoCAD dasturining ishchi stoliga quyidagi elementlar kiradi: 
Birinchi navbatda ekranning eng yuqorigi qismida joylashgan menyular 
qatori haqida umumiy ma’lumot beriladi (6-rasm). 
6-rasm. Menyular qatori 
1) “Файл” – fayllar bilan ishlash menyusi; 
2) “Правка” – grafik maydon qismlarini tahrir qilish menyusi; 
3) “Bид” – ekranni boshqarish buyruqlarining menyusi. Varaqdan 
modellar fazosiga o‘tish, monitor ko‘rsatkichlarini boshqarishda kerakli 
asboblar panelini va boshqa buyruqlarni o‘rnatadi; 
4) “Bcтaвкa” – ilovadagi va tashqi obyektlarni bloklarga qo‘yishni 
ta’minlash menyusi; 
5) “Формат” – qatlamlar bilan ishlashni, rang va chiziq turlari, matn va 
chiziqlar uslubini, o‘lchamlarini boshqarishni, chizmaning chegaralarini 
aniqlash kabi buyruqlarining menyusi; 
6) “Инструменты” – ekrandan foydalanishda tizimlarni boshqarish 
buyruqlari menyusi. Ular yordamida muloqot oynasidan foydalanib, 
chizma ko‘rsatkichlarini o‘rnatish kabi buyruqlar bajariladi; 
7) “Рисовать” – turli shakllarni chizish va hajmini o‘zgartirish kabi 
buyruqlarni bajaradi; 


12 
8) “Размер” – o‘lcham qo‘yish va ularning ko‘rsatkichlarini boshqarish 
buyruqlari; 
9) “Изменить” – chizma elementlarini o‘zgartirish – chizmani va 
undagi yozuvlarni tahrir qilish buyruqlari; 
10) “Express” – servis xizmatini ko‘rsatish; 
11) “Окно” – bir vaqtda foydalanishda bo‘lgan axborotlarni fayldan 
faylga o‘tib ularni ochadi; 
12) “Справка” – AutoCAD dasturi haqida yangi foydalanuvchilar 
uchun to‘liq ma’lumot olinadi.
Standart asboblar paneli asosiy menyu ostida joylashgan. Asboblarning 
standart panelida ko‘p foydalaniladigan menyu buyruqlarining maxsus 
tugmachalari joylashtirilgan (7-rasm). 
7-rasm. Standart asboblar paneli 
1) “Новый” – yangi varaq ochish buyruq tugmasi; 
2) “Открыть (Ctrl+O)” – mavjud faylni ochish buyrug‘ i; 
3) “Сохранить (Ctrl+S)” – faylni xotirada saqlash buyrug‘ i; 
4) “Печать (Ctrl+P)” – chizmani qog‘ozga chop etish tugmasi; 
5) “Настройки печати” – chizmani chop etishga sozlash; 
6) “Публиковать” – “DWF” formatida chop etish; 
7) “Поместить в буфер (Ctrl+X)” – chizmadan belgilab olinganlarning 
elementlarini buferga joylashtirish
8) “Копировать в буфер (Ctrl+C)” – tanlab olingan elementlarning 
nusxasini olish; 
9) “Вставить из буфера (Ctrl+V)” – olingan nusxani mo‘ljallangan 
joyga qo‘yish; 
10) “Учитывать свойства” – obyekt xususiyatlarini inobatga olish; 
11) “Отменить действие” – oxirgi amalni bekor qilish; 
12) “Повторить действие” – oxirgi bekor qilingan amalni qayta 
tiklash; 
13) “Панорама реального времени” – foydalanuvchiga model 
fazosini - chizmani qulay joyga siljitish; 
14) “Масштаб 
реального времени” – ayni vaqtda ko‘rinishlarni 
kattalashtirish yoki kichiklashtirish; 
15) “Масштаб окна” – ekran masshtabi; 
16) “Прежний масштаб” – dastlabki masshtabga qaytish; 
17) “Свойства (Ctrl+1)” – xususiyatlar; 


13 
18) “Дизайн-центр (Ctrl+ 2)” – dizayn-markaz; 
19) “Палитры инструментов (Ctrl+3)” – uskunalar palitrasi; 
20) “Справка” – ma’lumotnoma; 
21) “Менеджер стилей текста” – matn uslublarini boshqaruvchisi; 
22) “Управления стилями” – uslublar bilan boshqarish; 
23) “Менеджер стилей размера” – o‘lcham uslublari boshqaruvchisi; 
24) “Стили размеров” – o‘lchamlarning uslublari; 
“Свойства объекта” – Obyekt xususiyatlari paneli (8-rasm). 
8-rasm. Obyekt xususiyatlari paneli 
1) “Менеджер свойств слоя” – qatlam xususiyatlarini boshqarish; 
2) “Создать слой” – qatlam yaratish; 
3) “Сделать слой объекта текущим” – obyekt qatlamini joriy 
qatlamga aylantirish; 
4) “Предыдущий слой” – dastlabki (oldingi) qatlam; 
5) “Цвета” – qatlamga rang berish; 
6) “Типы линей” – chiziqlarning turlari; 
7) “Толщина линии” – chiziq qalinligi. 
Dastur ishchi hududining eng pastgi qismida holat qatori joylashgan (9-
rasm). 
9-rasm. Xolat qatori 
Unda kursorning joriy koordinatalari hamda chizish rejimlarini 
yoqish/o‘chirish tugmalari mavjud. Tugmalarning qisqacha vazifalari bilan 
tanishib chiqiladi:
“Snap Mode” (Шаговый режим) (qadamli rejim) bog‘lanish 
rejimini o‘chirib/yoqadi. Bu amalni klaviaturadagi “F9” tugmasi 
yordamida ham bajarish mumkin;
“Grid Display” (Отображение сетки) (to‘rni tasvirlash) ekrandagi 
to‘rning tasvirni o‘chirib, yoqadi. Bu amalni klaviaturadagi “F7” tugmasi 
yordamida ham bajarish mumkin;
“Ortho Mode” (Ортогональный режим) (ortogonal rejim) 
ortogonal rejimni o‘chirib/yoqadi. Bu rejim yoqilganda kursorning 
gorizontal va vertikal yo‘nalishlarda surilishi chegaralangan. Bu amalni 
klaviaturadagi “F8” tugmasi yordamida ham bajarish mumkin;


14 
“Polar Tracking” (Полярное отслеживание) (qutbli kuzatish) – 
qutbli kuzatish rejimini o‘chirib/yoqadi. Qutbli kuzatish kursor 
yo‘nalishini belgilangan burchak ostida surilishini chegaralaydi, berilgan 
biror bir qutbli burchaklarni xayoliy chiziqda yotuvchi nuqtalar 
tanlanishini osonlashtiradi. Ana shu tugmaning bosilishi “F10” tugmaning 
bosilishiga mos keladi;
“Object Snap” (Объектная привязка) (obyektli bog‘lanish) – ular 
bilan ishlashda har xil obyektlarning nuqtalarini tanlash imkonini beradi, 
grafikli kursorni aniq harakatini osonlashtiradi. Bu amalni klaviaturadagi 
“F3” tugmasi yordamida ham bajarish mumkin;
“Object Snap Tracking” (Объектное отслеживание) (obyektli 
kuzatish) – obyektli kuzatish rejimini o‘chirib/yoqadi. Obyektlarni ma’lum 
burchaklar ostida yoki boshqa obyektlar bilan ma’lum nisbatda chizishga 
yordam beradi. Yoqilgan rejimlarda maxsus vaqtinchalik chiziqlarni avto 
kuzatishlar, ko‘rishni aniq bajarishga yordam beradi. Bu amalni 
klaviaturadagi “F11” tugmasi yordamida ham bajarish mumkin;
“Allow/Disallow Dynamic UCS” (Включить/выключить 
динамическую 
систему 
координат) 
(dinamikali 
koordinatalar 
sistemasini o‘chirib/yoqish) – dinamik koordinatalar sistemasini o‘chirib, 
yoqish. Dinamik koordinatalar sistemasi uch o‘lchovli obyektlar bilan 
ishlashga mo‘ljallangan va u biror bir mavjud yuzada vaqtinchalik X, Y 
yuzasini tekislash imkonini beradi; 
“Dynamic Input” (Динамический ввод) (dinamikli kirish) – 
dinamik xulosa rejimini o‘chirib, yoqadi. Dinamik xulosa funksiyasi 
buyruqlarni kiritish va buyruqlar qatoridan foydalanilgan holda kursor 
hududida ularning ko‘rsatkichlarini tanlash imkonini beradi. Dinamik 
kiritish qachon yoqilsa, ma’lumot, kursor yonidagi tasvirlanadigan bildirib 
turuvchi, qanchalik qo‘zg‘alishiga ko‘ra dinamik yangilanadi. Qachon 
buyruq faol bo‘lsa, bildirib turuvchi foydalanuvchiga ko‘rsatkich 
qiymatlarini kiritish uchun joyini ta’minlaydi; 
“Show/Hide Lineweight” (Показать/cкрыть толщину линий) 
(chiziq qalinligini ko‘rsatish/yashirish) – chiziq tasvirini ularning 
qalinligiga mos ravishta o‘chirib, yoqish rejimi;
“Quick Properties” (Краткие свойства) (qisqa xususiyatlar) – 
tanlangan obyekt xususiyatlarini tasvirlovchi panelni o‘chirib, yoquvchi 
rejim;
“Model or Paper space” (Модель) (model) – varoq va modelni 
fazolari oralig‘ida o‘tishga imkon beradi; 


15 
“Quick View Layouts” (Быстрый просмотр слоев) (qatlamlarni 
tezda ko‘rsatish) – uncha katta bo‘lmagan alohida oynalarda hamma 
qatlam chizmalarini darhol tasvirlaydi;
“Quick View Drawins” (Быстрый просмотр чертежей) 
(chizmalarni tezda ko‘rsatish) – chizmalarni ko‘rsatishni o‘chirib/yoqadi;
“Pan” (Панорамирование) (panoramalashtirish) – rasmni 
panoramalashtirish;
“Zoom” (Зумирование) (yaqin, uzoqlashtirish) – tasvirni 
uzoqlashtirish yoki yaqinlashtirish;
“SteeringWheel” (Управление колесиком) (g‘ildirak bilan 
boshqarish) – “Wheel” g‘ildirak uskunasi yoqiladi;
“ShowMotion” (Показать движение) (harakatni ko‘rsatish) – 
“Motion” (harakat) uskunasini yoqadi;
“Workspace switching” (Изменение рабочей области) (ishchi 
hududni o‘zgartirish) – ishchi hududni tasvirlash uchun kontekstli menyuni 
paydo qiladi;
Uskunalar panelining holatini va oynasini bloklash uchun tugma;
Holat qatorida chizish rejimini o‘chirib yoqish tugmalarining tasviri 
kontekstli menyuda o‘rnatiladi (10-rasm);
10-rasm. Qator holatini sozlash kontekstli menyusi 
“Clean Screen” (Очистка экрана) (ekranni tozalash) – ekranni 
tozalaydi. Uni bosganda barcha uskunalar paneli g‘oyib bo‘ladi, shu bilan 
grafik ekranining hududi kattalashadi. Bu funksiya kichik diagonalli 
ekranlarda ishlashda foydalidir. 


16 
Chizish panelidagi “Точка” – nuqta uskunasining tugmasi 
yuklangach, muloqotlar darchasida “Nuqtani kiriting” so‘rovi paydo 
bo‘ladi. Unga javoban nuqtani ekranda “Sichqon” yordamida kursor 
nishoni bilan ixtiyoriy joyga kiritiladi yoki X1va Y1 koordinatalari, 
masalan, 55 va 77 kiritib, “Enter” bilan qayd etiladi va ekranda nuqta 
belgilanadi. Shunda, nuqta piksel ko‘rinishida bo‘lgani uchun ko‘zga 
tashlanmaydi. Shuning uchun, tushuvchi menyular qatoridagi “Формат” 
menyusi va undagi “Отображение точек” – nuqta qiyofasi uskunalari 
yuklanadi, shunda ekranda nuqtalarning qiyofasi oynasi paydo bo‘ladi (11-
rasm, 12-rasm).
Undan birortasi masalan, aylana ko‘rinishi taklif qilingan 5% da 
tanlanadi va “OK” tugmasi yuklanadi. Shunda, ekranda koordinatalari 
bilan kiritilgan nuqtalar aylana ko‘rinishida tasvirlanib qoladi. Nuqtani 
istalgan qiyofasini keltirilgan oynadan tanlab olish mumkin. Unga rang 
berish va o‘rnini o‘zgartirish kesma kabi bo‘ladi.
Chizish panelidagi “Otrezok” – kesma chizish tugmasi yuklangach, 
muloqotlar darchasida “Boshlang‘ich nuqtasini kiriting” so‘rovi paydo 
bo‘ladi.
Unga javoban, sichqon yordamida kursor nishoni bilan ekranning 
ixtiyoriy joyida kesmaning birinchi nuqtasi kiritiladi. Shunda, navbatdagi, 
keyingi nuqtasini kiriting so‘rovi paydo bo‘ladi (13- rasm).
11-rasm. Nuqta qiyofasiga kirish 12-rasm. Nuqta qiyofasi uskunalari 


17 
13-rasm. Chiziqning bog‘lanish nuqtasi 
Bu so‘rovga ham dastlabki nuqtaning koordinatalarini kiritgan kabi 
kursorni ekranning istalgan joyiga qo‘yib ixtiyoriy o‘lchamdagi chizma
yoki X2, Y2 yoki X2i, U2i koordinatalarini kiritilsa (masalan, 100 mm) 
ekranda kesma paydo bo‘ladi.
Muloqatlar darchasida ikkinchi to‘g‘ri chiziqni chizish uchun 
navbatdagi nuqtani kiritishni so‘raydi. Bunday nuqtalarni ketma-ket 
kiritib, ko‘plab kesmalarni ketma-ket o‘tkazish mumkin. Kesma chizish 
buyrug‘idan chiqish uchun “Enter” yoki “ESC” tugmasini ketma-ket ikki 
marotaba yuklanadi. Ikkinchi va uchinchi kesmalarni o‘tkazgach, keyingi 
so‘rovda, qavs ichida “Замкнуть” – “Birlashtirish” yoki “Отменить” – 
“Bekor qilish” qo‘shimcha buyruqlari paydo boladi (14-rasm).
“Замкнуть” – “Birlashtirish” so‘zining bosh harfini terib, “Enter” 
yuklansa, oxirgi kesma uchi birinchi kesmaning boshlang‘ich nuqtasi bilan 
birlashib qoladi.
14-rasm. Chiziqni bekor qilish yoki birlashtirish 


18 
Birinchi “По слою” rang berish tugmasi yuklanadi: Shunda standart 
ranglar ro‘yxatini taklif qiluvchi darcha paydo bo‘ladi (15-rasm). Agar, 
ulardan bo‘lak boshqa rang tanlash lozim bo‘lsa, “Выбор цвета” tugmasi 
yuklanadi va boshqa ranglarni o‘ziga jamlagan “Rang tanlash” darchasi 
paydo bo‘lib, unda jamlangan turli xildagi ranglar taklif qilinadi (16-rasm).
Bu darchadan tanlangan rangni kursor yordamida yuklab, ketma-ket 
ikkita “OK” tugmalari yuklanib, uni standart ranglar ro‘yxatiga o‘tkaziladi. 
Shunda, “По слою” o‘rnida yangi rang tartib raqamining yozuvi paydo 
bo‘ladi.
15-rasm. Ranglar ro‘yxati 16-rasm. Ranglar raqami 
Shunda, kesma chizig‘i tanlab olingan yo‘g‘onlikda tasvirlanib 
qoladi. Agar, tanlab olingan yo‘g‘onlik qiymati uchinchi “По слою” so‘zi 
o‘rnida yozilgan bo‘lsa, keyingi chiziladigan chiziqlar yo‘g‘onligi tanlab 
olingan yo‘g‘onlikda chiziladi. Bu yo‘g‘onlikdan chiqish uchun, tanlab 
olingan yo‘g‘onlik yuklanadi va ro‘yxatdan “По слою” so‘zi yuklanadi. 
Natijada, 
ekrandagi 
chiziqlar 
kompyuterda 
o‘rnatilgan standart 
yo‘g‘onlikka o‘tib qoladi.
Ikkinchi “По слою” (Типы линии) chiziq turlari tugmasi yuklanadi. 
Bu buyruqdagi chiziq turlarining ro‘yxati taklif etiladi (17-rasm). Agar, 
chiziqlarning boshqa turlari kerak bo‘lsa, ro‘yxatning eng pastida 
joylashgan “Другой” tugmasi yuklanadi. Shunda, ekranda “Chiziq turlari 
dispetcheri”ning darchasi paydo bo‘ladi. Undagi yuqori o‘ng tomonda 
joylashgan “Загрузить” qo‘shimcha buyrug‘i yuklanadi. Natijada, darcha 
o‘rtasida kompyuterga kiritilgan chiziq turlarining nomi va tasviri taklif 
qilinadi (18-rasm).


19 
Undan istalgan chiziq turini, masalan “Dosh doot” yoki “Dosh doot 2” 
“Sichqon” bilan yuklanadi va “OK” tugmasi bosiladi.
17-rasm. Chiziq turlari 18-rasm. Chiziq nomi 
Shunda, derazaning dastlabki ko‘rinishi paydo bo‘ladi va yana undagi 
“OK” tugmasi yuklanadi;
Kesma ajratiladi;
“По слою” – chiziq turlari tugmasi yuklanadi va ro‘yxatdan chiziq turi 
tanlanib yuklanadi, shunda ekrandagi ajratilgan kesma tanlangan chiziq 
turida chizilib qoladi.

Download 4.33 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Download 4.33 Mb.
Pdf ko'rish