• Oraliq nazorat
  • – 3 ball; oʻquvchi fan dasturini oʻzlashtirmagan, fan (mavzu)ning mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) boʻyicha tasavvurga ega emas deb topilganda – 2 ball
  • – 2 ball
  • 90-100 % 5 baho - a`lo 75-89 % 4 baho - yaxshi 60-74 % 3
  • 5 “A’lo”
  • 3 “Qoniqarli”
  • Nazorat turlari va baholash mezonlari




    Download 18,63 Kb.
    Sana17.02.2024
    Hajmi18,63 Kb.
    #158304
    Bog'liq
    Nazorat turlari va baholash mezonlari

    Nazorat turlari va baholash mezonlari


    1. Professional ta’lim muassasalarida oʻquvchilar bilimini baholash va nazorat qilish: joriy baholash, oraliq va yakuniy nazoratlarni oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.

    Joriy baholash – oʻqituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalari tomonidan oʻtkazilayotgan mashgʻulotlar davomida oʻquvchilar bilimini nazorat qilishda turli usullardan (yozma ish, ogʻzaki soʻrov, test, munozaralar, amaliy topshiriqlar, mustaqil vazifalarni bajarish va b.) foydalanish orqali baholash hisoblanadi. Oʻquvchilar bilimini joriy baholashda oʻquvchilarning topshiriqlarni bajarishi, ularning faolligi hamda davomati inobatga olinadi.
    Oraliq nazorat − tegishli fan dasturlarining xususiyatidan kelib chiqib, dasturning muayyan bir boʻlimi (qismi) tugallangandan keyin semestr davomida oʻquvchilar bilimini baholash shakli hisoblanadi.
    Yakuniy nazorat − tegishli fan dasturlarida belgilangan oʻquv soatlaridagi mavzular toʻliq oʻzlashtirib boʻlinganda, oʻquvchilar bilimini savollar, test variantlari va amaliy topshiriqlar orqali baholash shakli hisoblanadi.

    1. Fanlardan oʻquvchilarning bilimlari quyidagi mezonlar asosida:

      • oʻquvchi mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qoʻllay oladi, fan (mavzu)ning mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) boʻyicha tasavvurga ega deb topilganda – 5 ball;

      • oʻquvchi mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qoʻllay oladi, fan (mavzu)ning mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) boʻyicha tasavvurga ega deb topilganda – 4 ball;

      • oʻquvchi olgan bilimini amalda qoʻllay oladi, fan (mavzu)ning mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) boʻyicha tasavvurga ega deb topilganda – 3 ball;

      • oʻquvchi fan dasturini oʻzlashtirmagan, fan (mavzu)ning mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) boʻyicha tasavvurga ega emas deb topilganda – 2 ball bilan baholanadi.

    2. Oʻquvchilarning oʻquv, ishlab chiqarish (pedagogik) va diplom oldi amaliyotlari boʻyicha bilim, koʻnikma, malaka va kompetensiyalari quyidagi mezonlar asosida:

      • oʻquvchi belgilangan topshiriqni nazariy biladi, ish oʻrinlarini toʻgʻri tashkil qila oladi, texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilgan holda oʻlchov va ishlov berish asbob- uskunalaridan toʻgʻri foydalana oladi, vaqt me’yorlariga amal qilgan holda sifatli bajara oladi deb topilganda – 5 ball;

      • oʻquvchi belgilangan topshiriqni nazariy biladi, ish oʻrinlarini toʻgʻri tashkil qila oladi, texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilgan holda bajara oladi, ammo oʻlchov va ishlov berish asbob-uskunalaridan foydalanishda, vaqt me’yorlarida xatoliklarga yoʻl qoʻygan holda bajardi deb topilganda – 4 ball;

      • oʻquvchi belgilangan topshiriqni nazariy biladi, ish oʻrinlarini toʻgʻri tashkil qiladi, ammo texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilishda, oʻlchov va ishlov berish asbob- uskunalaridan foydalishda, vaqt me’yorlariga amal qilishda xatoliklarga yoʻl qoʻydi deb topganda – 3 ball;

      • oʻquvchi oʻquv amaliyoti dasturini oʻzlashtirmagan, amaliyot mashgʻulotining 50

    %i yoki undan koʻp qismida ishtirok etmagan, amaliyot hisobotlarini topshirmagan hamda amaliyot (mavzu) boʻyicha tasavvurga ega emas deb topilganda – 2 ball bilan baholanadi.


    O`quvchilar faoliyatini baholash mezonlari
    Darsga faol ishtirok etgan o’quvchilarni og’zaki, amaliy va berilgan topshiriqlarni guruhlarda bajargan ishlari bo’yicha baholaydi

    1. 90-100 % 5 baho - a`lo

    2. 75-89 % 4 baho -yaxshi

    3. 60-74 % 3 baho - qoniqarli

    O‘quv fani o‘zlashtirish natijalarini nazorat qilish va baholash o‘qituvchi dars jarayonida, amaliy ravishda amalga oshiriladi. Baholash metodlarini shakllantirish
    baholash ob’ekti nima ekanligini aniqlash kerak (aniq nimani baholash).
    O‘qitish natijalarini faoliyat natijalari orqali baholash, kompetensiyalarni faqat faoliyat jarayonida baholanadi (faoliyatning to‘g‘ri bajarilganligini kuzatib borish).
    O‘quv fan (modul)ining o‘qitish natijalarini va kompetensiyalarni baholash:

    • 5 “A’lo”: amaliy faoliyatni to‘g‘ri bajarilishi (manipulyatsiyalar, modellar, ko‘nikmalar va hokazo) 90-100% ga bajarish;

    • 4 “Yaxshi”: amaliy faoliyatni (manipulyatsiyalar, modellar, ko‘nikmalar va boshqalarni) bajarish algoritmiga muvofiq 75-89 foizga bajarish;

    • 3 “Qoniqarli”: amaliy faoliyatni bajarish algoritmiga muvofiq talab qilinadigan ish turlarini (manipulyatsiyalar, modellar, ko‘nikmalar va h.k) 60-74 foizga bajarish;

    -2 “Qoniqarsiz”: kerakli ish turlarini algoritmini bajarish ketma-ketligini sezilarli darajada buzilishi, amaliyot davomida topshiriqlarni to‘g‘ri bajarishga intilmaslik;

    • kerakli ish turlarini bajarish algoritmini qo‘pol ravishda buzgan holda (60% dan past) ish turlarini (manipulyatsiyalar, modellar, ko‘nikmalar va boshqalar) bajarish.





    Download 18,63 Kb.




    Download 18,63 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nazorat turlari va baholash mezonlari

    Download 18,63 Kb.