INFORMATIKA FANIDAN
DASTUR
I Axborot (8 soat)
O‘quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari zarur: Axborot va u bilan bajariladigan jarayonlar haqida yetarlicha tasavvurga ega bo‘lish. Axborot turlari va xususiyatlarini bilish. Axborotlar bilan ishlashga oid buyuk yurtdoshlarimizning qarashlari va bu sohadagi ishlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish. Axborot bilan ishlashga aloqador vositalar haqida tasavvurga ega bo‘lish. Axborot miqdori va uzatish tezligining o‘lchov birliklarini bilish. Ma’lumotlarni kompyuterda tasvirlanishi va kodlash haqida tasavvurga ega bo‘lish.
Quyidagi ko‘nikmalarni egallashlari zarur: Axborot va u bilan bajariladigan jarayonlarga misollar keltira olish. Axborot miqdori va uzatish tezligini hisoblashga doir sodda masalalarni hal qila olish.
Quyidagi malakalarga ega bo‘lishlari lozim: Axborotlarni kodlash malakasiga ega bo‘lish.
II Internetda ishlash asoslari (8 soat)
O‘quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari zarur: Axborotli olam mummolari va Internet. Internetda ishlashni ta’minlovchi dasturlar haqida, uning vazifalarini va dasturning imkoniyatlari. Internet Explorer dasturining vazifalari; Internet yordamida ma’lumotlarni olish, nusxa olish va saqlash qoidalari haqida. Elektron pochta va undan foydalanish. Axborotlarni ximoyalash va antiviruslar haqida.
Quyidagi ko‘nikmalarni egallashlari zarur: Internetda haqida va Internetda ishlashni ta’minlovchi dasturlar haqida hamda uning vazifalarini ayta bilish; Internetda ma’lumotlarni bilish texnologiyasining bilishi, nusxa olish va saqlash qoidalari haqida tushunchaga ega bo‘lishi; Elektron pochta va undan foydalanishning qisman bilishi; axborotlarni ximoyalashni elementar usulda va komputerda antiviruslar fayliga kirib virusga tekshira olishni bilishi kerak.
Quyidagi malakalarga ega bo‘lishlari lozim: O‘quvchini Internet tizimida ishlashga zarur dasturlar va ularning bajaradigan ishlari bilan tanishtirish. Elektron pochta dasturining ishlash tartibi va Internet yordamida ma’lumotlarni olish usullari bilan tanishtirish. Axborotlarni ximoyalash va antiviruslar haqida tushuncha berish.
|