Pirls dasturining asosiy vazifalari




Download 31,15 Kb.
bet1/4
Sana02.12.2023
Hajmi31,15 Kb.
#110021
  1   2   3   4
Bog'liq
(PIRLS) - boshlangʼich 4-sinf oʼquvchilarining matnni oʼqish va tushunish darajasini baholash uchun tadqiqot boʼyicha texnologik misollar


Mavzu: (PIRLS) - boshlangʼich 4-sinf oʼquvchilarining matnni oʼqish va tushunish darajasini baholash uchun tadqiqot boʼyicha texnologik misollar.
Reja:

  1. (PIRLS) - boshlangʼich 4-sinf oʼquvchilarda tatbiq etishning mohiyati va ahamiyati.

  2. Boshlangʼich 4-sinf oʼquvchilarining matnni oʼqish va tushunish darajasini baholash uchun tadqiqot boʼyicha texnologik misollar.

  3. (PIRLS) dasturining asosiy vazifalari.

  4. Xulosa

  5. Foydalanilgan adabiyotlar

Mamlakatimiz innovatsion taraqqiyot yo‘lida shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda kelajagimiz davomchilari bo‘lgan yoshlarning ijodiy g‘oyalari va ijodkorligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish hamda ilg‘or xorijiy tajribalar, xalqaro mezon va talablar asosida baholash tizimini takomillashtirish, shu yo‘lda xalqaro tajribalarni o‘rganish, mavjud tizimni har tomonlama qiyosiy tahlil qilish, tegishli yo‘nalishdagi xalqaro va xorijiy tashkilotlar, ilmiy tadqiqot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish muhim ahamiyatga egadir.


Ushbu dasturning ko‘p yillar davomida muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotganiga 2021-yilda 20 yil to‘ladi.
PIRLS – PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study - xalqaro o’qish savodxonligini o’rganishdagi yuksalish) – bu turli mamlakatlarda boshlang’ich sinfda tahsil oluvchi o’quvchi-yoshlarning matnni o’qish va tushunish darajalari sifatini baholab beruvchi xalqaro baholash tizimidir. Boshqacha qilib aytganda, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qib tushunish ko‘nikmalarini qay darajada rivojlanganligi haqidagi ma’lumotlarni xalqaro miqyosda taqqoslash imkonini beradigan, o‘qish va o‘qitishni yaxshilash uchun ta’lim sohasidagi davlat siyosatiga oid ma’lumotlarni taqdim etadigan yirik xalqaro baholash dasturidir. Ushbu sinov turi har 5 yilda bir marta o’tkazishga mo’ljallangan bo’lib, uning oxirgi 2016 yilgi tadqiqotlari natijalariga ko’ra, Rossiya Federatsiyasi yetakchilik qilmoqda.
Shuningdek, PIRLS, yosh o‘quvchilar tomonidan maktabda va maktabdan tashqarida ta’lim olishning katta qismini tashkil etuvchi, ya’ni badiiy tajriba orttirish, ma’lumot olish va undan foydalanish ko‘nikmalarini baholash kabi ikkita keng qamrovli maqsadlarni ifodalaydi.
Yana shuni aytish mumkinki, ushbu dastur zamon bilan hamnafas qadam tashlaydi hamda o‘zining baholash mezonlarini zamonaviy talablarga muvofiq ravishda takomillashtirib boradi. Bunga misol sifatida, 2021-yilda o‘tkaziladigan tadqiqotda o‘quvchilarga birinchi marta raqamli formatdagi topshiriqlarni taqdim etishni rejalashtirganini aytish o‘rinlidir. Raqamli formatga o‘tish bilan birga, internet muhitida boshqariladigan ePIRLS onlayn o‘qishni kompyuterda baholash kabi o‘zgarishlar ham ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston ilk marotaba ishtirok etayotgan ushbu xalqaro tadqiqotlar doirasida tajriba-sinov jarayonlari 2020-yilning aprel-may oylarida, asosiy tadqiqotlar esa 2021-yil aprel-may oylarida o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, lekin dunyo bo‘ylab keng tarqalgan koronavirus pandemiyasining salbiy ta’siri tufayli rejalashtirilgan tadqiqotlarning amalga oshirilishi vaqtincha to‘xtatilgan edi.
Hozirgi vaqtga qadar Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD), Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) kabi xalqaro tashkilotlar tomonidan tadqiqotda qatnashuvchi mamlakatlar, dasturning boshqaruv kengashi a’zolari, xalqaro ekspertlar kengashi va konsorsiumlar hamda mamlakatlardagi Milliy markazlar ishtirokida tadqiqotlarning tashkil etilish muddatlarini belgilash bo‘yicha muhokamalar olib borildi.
Muhokamalar jarayonida turli xil muqobil yo‘llar ko‘rib chiqildi.
Jumladan, PISA dasturi bo‘yicha kun tartibida ikkita yo‘ldan birini tanlash masalasi qo‘yildi. Birinchisi, ixchamlashtirgan, yangi kiritilgan topshiriqlar hamda kreativ fikrlash yo‘nalishidan butunlay voz kechgan holda 2020-yil oktyabr-noyabr oylarida tajriba sinov jarayonlari, 2021-yil aprel-may oylarida asosiy tadqiqotlarni o‘tkazish bo‘lsa, ikkinchisi, barcha yo‘nalishlarni to‘liq qamrab olgan holda tadqiqotni bir yil muddatga kechiktirish, bunda 2021-yil aprel-may oylarida tajriba-sinov jarayonlari, 2022-yilning mos oylarida esa asosiy tadqiqotlarni tashkil etish takliflari atroflicha ko‘rib chiqildi.
PIRLS dasturi bo‘yicha esa PISA dasturidan farqli ravishda ikki muqobil yo‘llardan birini tanlash taklif etildi. Ya’ni, birinchisi, 2020-yilga mo‘ljallangan tajriba-sinov jarayonlaridan voz kechgan holda 2021-yildagi rejalashtirilgan asosiy tadqiqotlarni o‘z vaqtida tashkil etish bo‘lsa, ikkinchi yo‘lga ko‘ra, yangi o‘quv yilining boshlanishi bo‘lishiga qaramasdan, 2020-yil oktyabr oyida soddalashtirilgan tarzda tajriba-sinovlarini o‘tkazish hamda 2021-yildagi asosiy tadqiqotlarni ham o‘z vaqtida aprel-may oylarida tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi. Bunda tadqiqotda qatnashuvchi maktablar va sinflar masalasiga ham alohida to‘xtalib o‘tildi. Atroflicha muhokama va munozaralardan so‘ng, PISA va PIRLS dasturlari doirasida tadqiqotlarning o‘tkazilishi yuzasidan quyidagi muddatlarni belgilash bo‘yicha xalqaro tashkilotlar tomonidan qarorlar qabul qilindi: PISA dasturi doirasidagi tadqiqotlar bir yil muddatga kechiktiriladi. Bunda 2020-yilda mo‘ljallangan tajriba-sinovlar 2021-yilning aprel-may oylarida, 2021-yilga mo‘ljallangan asosiy tadqiqot esa 2022-yilning aprel-may oylarida o‘tkazilishi rejalashtirildi. Shuningdek, tadqiqotning 3 yillik davriyligini inobatga olgan holda, 2024-yilga mo‘ljallangan tadqiqotlar ham o‘z navbatida 2025-yilga ko‘chirildi.
PIRLS dasturi doirasidagi asosiy tadqiqot kechiktirilmadi va o‘z muddatida, ya’ni 2021-yil aprel oyida o‘tkazilishi bo‘yicha rejalar o‘z kuchida qoldirildi. Bunda, 2020-yil aprel oyiga rejalashtirilgan tajriba-sinov jarayonlari, karantin sharoiti barqarorlashgan taqdirda, 2020-yilning oktyabr oyida ko‘chirilishi rejalashtirildi. Shuni ta’kidlash lozimki, PIRLS dasturi talablariga muvofiq, sinovlar tanlab olingan maktablarning 4-sinflari o‘rtasida o‘quv yilining oxirgi oylarida o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Lekin, kutilmagan pandemiya tufayli, tajriba-sinovlari istisno tariqasida yangi o‘quv yilining ilk oylarida o‘tkazilishi mo‘ljallanmoqda. Bunda avval tanlab olingan maktablar ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritilmaydi. Yangi rejalashtirilayotgan tajriba-sinov muddatiga ko‘ra, tanlab olingan maktablarning 4-sinf o‘quvchilari 5-sinfni boshlagan bo‘ladilar.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi «O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivoj­lantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 5712-son Farmonida 2030-yilga kelib PISA xalqaro dasturi reytingida jahonning birinchi 30 ta ilg‘or mamlakatlari qatoriga kirishiga erishish hamda xalq ta’limi tizimi­da ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish asosida o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholashga yo‘naltirilgan ta’lim sifatini baholashning milliy tizimini yaratish vazifalari belgilangan.
Shuningdek, konsepsiya doirasida o‘quvchilarning tanqidiy va ijodiy fikrlash, axborotni mustaqil izlash, tahlil qilish kompetensiyalari va malakalarining rivojlanishiga alohida urg‘u berishni hisobga olgan holda, zamonaviy innovatsion iqtisodiyot talablariga javob beradigan umumta’lim dasturlari va yangi davlat ta’lim standartlarini joriy etish, o‘quvchilarning bilim darajasini baholashda xalqaro PISA, TIMSS, PIRLS va boshqa dasturlarda doimiy ishtirok etish nazarda tutilgan.
Ushbu vazifalarni amalga oshirish yo‘lida PIRLS tadqiqotida muvaffaqiyatli ishtirok etish o‘ziga xos o‘rin tutadi. Shunday ekan, ta’lim sifatini baholash sohasidagi yangi xalqaro tadqiqot haqida xalq ta’limi tizimi xodimlari, o‘qituvchilar hamda ushbu sohaga qiziquvchilar uchun ma’lumotlar yetkazib berish maqsadida «Xalqaro tadqiqotlarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini baholash» nomli metodik qo‘llanma ishlab chiqildi. Mazkur qo‘llanmada PIRLS tadqiqoti, uning o‘ziga xos xususiyatlari, nazorat-sinov materiallarining ishlab chiqilishi haqida umumiy ma’lumotlar berilgan. Shu bilan birga, PIRLS tadqiqotining topshiriqlaridan, ya’ni matnlar va savollaridan bir nechta namunalar hamda ularning baholash mezonlari keltirilgan.
PIRLS dasturi 2001-yilda Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA–International Association for the Evaluation of Educational Achievement) tomonidan tashkil etil­gan. Xalqaro tadqiqotni tashkil etish uchun barcha mas’uliyat Chestnut Hill (Massachusets, AQSh) Boston kollejiga yuklatilgan. Shuningdek, tadqiqot uchun topshiriqlarni tayyorlash Germaniya (Gamburg) ma’lumotlar markazida amalga oshiriladi.
Xalqaro baholash dasturi PIRLS (Progress In International Reading And Literacy Study) dunyoning turli mamlakatlari milliy ta’lim tizimida o‘qish savodxonligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va natijalarni qiyoslashga yo‘naltirilgan.
Tadqiqotlar 2001, 2006, 2011, 2016-yillarda o‘tkazilgan bo‘lib, 2021-yil tadqiqotning beshinchi davriyligi hisoblanadi. Shuni ta’kidlash joizki, 2021-yilda o‘tkaziladigan tadqiqotlar 2001-yildan boshlab uzluksiz qatnashib kelayotgan davlatlarning 20 yil davomida erishgan yutuqlarini baholash imkonini beradi. Har besh yilda o‘tkaziladigan PIRLS dasturi 4-sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini xalqaro darajada baholay­di. Mazkur dastur IEA tashkilotining 4-sinf o‘quvchilarini matematika va tabiiy fanlardan savodxonligini baholaydigan TIMSS dasturini to‘ldirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, Boston kollejidagi TIMSS va PIRLS xalqaro o‘quv markazi IEA tashkilotining Gamburg va Amsterdam shaharlaridagi idoralari bilan yaqindan hamkorlikda boshqariladi.
2016-yildan boshlab qo‘shimcha tanlov asosida ePIRLS tizimi joriy qilingan bo‘lib, u o‘quvchilarning onlayn o‘qish savodxonligi­ni baholashga mo‘ljallangan. Internet o‘quvchilar uchun ma’lumotlar olishning boshlang‘ich yo‘li hamda maktab fanlari doirasida izlanishlar olib borish uchun markaziy manba hisoblanadi.
PIRLS - (inglizcha –Progress in International Reading Literacy Study – matnni o‘qish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot ) mazkur xalqaro tadqiqotning maqsadi turli xil ta’lim tizimidan iborat bo‘lgan davlatlardi boshlang‘ich maktab o‘quvchilarining matnni o‘qish va qabul qilish bo‘yicha tayyorgarligi hamda o‘quvchilarning har xil yutuqlarga erishishga sabab bo‘luvchi ta’lim tizimidagi o‘ziga xos xususiyatlarni aniqlash va baholashdan iborat. Albatta bunday tadqiqot xalq ta’limi sohasidagi ishchilar, olimlar, metodistlar, o‘qituvchilar, ota-onalar va jamoat vakillari uchun katta ahamiyatga egadir.
PIRLS tadqiqotlari Xalqaro ta’lim institutlari assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan muvofiqlashtiriladi. PIRLS loyihasi to‘rtinchi sinf o‘quvchilarining o‘qish qobiliyatini rivojlantirish darajasini aniqlash bo‘yicha yetakchi xalqaro tadqiqotlar orasida. Xalqaro ekspertlar ta'kidlashicha, boshlang‘ich maktabda maktab o‘quvchilarining keyingi tarbiyasida muvaffaqiyat qozonish uchun poydevor qo‘yilgan. PIRLS tadqiqotining natijalari maktab o‘quvchilarining o‘qish va rivojlanishidagi muvaffaqiyatlarga (maktab va oilaning ta’lim resurslari, ota-onalarning qiziqishi va bolalarning o‘qish madaniyatini shakllantirishdagi ishtiroki va boshqalar) ta’sir ko‘rsatadigan omillarning regressiv tahlilini ta’minlaydi. PIRLS tadqiqotida 3 ta davr (2001, 2006, 2011) uchun Gonkong (571), Rossiya Federatsiyasi (568), Finlyandiya (568) va Singapur (567) kabi davlatlar yetakchilik qilmoqda. Qozog‘iston ushbu loyihada birinchi marta 2016 yilning aprelida ishtirok etdi. Ishtirokchilar soni 10256 nafarni tashkil etdi, ulardan 4-sinf o‘quvchilarining 4925 nafari, 4-sinf o‘quvchilarining 4925 nafar ota-onasi, 234 ta boshlang‘ich maktab o‘qituvchilari, 172 nafar direktor ishtirok etdi. 2017 yil 5 dekabr kuni YuNESKO Boshqarmasida (Parij, Fransiya) PIRLS-2016 qatnashadigan 50 dan ortiq mamlakat natijalari e'lon qilinadi.
“Xalqaro tadqiqot PIRLS-2016” XEA ensiklopediyasi eng yaxshi o‘quv dasturlari va yosh o‘quvchilarning o‘qish qobiliyatlarini rivojlantirish tajribasi haqida noyob axborot materiallarini taqdim etadi. PIRLS-ga qatnashish O‘zbekistonga boshlang‘ich sinf o‘quvchilari orasida o‘qish qobiliyatlari darajasini mustaqil ravishda ob’ektiv baholash imkonini beradi. Bundan tashqari, O‘zbekiston ta'limining ochiqligi va integratsiyalashuvi dunyoning etakchi ta'lim tizimlarining xalqaro hamjamiyatiga integratsiyalashuvini ta'minlaydi.
Masalan quyidagi jadvallarda (2001, 2006, 2011, 2016 yillarda) PIRLS xalqaro tadqiqotida ishtirok etgan davlatlar erishgan natijalarini ko‘rishimiz mumkin.
PIRLS-2001 tadqiqotida 35 mamlakat ishtirok etdi. Rossiyaning vakolatli namunasi mamlakatning 45 ta hududida joylashgan 206 ta maktabdan o‘quvchilarni qabul qildi. Har bir maktab o‘quvchilarni sinab ko‘rish va so‘roq qilish, shuningdek, ushbu o‘quvchilarning ota-onalarini, o‘qituvchilari va maktab ma’muriyatining vakillarini so‘roq qilishdi. Jami 4093 ta boshlang‘ich bitiruvchisi, 4050 nafar ota-onasi, 206 boshlang‘ich maktab o‘qituvchisi va 206 nafar ishtirokchi maktab ma'muriyati vakillari ishtirok etdi.


Download 31,15 Kb.
  1   2   3   4




Download 31,15 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pirls dasturining asosiy vazifalari

Download 31,15 Kb.