|
Pirls dasturining asosiy vazifalari
|
bet | 2/4 | Sana | 02.12.2023 | Hajmi | 31,15 Kb. | | #110021 |
Bog'liq (PIRLS) - boshlangʼich 4-sinf oʼquvchilarining matnni oʼqish va tushunish darajasini baholash uchun tadqiqot boʼyicha texnologik misollarPIRLS-2001 natijalari №
|
Davlat nomi
|
O‘rtacha ball
|
Sinf
|
O‘rtacha yosh
|
1.
|
Shvetsiya
|
561 (2,2)
|
4
|
10,8
|
|
Niderlandiya
|
554 (2,5)
|
4
|
10,3
|
3.
|
Angliya
|
553 (3,4)
|
5
|
10,2
|
4.
|
Bolgariya
|
550 (3,8)
|
4
|
10,9
|
5.
|
Latviya
|
545 (2,3)
|
4
|
11
|
6.
|
Kanada
|
544 (2,4)
|
4
|
10,0
|
7.
|
Litva
|
543 (2,6)
|
4
|
10,9
|
8.
|
Vengriya
|
543 (2,2)
|
4
|
10,7
|
9.
|
AQSH
|
542 (3,8)
|
4
|
10,2
|
10.
|
Italiya
|
541 (2,4)
|
4
|
9,8
|
O’qish savodxonligining ikki muhim maqsadi.
Butun dunyo bo‘ylab o‘qish savodxonligining rivoji odamlarning nima sababdan o‘qishlari bilan bevosita bog‘liq. Umuman olganda, bu sabablar zavqlanish va shaxsiy qiziqish uchun o‘qishni yoki ta’lim va jamiyat hayotida munosib ishtirok etishni o‘z ichiga oladi. Ko‘pgina yosh o‘quvchilarning dastlabki mutolaasi aksariyat hollarda hikoya (masalan, hikoya to‘plamlari yoki rasmli kitoblar) yoki o‘quvchilarga atrofidagi dunyo haqida ma’lumot beradigan va savollarga javob beradigan ma’lumotli matnlardan iborat bo‘ladi.
Yosh o‘quvchi uchun o‘qish savodxonligining har ikki maqsadi ham muhim hisoblanadi. Shuning uchun PIRLS har bir o‘qish turini baholashda matnlarni teng bo‘lishni asosiy maqsad qilib olgan.
Badiiy tajriba orttirish.
Adabiyotni tushunish va baholash uchun har bir o‘quvchi tilni tushunishi va badiiy shakllarni bilishi kerak. Yosh o‘quvchilar uchun adabiyot hali duch kelmagan vaziyatlar va his-tuyg‘ularni o‘rganish imkoniyatini taqdim etishi mumkin. Badiiy adabiyotda tasvirlangan voqealar, harakatlar va oqibatlar o‘quvchilarga haqiqiy hayotni yoritibgina qolmay, tasavvur qilishlari mumkin bo‘lgan vaziyatlarni bilvosita his qilish va aks ettirishga imkon beradi. PIRLSda ishlatiladigan badiiy matnlarning asosiy shakli – bu badiiy to‘qimaga asoslangan hikoyalardir.
Axborot olish va undan foydalanish.
Axborot matnlarining maqsad va vazifalari turli xil bo‘ladi. Axborot matnining asosiy vazifasi axborotni taqdim etish bo‘lsa-da, mualliflar ko‘pincha o‘zlari tanlagan mavzularni yoritishda turli maqsadlarni ko‘zda tutadi. Ko‘pgina axborot matnlarining maqsadi to‘g‘ridan to‘g‘ri ma’lumot berish, masalan, biografik ma’lumotlar yoki vazifani bajarish bosqichlarini taqdim qilishdir, shu bilan birga, ko‘p hollarda matnda muallifning subyektiv qarashlari ham aks etadi. Masalan, muallif fakt yoki tushuntirishlarning qisqacha xulosasini taqdim etishi, o‘z dalillariga o‘quvchini ishontirishga harakat qilishi yoki turli nuqtayi nazarlarni keltirishi mumkin.
Yosh o‘quvchilar ilmiy, tarixiy, geografik yoki ijtimoiy, shu jumladan, bir qator ma’lumotlarni qamrab olgan, turli shakldagi axborot matnlarini o‘qishlari mumkin.
Tushunish jarayonlari.
PIRLS, odatda, 4-sinf o‘quvchilarining keng qamrovli to‘rtta tushunish jarayonini baholaydi. Bular: diqqatni jamlash va aniq ma’lumotni topish, to‘g‘ridan to‘g‘ri xulosalar chiqarish, g‘oyalar va axborotni talqin qilish, uyg‘unlashtirish, kontekst va matn elementlarini baholash hamda tanqid qilish jarayonlaridir.
PIRLS va ePIRLSda har bir matn parchasi (yoki parchalari) yoki matn yuzasidan beriladigan savollar to‘rtta tushunish jarayonini baholash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
O‘quvchilar matndan ma’no hosil qilar ekan, ular aniq tushuntirilmagan g‘oyalar yoki ma’lumotlarga nisbatan tushuntirishlar beradi. Xulosalash o‘quvchilarga matndan tashqariga chiqishga imkon beradi. Ko‘pgina hollarda muallif matnni o‘quvchining aniq yoki bevosita xulosa chiqarishi uchun yaratadi.
O‘quvchilar oddiy xulosalar bilan bir qatorda, matndagi g‘oyalar va axborotlarni talqin qilishda va uyg‘unlashtirishda konkret yoki umumiy ma’nolarga e’tibor berishlari yoki tafsilotlarni umumiy mavzular va g‘oyalar bilan bog‘lashlari mumkin. To‘liq javob berish uchun o‘quvchidan barcha matnni yoki hech bo‘lmaganda uning muhim qismlarini, shuningdek, matndan tashqaridagi fikrlarni yoki axborotni tushunish talab qilinadi.
|
| |