Geografik determinizm va possibilizm




Download 16.97 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi16.97 Kb.
#74556
Bog'liq
Документ Microsoft Word (2)
1023 4-mavzu ped mahorat, 11.Mustaqil ish, Огоҳлантириш хати Қалайчорбоғ мфй, Dilnoza opa ona tili praktikumi mustaqil ish, Innovatsion iqtisodiyot-www.hozir.org, 01, 111-23 Narzullayev Ulug’bek, 9-mavzu (1)

Geografik determinizm va possibilizm.
Amaliy mashg’ulotning maqsadi: Fridrix Rattsel va determinizm nazariyasi. Vidal de la Blash va possibilizm kontseptsiyasi. Deterministlar va possibilistlar o’rtasidagi bahslar. Nikolay Nikolaevich Baranskiyning inson va tabiat o’rtasidagi munosabat borasidagi qarashlari. XX asrda ijtimoiy geografiyaning asta-sekin alohida ilmiy yo’nalishga aylanib borishi. Ijtimoiy geografiyada milliy maktablarning shakllanishi. XX asrning birinchi yarmida mintaqaviy tadqiqotlarning ustuvorligi. Mamlakatlarning iqtisodiy geografik tavsifi. Inson geografiyasida (ijtimoiy geografiyada) landshaft tushunchalarini o’rganishdan iborat.
Bajariladigan topshiriqlar
1.Geografik determinizmning mazmun moxiyati to’g’risidagi ma’lumotlarni adabiyotlar asosida o’rganish va yozma matn tayyorlash.
2.Geografik possibilizm to’g’risidagi ma’lumotlarini adabiyotlar asosida o’rganish va yozma matn tayyorlash.
3. Geografik envayronmentalizm mazmun moxiyati to’g’risidagi ma’lumotlarini adabiyotlar asosida o’rganish va yozma matn tayyorlash.
4. Fridrix Rattsel va determinizm nazariyasi to’g’risidagi ma’lumotlarini adabiyotlar asosida o’rganish va yozma matn tayyorlash.
Deterministik nazariya: Insonning tashqi ko’rinishi va tuzilishi, xulq-atvori hamda xususiyatlari tabiiy sharoit va atrof-muhitning ta’siri natijasida shakllanadi va hokazo. Insoniyat ijtimoiy hayotida genetik, sotsiologik va psixologik omillar muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq uning taraqqiyoti va yashash tarzi bevosita tabiat kuchlari va tabiiy sharoitning holatiga ham bog’liq bo’lib, ushbu holat geografik determinizmsifatida e’tirof etiladi. Geografik determinizm (lot. “ta’sirni aniqlayman”) orqali tabiiy sharoitning ahamiyati yuqori baholanib, tabiat komponentlarining ta’siri tahlil qilinadi. Hozirgi davrda kishilarning yurish-turishi, faoliyati va xulq-atvori globallashuv bilan mos ravishda ijtimoiy jarayonlar bilan ifodalanayotgan bo’lsa-da, tabiiy muhit ham kishilar xulq-atvorining shakllanishida o’ziga xos o’ringa ega. Jamiyatning rivojlanishi, urushlar va inqiloblarning sabablari, odamlarning urf-odatlari, dunyoqarashi o’zining tabiiy kelib chiqish sabablariga ega va, asosan, geografik muhit ta’sirida tarkib topadi. Xususan, hudud tabiatning xususiyatlari kishilarning fikrlashi va faoliyatiga ta’sirini ko’rsatadi. Masalan, professor A.S.Solievning [8] ta’kidlaganidek, M.Sholoxovni mashxur qilgan tinchoqar Don daryosi bo’lsa, Ch.Aytmatov faoliyatida Qirg’iziston tabiati, R.Hamzatov ijodida Dog’iston tog’lari asosiy ilhom manbaasi deyish mumkin.
Shu bilan birgalikda, tabiiy sharoiti va xususiyatlari deyarli bir xil hududlarning imkoniyatlari ham bir-biriga yaqin bo’ladi. Jumladan, ma’muriy chegaralar sun’iy bo’lib, ular, aynan, ijtimoiy-iqtisodiy voqea-hodisalarning areallariga mos kelavermaydi. A.S.Soliev [8] O’zbekistonning ma’muriy-hududiy tuzilmasida juda ko’p qo’shni tumanlarning bir-biriga o’xshab ketishini yoki biri ikkinchisining yer usti tuzilishi, tabiiy va iqtisodiy landshafti bo’yicha davomiyligiga e’tibor bergan. Masalan, Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod va Surxondaryoning Boysun, Namanganning Norin va Andijonning Baliqchi, Xorazmning Gurlan va Qoraqalpog’istonning Amudaryo, Samarqandning Paxtachi va Navoiyning Xatirchi, Sirdaryoning Sirdaryo va Toshkentning Chinoz tumanlari va shunga o’xshash qo’shni ma’muriy hududlar umumgeografik vaziyatida (tabiiy va iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasida) keskin farqlar yo’qligi ko’zga tashlanadi [8]. Shuningdek, tabiiy muhit bilan inson aloqadorligi haqidagi nazariyalar qatoriga geografik possibilizm va geografik envayronmentalizm kiradi. Ularning birinchisi, inson faoliyatini tabiiy sharoitdan tashqari tarixiy va ijtimoiy jarayonlar bilan bog’lasa, ikkinchisi, inson tuzilishi hamda fe’l-atvorini atrof- muhitning holati va tozaligi bilan bog’lab, ekologik jihatdan yondashadi. Lekin mazkur konseptsiyalarning negizi ham tabiiy sharoit asosida tarkib topadi.
Jumladan, geografik possibilizm (ing. “imkoniyat”) konseptsiyada, yuqorida keltirilganidek, tarixiy omillarni ham e’tiborga olinadi. Chunonchi, Buyuk Britaniyaning qudratli mamlakatga aylanishiga uning ko’plab hududlarni mustamlaka sifatida bosib olib, u yerlardagi resurslardan o’z xo’jaligida foydalanish hisobiga ishlab chiqarishni yanada taraqqiy ettirgan bo’lsa-da, biroq mustamlakachi darajasiga yetishi uchun mamlakat rivojlanishida qulay geografik o’rni asosiy ahamiyat kasb etgan. Bunday yondashuvni AQShga nisbatan ham qo’llash mumkin, ya’ni uning “intellektual qutb” sifatida shakllanishiga, tarixiy jihatdan qaraganda, Yevropa va boshqa mintaqalardan kelgan malakali kadrlarning kontsentratsiyalashuvi katta ta’sir ko’rsatgan, deyish mumkin (shu jihatdan, yevropaliklarni o’ziga tortgan jihat qulay makon bo’lgan bo’lsa, keyingi rivojlanish tabiiy resurs va qulay geografik o’rin bilan tavsiflanadi va h.k.). Bu jarayonlarning evolyutsiyasi davomida esa aholining ruhiy barqarorligi oshib, millat ruhi yuqori darajalarga ko’tarilgan. Jumladan, hozirgi davrda AQSh aholisi tarkibida “men oddiy odamman”, “men o’rtacha darajadagi insonman” deydiganlarni uchratish amrimahol. Chunki davlatda har bir insonga “o’zgacha olam” sifatida qaralib, individual iste’dodni shakllantirishga alohida e’tibor beriladi. Geografik envayronmentalizm (ing. “atrof-muhit”) bo’yicha yashash muhitining tozaligi va ekologik barqarorlik inson xulqiga bevosita ta’sir etadi, deyish mumkin. Xususan, bu borada Jan Baptiste Dubotning: “Ifloslangan havo tarkibidagi zararli moddalar qonga qo’shilishi natijasida organlar funktsiyasida o’zgarish ro’y beradi va bu kishilarning hatti-harakatlariga ham o’z ta’sirini ko’rsatadi, agar qon aylanishi buzilsa, fikrlash pasayib, loqaydlik ortadi”, degan fikrini keltirib o’tish joiz bo’ladi hamda ushbu nazariya, ma’lum ma’noda, o’z ilmiy-amaliy ahamiyatiga ega hisoblanadi [3]. Aytish mumkinki, ekologik nosog’lom hududda istiqomat qilayotgan insonlarda jizzakilik va agressiv jarayonlarga beriluvchanlik holati ortib boradi. Ming yillar davomida kishilik jamiyati taraqqiyotiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar ko’pchilikni qiziqtirib kelgan. Asosan, sotsiopsixologik talqinga ega yo’nalish tarafdorlari ijtimoiy va psixologik ta’sirga asosiy e’tibor qaratishsa, tabiatshunoslik bilan aloqador fan namoyondalari tabiiy muhitning rolini yuqori baholaydilar.
XIX asrning oxirlarida Germaniyada F.Rattsel tomonidan antropogeografiyaga asos solindi. Olim g’oyasining negizida geografik determinizm, ya’ni inson, xalqlarning ruxi va jismiga tabiiy muxitning xal qiluvchi ta’sir etish g’oyasi yotgan edi. Mazkur g’oya asosida keyinchalik hulq-atvor geografiyasi shakllandi. F.Rattsel o’z qarashlarida muhitning ijtimoiy hayotimizga ta’sirini to’rt turga ajratadi va bunda tabiiy hamda psixologik ta’sirni alohida ta’kidlab o’tdi.
Geografik determinizm – (lotincha determine – aniqlayman) shunday ta‘limotki, unga ko`ra jamiyat rivojlanishining asosiy omili tabiiy geografik sharoit, ya‘ni rel`ef, iqlim, suv, tuproq, o`simlik va hayvonot olami deb baholanadi. Bu ta‘limot uzoq tarixga ega. Gerodot, Demokrit, Geppokrat, Platon va Aristotel kabi antik davr olimlari urf-odat, an‘ana va qadriyatlar, hattoki, boshqarish usulini ham shu nuqtayi nazardan tahlil qilganlar. Keyinroq bu ta‘limotni Farobiy, Beruniy, Ibn Xaldun va Jan Boden kabi olimlar ham ilgari surganlar.
Farobiy ta‘limotiga ko`ra, insoniyat jamiyati turli xalqlardan tashkil topgan bo`lib, ular bir biridan tili, urf-odati, malakasi, xususiyatlari bilan farq qiladilar. Ularning muhim xususiyatlari suv, havo, o`simlik, hayvonot olami kabi tabiiy geografik komponentlarining o`ziga xosligi bilan belgilanadi. Beruniy esa, o`zining ―Hindiston‖ asarida Odamlar tuzilishlarining rang, surat, tabiat va axloqda turlicha bo`lishi faqatgina nasablarning turlichaligida emas, balki tuproq, suv, havo va yerlar joyining geografik o`rnining turlichaligidan hamdir‖, deb yozadi. 1700-yillarga kelib, geografik determenizm ta‘limoti fransuz faylasufi Sharl Monteskye tomonidan nazariy jihatdan asoslangan. U o`z ta‘limotini asoslashda asosan iqlimga tayanadi. Uning fikriga ko`ra, ―iqlim saltanati boshqa barcha saltanatlarga nisbatan kuchliroqdir‖, ―issiq iqlim xalqlari qariyalar kabi qo`rqoq, sovuq iqlim xalqlari esa yosh yigitlardek jasur bo`ladi‖.Janubiy xalqlar tabiatan dangasa, ochiqko`ngil va ergashuvchan bo`ladi deydi. Shimolliklar esa tabiatan boshqaruvchan, qattiqqo`l va talabchan bo`ladi deb fikr yuritadi.Geografik determenizm ta‘limoti keyinroq, ya‘ni XIX-XX asrlarda nemis geograf olimi F. Ratsel, Unga ko‘ra inson, ruxi va jismiga tabiiy muxitning xal qiluvchi ta‘sir etish g‘oyasi aks etgan edi.
Ingliz olimi T. Bokl, fransuz olimi E. Rellyu, rus olimi L. M. Mechnikov tomonidan yanada rivojlantirilib, ilmiy va nazariy jihatdan ochib berildi. L. M. Mechnikov inson sivilizatsiyasi paydo bo`lish sabablarini tadqiq qilib, geografik muhitga asosiy diqqatini qaratadi. Chunki u xalqlarning rivojlanishida va genezesida muhim o`ringa ega deb o`ylaydi.
Issiq iqlim mintaqasi haqida L. M. Mechnikov ― Bu yer organikning barcha shakllari mavjud bo`lib, hayot boyligi aholining aqliy qobiliyatini rivojlantirishga ziyon keltiradi, issiq iqlim mintaqalarida yashovchilar hamma narsaga oson erishadi shu sababli dunyoni o`rganishdan yiroqroq bo`ladilar‖, deb yozadi. Rus olimi fikriga ko‘ra, tayyor resurslar mavjud boy tropik iqlimda jiddiy mehnat sivilizasiyasi paydo bo‘lishi va rivojlanishiga zaruriyat shart emas. Bunday omillar faqat o‘rtacha iqlim sharoitlarda mavjud, chunki u yerda tabiat hech narsani insonlarga tayyor shaklda bermaydi. Shuning uchun sivilizatsiyalar o`rtacha iqlimda paydo bo`ladi.

Keyingi paytlarda olib borilgan lmiy izlanishlarda geografik determinism tushunchasi ko`pchilik tadqiqotchilar sotsial va falsafiy tushuncha deb qaramoqda. Bizningcha esa, geografik determinism aslida geografiya fanining tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy geografiya fanlari tizimini mustahkam bog`lovchi alohida mustaqil yo`nalishdir, bu sohadagi ilmiy izlanishlarni rivojlantirish va geografik determinizmni ilmiy asoslab berish geograflar oldida turgan muhim vazifalardan biri, desak xato bo`lmaydi. Sababi, yuqoridagi olimlar ta‘limotida ilmiy asos bor. Chunki insoniyat jamiyati rivojlanishida tabiiy geografik sharoit xoxlaymizmi xohlamaymizmi, o`z o`rni va ahamiyatiga, ta‘sir kuchiga ega.


Haqiqatan ham suv, unumdor tuproq, musaffo havo, tekis hudud va serquyoshlilik yoki buning aksi insonlar xarakteri (intiluvchanligi, mas‘uliyatliligi, izlanuvchanligi, mehnatkashligi)ga ta‘sir o`tkazishi ayni haqiqat. Hamma narsa bor joyda insonlar dangasa, bugungi ishni ertaga qoldiradigan, ergashuvchan bo`lishi bilan birga, aniq bir maqsad sari intilmaydi.
Download 16.97 Kb.




Download 16.97 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Geografik determinizm va possibilizm

Download 16.97 Kb.