|
Matnni baholash va tanqidiy tahlil qilish quyidagilarni o‘z ichiga oladi
|
bet | 3/4 | Sana | 02.12.2023 | Hajmi | 31,15 Kb. | | #110021 |
Bog'liq (PIRLS) - boshlangʼich 4-sinf oʼquvchilarining matnni oʼqish va tushunish darajasini baholash uchun tadqiqot boʼyicha texnologik misollarMatnni baholash va tanqidiy tahlil qilish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- Matnda berilgan ma’lumotning aniq va to‘liqligini baholash;
– Tasvirlangan voqeani haqiqatan sodir etilishi ehtimolini baholash;
– Insonlarning o‘ylari va bajaradigan ishlarini o‘zgartirishda muallifning fikrlari qanchalik aniqligini baholash;
– Matn sarlavhasi asosiy mazmunni qanchalik yoritib berishini baholash;
– Metafora yoki nutq ohangi kabi til xususiyatlari ta’sirini tasvirlash;
– Muallifning asosiy mavzuga oid qarashlarini aniqlash.
Matn va mazmunga oid birliklarni baholash va tanqidiy tahlil qilish
Matn mazmuni o‘quvchining shaxsiy fikridan kelib chiqib, xolislik bilan baholanishi va tanqid qilinishi mumkin. Bu jarayon o‘quvchidan xolis baho berish, rad etish, ma’qullash, matn mazmuniga nisbatan betaraflikni bildirish kabilarni talab qiladi. Masalan, o‘quvchi matnda keltirilgan fikrlarni tasdiqlashi, e’tiroz bildirishi yoki boshqa manbalardan olingan ma’lumotlar bilan matnda berilgan g‘oyalarni taqqoslashi mumkin.
PIRLS tadqiqotida ishlatiladigan matnlarning xususiyatlari. Matnlar PIRLS dasturida murakkabligiga qarab, o‘rtacha 500 dan 800 tagacha, o‘quvchilarining o‘qish savodxonligi darajasi past bo‘lgan mamlakatlar uchun 400–500 ta, ePIRLSda esa, taxminan, 1000 ta so‘zdan iborat bo‘ladi. PIRLS matnlari uchun aniqlik va izchillik muhim mezon hisoblanadi.
PIRLS tadqiqotida tushunib o‘qishni baholashga yo‘naltirilgan topshiriqlar
PIRLS tadqiqotida tushunib o‘qishni baholashga yo‘naltirilgan topshiriqlar quyidagi foizlarda taqsimlanadi:
– Aniq ko‘rinishda berilgan ma’lumotni topish 20%;
– To‘g‘ridan to‘g‘ri xulosalar chiqarish 30%;
– G‘oyalar va axborotni umumlashtirish, talqin qilish va uyg‘unlashtirish 30%;
– Kontent va matn elementlarini baholash va tanqid qilish 20%.
PIRLS tadqiqotida ishlatiladigan matnlar uchun quyidagi mezonlar belgilangan.
Uzunligi: 1000 ta so‘zgacha.
Mavzu: Badiiy matnlar asosiy mavzuga ega bo‘lib, u berilgan matndan tashqari o‘quvchi tomonidan umumlashtiriladi. Axborot matnlari o‘quv materiallardan olinmagan mavzuni yoritib berishi kerak.
Til: 40 dan ortiq tillarga tarjima qilinadi, shuning uchun tarjima qulay bo‘lishi muhimdir. Metafora yoki epitet kabi aniq ifodali tasvirlash so‘zlari tanlanadi. Hech qanday so‘zlashuvga oid so‘z yoki jargon ishlatilmaydi hamda ortiqcha texnik ifodalar olib tashlanadi.
Mazmuni: matnning mazmuni 9–10 yoshdagi o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos kelishi, ayrim madaniyatlarga juda xos bo‘lgan mavzulardan chetlanishi, shuningdek, matn shu yoshdagi maktab o‘quvchilari uchun qiziqarli va zavqli bo‘lishi hamda o‘quvchi uchun unchalik tanish bo‘lmasligi lozim.
|
| |