1. Ekologik muammolarning tarkibi. Global ekologik muammolar va ularning oqibatlari. Mintaqaviy va mahalliy ekologik muammolar




Download 86 Kb.
Sana17.02.2024
Hajmi86 Kb.
#158222
Bog'liq
1. Ekologik muammolarning tarkibi. Global ekologik muammolar va
Raxmanova U, Сув тозалаш УМК (1), сейтмуратов байрамбай 2021 10 22 tayını, ELEKTROTENIKA HAM ELEKTRONIKA, kimyo, 1666731973, slaid jumis, Ayjamal kurs jumisi {}, Rengen[1], 1-Lekciya, A\'jinyaz Qosibay uli, O\'zbek tilining sohada qo\'llanishi.ppt, Gidroturbinalar, SARVINOZ ТАДБИРКОРЛИК ФАОЛИЯТИНИНГ МУЛКИЙ АСОСЛАРИ, Berdiyeva Durdona. Fitopreparat test

Mavzu: Ekologik muammolar. O’zbekistonning ekologik muammolari
Reja:
1 .Ekologik muammolarning tarkibi.
2.Global ekologik muammolar va ularning oqibatlari.
3 .Mintaqaviy va mahalliy ekologik muammolar.
Hozirgi vaqtda inson faoliyati ta'sirida biosferaning o’zgarishi juda tezlik bilan borayapti. Inson Yer kurrasining qiyofasini o'zgartirishda katta geologik kuch sifatida vujudga kelganini V.I.Vernadskiy tomonidan ta’kidlab o'tilgan edi. Insonning tabiiy jarayonlardan noto'g'ri foydalanishi natijasida XX asrning o'rtalarida ekologik muammolar juda avj olib ketdi. Ekologik muammo deganda insonning tabiatga ko'rsatayotgan ta'siri bilan bogliq holda tabiatning insonga aks ta'siri, ya'ni uning iqtisodiyotida, hayotda xo'jalik ahamiyatiga molik bo'lgan jarayonlar, tabiiy hodisalar bilan bog'liq bo'lgan har qanday hodisa tushuniladi. (iqlim o'zgarishi, hayvonlarning yalpi ko'chib ketishi) tabiatdagi muvozanatning buzilishi oqibatida turli miqyosdagi ekologik muammolar shakllanmoqda. Ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin.
1 Global (umumbashariy).
2 Regional (mintaqaviy).
3 Lokal (mahalliy).
Global ekologik muammolar dunyo bo'yicha kuzatiladigan tabiiy, tabiiy antropogen va sof antropogen ta'sirlar natijasida yuzaga kelib umumbashariyatga tegishlidir.
Ana shunday ekologik muammolarning ba'zilari bilan tanishamiz: Atmosferaning dimiqish xodisasi. Keyingi yillarda atmosfera tarkibidagi S02 miqdori ortib borayotganligi ma'lum bo'lib qoldi. Natijada Yer yuzasining harorati oxirgi 100 yil ichida 0,5-1,0 gradus ortdi. Iqlimning keng ko'lamda o'zgarishi atmosferaning sanoat chiqindilari va avtotrasnportlardan chiqayotgan gazlar bilan bog’liq. Yer yuzasining global isishi, ya'ni atmosferaning dimiqishi S02 ning havo tarkibida ortib ketishi, o'rmonlarning kesilishi, toshko'mir va benzin kabi yoqilg’ilarning yonishidan atmosferada to'planadigan S02 gazi tufaylidir. Ana shu zaylda ahvol o'zgarmasa XXI asrning o'rtalarida yer yuzasining harorati 1,5-4,5 gradusgacha ortishi mumkin. Natijada:
1. Iqlimning o'zgarishi ayniqsa, cho'llanish jarayonining kuchayishi. Yogingarchilikning o'zgarishi. Dengiz va okeanlar satxining ortishi Muzliklarning erishi va kamayishi hamda boshqa hodisalar kuzatiladi.
Respublikaning 447,4 ming kvadrat kilometrdan ortiq bo`lgan umumiy maydonining atigi 10 foizinigina ekin maydonlari tashkil etadi. Ayni chog`da O`zbekiston egallab turgan maydonning ancha qismini Qoraqum, Qizilqum, Ustyurt kabi cho`l va yarim cho`l yerlar tashkil etadi. Ayniqsa, qishloq xo`jalik maqsadlarida foydalanilayotgan yer maydonlariga to`g`ri keladigan demografik yuk hozirning o`zidayoq o`ta salmoqli. Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida O`zbekistonda aholining zishligi ayniqsa yuqori bo`lib, 1 kvadrat kilometrga 51,4 kishi to`g`ri keladi, xolbuki, bu raqam Qozog`istonda – 6,1, Qirg`izistonda – 22,7, Turkmanistonda – 9,4 ni tashkil etadi. Respublikamizda har ,bir odamga 0,17 gektar ekin maydoni to`g`ri kelsa, Qozog`istonda – 0,26, Ukrainada – 0,59, Rossiyada – 0,67 gektar ekin maydoni to`g`ri keladi. Barcha aholining yarmidan ko`prog`i qishloq joylarda yashayotganligini hisobga olsak, dadil aytish mumkinki, bizninh qishloqlarimizda insoniy zahiralarning nisbit ortiqligi emas, balki mutloq ortiqligi yaqqol ko`zga tashlanadi.
Bizda aholining o`sishi nisbatan yuqori bo`lib, urbanizatsiya va hosildor yerlarni shaharlarni rivojlantirishga , uy – joy qurilishiga, yangi korxonalar, muhandislik hamda transport kommunikatsiyalari tarmog`ini barpo etishga ajratib berish jarayonlari jadal bormoqda. Shuni hisobga olsak, yaqim yillar ichida, hatto XXI asr arafasidayoq yer zahiralari bilan ta`minlanish muammosi yanada keskinlashishi mumkin.
Ilgari nurashga qarshi chora – tadbirlar yaxshi olib borilmaganligi tufayli shamol va suv ta`sirida yemirilish tuproqning unumdorligiga salbiy ta`sir ko`rsatmoqda. Bu chora – tadbirlar juda past sur`atlarda va sifatsiz olib borilgan. Hatto, 80-yillarning oxirida amalda butunlay to`xtatib qo`yilgan edi. Respublikada 2 million gektardan ortiq yer maydoni yoki barcha sug`oriladigan qariyb yarmi buzilish xavfi ostida qolgan.
Yerlarning nihoyat darajada sho`rlanganligi O`zbekiston uchun ulkan ekologik muammodir. Yerlarni ommaviy suratda o`zlashtirish, hatto sho`rlangan va melioratsiyaga yaroqsiz yirik-yirik, yaxlit maydonlarni ishga solish ana shunga olib keldi. Songgi 50-yil mobaynida sug`oriladigan yer maydoni 2,46 million gektardan 4,28 million gektarga yetdi. Faqat 1975-1985 yillar mobaynida 1 million gektarga yaqin yer maydonlari o`zlashtirildi. 1990-yilga kelib sug`oriladigan yer maydoni 1985 yildagiga qaraganda 1,5 barobar ko`paydi.
Ekin maydonlari tarkibida vaqtlarga (1990-yilga) qadar paxta deyarli 75 foiz maydonni egallagan edi. Dunyoning birorta ham mamlakatida pazta monopoliyasi bu qadar yuqori darajaga ko`tarilmagandi. Bu hol yerning kuchsizlanishiga, tuproq unumdorligi pasayishiga, uning suv –fizikaviy xossalari yomonlashuviga, tuproqning buzilishi va nurashi jarayonlari ortishiga olib keldi.
O`zbekistonda noorganik meniral o`g`itlar, girbisidlarning qo`llanishi eng yuqori normalardan ham o`z barobar ortiq edi. Ular tuproqni, daryo, ko`l, yer osti va ichimlik suvlarini ifloslantirdi. Bundan tashqari, yangi yerlardan foydalanishda zarur texnologiyalarga rioya qilinmadi. Hamma joyda paxta nazoratsiz sug`orildi. Tuproqning nami ko`payib ketdi. Bu esa uning qayta sho`rlanishiga olib keldi.
Tuproqning har xil sanoat chiqindilari va maishiy chiqindilar bilan shiddatli tarzda ifloslanishi real tahdid tug`dirmoqda. Turli kimyoviy vositalar, zararli moddalar va mineral o`g`itlarni, sanoat va qurilishmateriallarini saqlash, tashish va ulardan foydalanish qoidalarining qo`pol ravishda buzilishi yerning ifloslanishiga olib kelmoqda. Undan samarali foydalanish imkoniyatlarini cheklamoqda.
Foydali qazilmalarni jadal qazib olish, ko`pincha ularni qayta ishlshning texnologik sxemalari nomukammalligi ko`p miqdorda ag`darmalar, kul, shlak va boshqa moddalar to`planib qolishiga olib kelmoqda. Bular dehqonchilik uchunyaroqli bo`lgan yerlarni egallabgina qolmay, balki tuproqni, yer usti va yer osti suvlarini, atmosfera havosini ifloslantirish manbalariga ham aylanmoqda. Respublikada zaharli chiqindilardan foydalanish sanoati esa hozircha yaratilgan emas.
O`zbekiston hududida qattiq maishiy chiqindilar tashlanadigan 230 dan ortiq shahar va qishloq ahlatxonalari mavjud. Ularda tahminan 30 millionlab kub metr axlat to`planadi. Ular asosan stixiyali ravishda, jug`rofiy, geologic – gidrogeologik va boshqa shart – sharoitlarni kopleks o`zgarmay turib tashkil etilgan . ularda qattiq maishiy chiqindilarni zararsizlantirish va ko`mib tashlash ibtidoiy usullar bilan amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, respublikaning yirik shaharlarida maishiy chiqindilarni ishlatish va zararsizlantirish sohasida murakkab vaziyat vujudga kelgan. Respublikada hali hanuz maishiy chiqindilarni sanoat usulida qayta ishlash masalasi hal qilinmagan. Yagona Toshkent maishiy chiqindilar tajriba zavodi 1991 yildagina ishlay boshladi.
Riaktiv ifloslanish, ayniqsa, katta xavf tug`dirmoqda. Moylisuv (Qirg`iziston) daryosining qirg`oqlari yoqasida 1944 yildan to 1964 yilgacha uran rudasini qayta ishlash chiqindilari ko`milgan. Hozirgi vaqtda qoldiqlar saqlanadigan 23 ta joy mavjud. Bu yerlarda selni to`sadigan to`g`onlarni mahkamlash hamda ko`chki havfi bo`lgan joylardagi qiyaliklarning mustahkamligini ta`minlash lozim.
Navoiy viloyatidagi qoldiqlar saqlanadigan joy ham ekologik jihatdan xavfli ifloslantirish o`chog`i hisoblanadi. Bu yerdagi radiaktiv qumni shamol uchirishi xavfi bor.
Shu sababli O`zbekistonda tabiatni muhofaza qilishdagi g`oyat muhim vazifa yerlarning holatini yaxshilashdan, tuproqning ifloslanishini kamaytirish bo`yicha chora – tadbirlar majmuini amalga oshirishdan iborat. Bu o`rinda gap eng avvalo tabiiy zahiralardan foydalanishni tubdan yaxshilash haqida bormoqda.
Ikkinchidan, O`zbekistonning ekologik xavfsizligi nuqtai nazaridan qaraganda, suv zahiralarining, shu jumladan yer usti va yer osti suvlarining keskin taqchilligi hamda ifloslanganligi katta tashvish tug`dirmoqda. Respublikaning daryolari, kanallari, suv omborlari va hatto yer osti suvlari har taraflama inson faoliyati ta`siriga uchramoqda.
Sug`oriladigan hududlarda suv atbiatining bebago in`omidir. Butun hayot suv bilan bog`liq. Zotan, suv tamom bo`lgan joyda hayot ham tugaydi. Shunday bo`lsa-da, Markaziy Osiyoda suv zahiralari juda cheklangan. Yiliga 78 kub kilometr suv keltiradigan Amudaryo va 36 kub kilometr suv keltiradigan Sirdayyo asosiy suv manbalaridir.
Hozirgi vaqtda xalq xo`jaligida Orol dengizi havzasining barcha zahiralaridan to`la to`kis foydalanilmoqda.
Daryolar oqimi asosan Qirg`iziston va Tojikiston tog`laridan boshlanadi. Suv zahiralarining ko`pchilik qismidan Markaziy Osiyodagi barcha respublikalarning yerlarini sug`orish uchun foydalaniladi. Shu munosabat bilan mintaqadagi barcha davlatlarning manfaatlari yo`lida hamda ekologiya talablarini, daryolar del`talarida va Orol dengizida aqbul hayoiy shart sharoitlarni yaratish maqsadida bu yerlarga suvning o`tishini ta`minlash zarur.shu bilan birga Orol dengizi havzasining cheklangan suv zahiralarini birgalashib, kelishgan holda boshqarish muammosini amaliy hal qilish talab etilmoqda.
Mintaqaning yana bir muammosi suvni muhofaza qilish va tejash tadbirlari majmuini amalga oshirish zaruruiyati bilan bog`liqdir. Bu tadirlar suvning isrof bo`lishini eng kam darajaga keltirish maqsadida sug`orish tarmog`ining rejimi va o`lchamlarini sug`orish texnikasi bilan mustahkam bog`lashni o`z ichiga oladi.
Endilikda kollekter – zovur suvlarini tashlab yuorishni tartibga solish, oqova suvlarni daryo va suv omborlariga oqizishni batamom to`xtatish zarur.
Su zahiralarining sifati eng muhim muammolardan biridir. 60-yillardan boshlab Markaziy Osiyoda yangi yerlar keng ko`lamda o`zlashtirildi. Sanoat, chorvachilik komplekslari ekstensiv rivojlantirildi. Urbanizatsiya kuchaydi. Kollektr – zovur tizimlari qurildi hamda daryo suvlari sug`orish uchun muttasil yuqori hajmlarda olindi. Shu bois havzalardagi suvning sifati yomonlasha boshladi.
Daryo suvlarining ifloslanishi ekologiya – gigiyena va sanitariya – epidemiologiya vaziyatini, ayniqsa, daryolarning quyi oqimlarida yomonlashtirmoqda. Ikkinchi tomondan, daryo suvlari tarkibida tuzlarning mavjudligi Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon va boshqa daryolarning del`talarida tuproqning sho`rlanishini kuchaytirmoqda. Bu esa qo`shimcha melioratsiya ishlarini amalgam oshirish, zovur tizimlarini barpo etish va tuproq sho`rini yuvishda yaqqol sezilmoqda.
O`zbekiston va qo`shni mintaqalar sharoitida aholini sifatli ichimlik sunvi bilan ta`minlash alohida ahamiyat kasb etmoqda. Aholi punktlarini odatdagi vodoprovod suvi bilan ta`minlash ko`rsatkichi respublikada faqat keyingi besh yillikning o`zida tahminan 1,5 barobar ortdi. Shunga qaramay, ushbu muammo dolzarbligicha qolmoqda. Ichimlik suvi ta`minoti manbalarining ifloslanishi respublikada, ayniqsa, orol bo`yida kasallikka chalinishning yuqori darajasiga sabab bo`ldi.
Uchinchidan, Orol dengizining qurib borish havfi g`oyat keskin muammo, aytish mumkinki, milliy kulfat bo`lib qoldi. Orol dengizi muammosi uzoq o`tmishga borib taqaladi. Lekin bu muammo so`nggi o`n yillik mobaynida xavfli darajada ortdi. Markaziy Osiyoning butun hududi bo`ylab sug`orish tizimlarini jadal sur`atda qurish ko`plab aholi punktlariga va sanoat korxonaliga suv berish barobarida keng ko`lamdagi fojea – Orol halok bo`lishining sababiga ham aylandi. Yaqin – yaqinlargacha cho`lu sahrolardan tortib olingan va sug`orilgan yangi yerlar haqida dabdaba bilan so`zlanardi. Ayni chog`da ana shu suv Oroldan tortib olinganligi, uni “jonsizlantirib qo`yganligini” hayolga keltirmasdi. Endilikda Orolbo`yi ekologik kulfat hududiga aylandi.
Orol tangligi in,soniyat tarixidagi eng yirik ekologik va gumanitar fojealardan biridir. Dengiz havzasida yashaydigan qariyb 35 million kishi uning ta`sirida qoldi.
Biz 20-25 yil mobaynida jahondagi eng yirik yopiq suv havzalaridan birining yo`qolib borishiga guvoh bo`lmoqdamiz. Biroq bu avlodning ko`z o`ngida butun bir dengiz halok b`lgan hol hali ro`y bergan emas edi.
1911-1962 yillarda Orol dengizining sathi eng yuqori nuqtada bo`lib, 53,4 metrni, suv hajmi 1064 kub kilometrni, suvning yuzasi 66 ming kvadrat kilometrni va menirallashuv darajasi bir litr suvda 10-11 grammni tashkil etgan edi. Dengiz transport, baliq xo`jaligi, iqlim sharoiti jihatidan katta ahamiyatga ega bo`lgan. Unga Sirdaryo va Amudaryodan har yili deyarli 56 kub kilometr suv kelib qo`yilar edi.
1994 yilga kelib Orol dengizidagi suvning sathi 32,5 metrga, suv hajmi 400 kub kilometrdan kamroqqasuv yuzasidan maydoni esa 32,5 ming kvadrat kilometrga tushib qoldi, suv havzasining minerallashuvi ikki barobar ortdi.
Orolning sathi 20 metr pasayishi natijasida u endi yaxlit dengiz emas, balki ikkita qoldiq ko`lga aylanib qoldi. Uning sohillari 60-80 kilometrga chekindi. Amudaryo bilan Sirdaryoning del`talari jadal sur`atlar bilan buzilib bormoqda. Dengizning suv qochgan tubi 4 million gektardan ortiqroq maydonga ko`rinib qoldi. Natijada yana bitta “qo`l bola” qumli – sho`rxok sahroga ega bo`ldik. Shamol Orol dengizinibg qurib qolgan tubidan tuz va chang – to`zonni yuzlab kilometrga uchirib ketmoqda.
Orolning qurib qolgan tubidagi chang bo`ronlari 1975 yildayoq kosmik tadqiqotlar natijasida aniqlangan edi. 80-yillarning boshlaridan buyon bunday to`fonlar bir yilda 90 kun davomida kuzatilmoqda. Chang tuzon uzunligi 400 kilometr maydonga yetib bormoqda. Chang bo`ronlarining ta`sir doirasi esa 300 kilometrgacha yetmoqda. Mutaxassislar bergan ma`lumotlarga qaraganda, bu yerda har yili atmosferaga 25-75 million tonna chang ko`tariladi.
Orol dengizining qurib borishi va shu jarayon tufayli Orolbo`yi mintaqasining tabiiy muhitning buzilishi ekologik fojea sifatida baholanmoqda. Chang va tuz bo`ronlarining paydo bo`lishi, faqat Orol bo`yida emas, balki dengizdan ancha naridagi bepayon hududlarda yerlarning cho`lga aylanishi, iqlim va landshaftning o`zgarishi – bular ana shu fojea oqibatlarining to`liq bo`lmagan ro`yhatidir.
Orol fojeasini 70-yillarning boshlarida, juda kechi bilan 80-yillarning boshlarida, dengizning sathi unchalik pasaymagan bir paytda idora qilish mumkin edi. Hozirgi vaqtda uni boshqarish juda murakkab bo`lib qoldi. Keyinchalik esa bu jarayon yana ham mushkullashadi yoki umuman boshqarib bo`lmaydigan holga keladi.
Orol bo`yida dengizning qurib borishi munosabati bilan xalqaro, keng ko`lamli ahamiyatga bog`liq bo`lgan ekologik, ijtimoiy – iqtisodiy va demografik muammolarning murakkab majmui vujudga keldi.
Orol dengizining qurib borishi va mintaqaning cho`lga aylanishi bilan bog`liq ekologik fojea bu havzada yashayotgan barcha xalqlarning dardu alamidir.
Suv zahiralari bilan bog`liq bo`lgan muammolar majmuasi keng ko`lamli va murakkab ko`p tarmoqli yondashuvni, mintaqadagi davlatlar bilan xalqaro hamjamiyat o`rtasida hamkorlikni rivojlantirishni talab qiladi.
Orol muammosining butun keskinligini, uni saqlab qolish yuzasidan kechiktirib bo`lmaydigan chora – tadbirlar ko`rish zarurligini tushungan holda, Markaziy Osiyo respublikalarining hukumatlari, mutahassislari va mintaqaning ilmiy jamoatchiligi, xalqaro tashkilotlari 1995 yil 20 sentabrda Nukus shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va xalqaro tashkilotlarning Orol dengizi havzasini barqaror rivojlantirish muammolari bo`yicha Dekloratsiyasini qabul qildilar. Deklaratsiya barqaror rivojlanish qoidalariga qat`iy amal qilishni nazarda tutadi va e`tiborni quyidagi g`oyat muhim muammolarni hal qilishga qaratadi:

  • Qishloq va o`rmon xo`jaligining yanada muvozanatli va ilmiy asoslangan qizimga o`tish;

  • Suv zahiralaridan foydalanishning tejamli usullarini ishlab chiqish, sug`orishda va atrof muhitni muhofaza qilishda takomillashgan texnologiyalarni qo`llash vositasida irrigatsiyaning samaradorligini oshirish;

  • Mintaqaning tabiiy zahiralarini kompleks boshqarish tizimini takomillashtirish.

Pirovard natijasida Orol dengizining barqaror rivojlanish, bu mintaqada yashayotgan odamlarning turmush darajasipasayib ketishiga yo`l qo`ymaslik, kelajakda yosh avlod uchun munosib turmushni ta`minlash tamoyillari asosida hal qilish bo`yicha turmushni ta`minlash tamoyillari asosida hal qilish bo`yicha uzoq muddatli strategiya va dasturni ishlab chiqish hamda ro`yobga chiqarish zarur.


To`rtinchidan, havo bo`shlig`ining ifloslanishi ham respublika ekologik xavfsizlikka solinayotgan tahdiddir.
Mutahassislarning ma`lumotlariga qaraganda, har yili respublikaning atmosfera havosiga 4 million tonnage yaqin zararli moddalar qo`shilmoqda. Shularning yarmi uglerod oksidiga to`g`ri keladi, 15 foizini uglevodorod chiqindilari, 14 foizini azot oksidi, 8 foizini qattiq moddalar tashkil etadi va 4 foizga yaqini o`ziga xos o`tkir zaharli moddalarga to`g`ri keladi.
Atmosferaga uglerod yig`indisining ko`payib borishi natijasida o`ziga xos keng ko`lamdagi issiqxona effekti vujudga keladi. Oqibatda Yer havosining o`rtacha harorati ortib ketadi.
Arid mintaqasida joylashgan O`zbekiston Respublikasida tez-tez chang bo`ronlarini qo`zg`atib turuvchi Qoraqum va Qizilqum sahrolaridek yirik tabiiy manbalar mavjud. So`nggi o`n yilliklar mobaynida Orol dengizining qurib borishi tufayli chang va tuz ko`chadigan yana bir tabiiy manba paydo bo`ldi.
80 yillarning boshlarida qo`shni Tojikistonda alyumin zavodi ishga tushirilishi munosabati bilan O`zbekistonning Surxondaryo viloyatiga qarashli ko`plab tumanlarida ekologik jihatdan tang ahvol vujudga keldi. Zavod atmosferaga ko`p miqdorda ftorli vodorod, uglerod oksidi, oltingugurt gazi, azot oksidlarini chiqarib tashlamoqda. Vodiyning yuqori qismida, Tojikistonning O`zbekiston bilan chegarasida joylashgan zavodning chiqindilari tog`dan vodiy tomonga esadigan shamol bilan undan uzoqlarga, asosan respublikaning chegaradosh tumanlari – Surxondaryo viloyatining Sariosiya, Uzun, Denov, Oltinsoy tumanlari hududiga tarqalmoqda.
Ekologiyaga solayotgan xavf O`zbekiston uchun, umuman butun Markaziy Osiyo mintaqasi uchun naqadar yuqori ekanligini hisobga olgan holda hukumat va davlat atrof-muhitni himoya qilsh, tabiiy zahiralardan oqilona foydalanish masalalariga juda katta e`tibor bermoqda. Atrof – muhitni muhofaza qilishni ta`minlashga qaratilgan qonun hujjatlari qabul qilindi. O`zbekiston Respublikasining tabiatni muhofaza qilish borasidagi milliy tadbirlari boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan keng va har tomonlama hamkorlik qilish ishi bilan qo`shib olib borilmoqda. Atrof – muhitni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanishning turli jihatlarini tartibga soluvchi ko`plab xilma-xil xalqaro shartnomalar va bitimlar tuzildi.
O`zbekiston MDH davlat boshliqlarining 1992 yil 8 fevralda imzolangan bitimiga muofiq tuzilgan MDH mamlakatlari davlatlararo ekologik kengashining to`la huquqli a`zosidir. MDH mamlakatlarining ana shu ekologik kengashi doirasidagi hamkorligi a`zo davlatlarning atrof muhitni muhofaza qilish sohasida kelishib olingan, muofiqlashtirilgan sa`y – harakatlar qilish maqsadini ko`zlaydi.
Hozirgi paytda respublikada istiqbolga, ya`ni atrof – muhitni muhofaza qilish va tabiiy zahiralardan oqilona foydalanish bo`yicha 2005 yilgacha mo`ljallangan davlat dasturi ishlab chiqligan. Tabiatdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish sohasidagi butun faoliyat ana shu dastur asosida tashkil etilgan. Dasturda respublikada ekologik vaziyatni sog`lomlashktirish, yirik shaharlar va shahar aglomeratsiyalari kabilarda ekologik keskinlikka barham berish yo`llari belgilangan.
Ekologik havfsizlikni kuchaytirishning hozirgi asosiy yo`nalishlari quyidagilardan iborat:

  1. Tegishli texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy erish. Qishloq, o`rmon va boshqa xo`jalik tarmoqlaridagi tabiiy jarayonlarning keskin buzilishiga olib keladigan barcha zaharli kimyoviy moddalarni qo`llash ustidan qattiq nazorat o`rnatish. Havo va suv muhitini insonning hayotiy faoliyati uchun zararli va salbiy ta`sir etadigan moddalar bilan ifloslantirishni to`xtatish.

Qishloq xo`jalik ekinlarini, eng avvalo, g`o`zani sug`orishda suvni tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish muhim ahamiyatga ega. Kollektor – zovur suvlarini daryolar va suv omborlariga tashlashni tartibga solish va oqova suvlarni chiqarib yuborishni batamom to`xtatish zarur.
Sanoat korxonalarida armosferaga, suv havzalariga va tuproqqa ifloslantiruvchi hamda zaraeli moddalarni tashlaganligi uchun solinadigan maxsus soliqdan keng foydalangan holda mas`uliyatni oshirish darkor. Ularda zamonaviy, samarali tozalash qurilmalari tizimi joriy etish kerak. Boshlang`ich xom – ashyodan tayyor, pirovard mahsulot olgunga qadar kompleks foydalanishga imkon beradigan yangi, zamonaviy, ekologik jihatdan samarali uskunalarni o`rnatish lozim.

  1. qayta tiklanadigan zahiralarni qayta ishlab chiqarishning tabiiy ravishda kengayishini ta`minlagan hamda qayta tiklanmaydigan zahiralarni qat`iy mezon asosida is`temol qilgan holda tabiiy zahiralarning hamma turlaridan oqilona foydalanish darkor.

Respublikaning foydali qazilmalaridan oqilona foydalanish – dolzarb masala. U atrof – muhitni muhofaza qilishning bosh omillaridan biridir. Foydali qazilmalarni olish va qayta ishlash chog`ida katta isrofgarchailiklarga yo`l qo`yilmoqda. Boshlang`ich xom – ashyodan to`liq foydalanmaslik hollari mavjud. Eskirgan uskunalarni almashtirish, yangi texnologiyalarni joriy etish, ayrim sexlar, uchastkalar va butun boshli zavodlarni rekanstruksiyalash asosida foydali qazilmalarni sanoat usulida yanada to`liq va oqilona qazib olish muhim vazifa bo`lib turibdi. Atrof – muhitni muhofaza qilish nuqtai nazaridan qaraganda, tog` – kon sanoatining chiqindilarini o`zlashtirishni yanada kengaytirish hamda buzilgan yerlarni qayta yaroqli holga keltirish muhim ahamiyatgaega bo`ladi.

  1. Katta – katta hududlarda ta`biiy sharoitlarni tabiiy zahiralardan samarali va kompleks foydalanishni ta`minlaydigan darajada aniq maqsadga qaratilgan, ilmiy asoslangan tarzda o`zgartirish (daryolar oqimini tartibga solish hamda suvlarni bir havzadan ikkinchisiga tashlash, yerning namini qochirish suv chiqarish tadbirlarini va boshqalarni amalga oshirish) lozim.

  2. Jonli tabiatni butun tabiiy genofondini madaniy ekinlar va hayvonlarning yangi turlarini ko`payirish hisobiga boshlang`ich baza sifatida saqlab qolish kerak.

  3. Shaharsozlik va tumanlarni rejalashtirishning ilmiy asoslangan, hozirgi zamon urbanizatsiyasining barcha salbiy oqibatlarini bartaraf etadigan tizimini joriy etish yo`li bilan shaharlarda va boshqa aholi punktlarida aholining yashashi uchun qulay sharoit yaratish zarur.

  4. Ekologik kulfatlar chegara bilmasligini nazarda tutgan holda jahon jamoatchiligi e`tiborini mintaqaning ekologik muammolariga qaratish lozim. Orol muammosi bugungi kunda keng ko`lamli, butun sayyoramizga dahldor muammo bo`lib qolganligini, uning ta`siri hozirning o`zidayoq biologik muvozanatni buzayotganligini bepayon hududlarda aholining genofondiga halokatli ta`sir ko`rsatayotganligini nazarda tutish lozim.

Halqaro tuzilmalarning zahiralari, imkoniyatlari va investitsiyalarini ana shu muammolarini hal qilishga jalb etish – birinchi darajali muammodir.
Atrof – muhitni muhofaza qilish borasidagi yuqorida tilgan olingan ta`sirchan chora – tadbirlarni ro`yobga chiqarish yaqin vaqt ichidayoq oldingi tizimdan yosh respublikaga meros bo`lib qolgan ekologiya sohasidagi ko`pgina illatlar kamchiliklar va xatolarni bartaraf etish imkoniyatini yuzaga keltiradi. Shuningdek, keng ko`lamdagi ekologik tanglik tahdidini barham toptirish respublika aholisi uchun, jismonan sog`lom yosh avlodning dunyoga kelishi va rivolanish uchun zarur shart – sharoitlar hamda ekologiya jihatdan musaffo hayotiy muhit yaratish imkonini beradi.


Download 86 Kb.




Download 86 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Ekologik muammolarning tarkibi. Global ekologik muammolar va ularning oqibatlari. Mintaqaviy va mahalliy ekologik muammolar

Download 86 Kb.