• Malumotlar bazasi va axborot tizimlari
  • Mavzu: Axborot tizimlari




    Download 85,77 Kb.
    bet1/8
    Sana14.05.2024
    Hajmi85,77 Kb.
    #233244
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    1-ma\'ruza MB (2)


    Akbar5
    2024-05-10 18:23:58
    --------------------------------------------
    Ushbu ma'lumot tekshirish kerak
    1-ma’ruza


    Mavzu: Axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari konsepsiyalari
    1. Ma'lumotlar bazasi va axborot tizimlari


    2. Bilimlar bazasi va uning komponentlari
    3. Bilimlar bazasidan foydalanishning texnologiyasi


    4. Ma'lumotlar bazasi
    5. Asosiy tushuncha va ta'riflar


    6. Ma'lumotlar bazasiga qo'yiladigan asosiy talablar

    Ma'lumotlar bazasi va axborot tizimlari


    Ko‘pgina masalalarni yechish asosida axborotlarni qayta ishlash yotadi. Axborotlarni qayta ishlashning yengillashtirish maqsadida axborot tizimlari yaratiladi. Avtomatlashgan axborot tizimlar (AT) deb, shunday tizimlarga aytamizki, ularning tarkibida texnik vositalar, jumladan shaxsiy kompyuterlar ishtrok etadi. ATlarni keng ma'noda axborotni qayta ishlaydigan ixtiyoriy tizimni tushunish mumkin. Tadbiq etish sohasida qarab, ATlar ishlab chiqarish sohasida, talim sohasida, sog‘liqni saqlash sohasida, harbiy sohada va boshqa sohalarda ishlatiladigan tizimlarga ajratish mumkin.
    ATlarni maqsadli ishlatilishiga qarab bir qancha kategoriyalarga ajratishimiz mumkin. Jumladan boshqariluvchi, axborot qidiruv, axborot ma'lumotnoma va boshqa tizimlarga ajratiladi.
    Axborot tizimlami tom ma'noda ba'zi bir amaliy masalalarni yechishda ishlatiladigan apparat dasturiy vositalari majmuasi sifatida ham tushunamiz. Masalan, tashkilotlarda ishlatiladigan kadrlarni hisobga olish va kuzatish, omborxona material va tovarlarni hisobga olish va nazorat qilish, buxgalter masalarini yechish va boshqalar.
    ATlari asosida ma'lumotlar bazasi yotadi. MB deganda, ma’lumotlarni shunday o‘zaro bog'langan to'plamini tushunamizki, u mashina xotirasida saqlanib, maxsus ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimini to‘ldirilishi, o'zgartirilishi, takomillashtirilishi mumkin.
    Muayyan masalani hal qilishda inson real dunyoni u yoki bu sohasi bilan cheklanadi. Bunday hollarda faqat ba'zi bir obyektlarni o‘rganishgina qiziqish o‘yg‘otadi. Bunday obyektlarni majmuasini predmet soha deyiladi.
    Obyektlarni sinflarga ajratish deyilganda, barcha obyektlar to‘plamini birorta norasmiy belgi bo'yicha qism to‘plamlarga ajratishni tushunamiz. MB ni ko‘pligini hisobga

    olib, uni sinflarga ajratish belgilari xilma - xil. Hozirgi kunda MBni quyidagi sinflari ko'p ishlatiladi:

      1. MB ma’lumotlarni tasvirlash shakliga qarab: video, audio, multimedia guruhlariga ajratish mumkin.

      2. Video MB ma'lumotlarini ko‘rinishiga qarab o‘z navbatida matnli va grafik tasvirli bo'ladi.

      3. Matnli MB ma'lumotlarni strukturalashganiga qarab strukturalashgan, qisman strukturalashgan va strukturalashmagan MBga bo'linadi.

      4. Strukturalashgan MB o'z navbatida ma'lumotlarni modeliga qarab: iyerarxik, tarmoqli, relyasion, obyekt1i relyasion, obyektga yo'naltirilgan MBga bo'linadi. Bundan tashqari strukturalashgan MBlari strategik va dinamik shuningdek, markazlashgan va taqsimlangan MBga bo'linadi. MBni foydalanuvchilar soniga qarab: bitta va ko'p foydalanuvchili MBga bo‘lamiz va ular ma’lumotlarni saqlanishiga qarab operatsion va analitik bo‘ladi.

    Download 85,77 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 85,77 Kb.