Ma'lumotlar bazasi
Ma'lumotlar bazasi tushunchasi 60-yillarning oxirlarida paydo bo'ldi. Bungacha ma'lumotlarni qayta ishlash sohasida ma'lumotlar fayli va ma'lumotlarni o'lchash to‘g‘risida gapirilar edi. Dasturchilar ma'lumotlarini shunday tashkil qilar edilarki, u faqat qaralayotgan masala uchungina o'rinli bo'lardi. Har bir yangi masalani hal qilishda ma'lumotlar qaytadan tashkil qilinar va bu hol yaratilgan dasturlardan foydalanishni qiyinlashtirar edi. Shundan so'ng ma'lumotlar bazasi konseptsiyasi sekin-asta, avtomatlashtirilgan axborot tizimining rivojlanishi jarayonida pishib bordi va uning rivojlanishini bir nechta bosqichlarga ajratish mumkin. Birinchi bosqichda (60-yillar boshlarida) ma'lumotlar 4- rasmda ko'rsatilgani kabi qayta ishlangan.
4-rasm. Ma’lumotlar tuzilmasi
Bu bosqichning dastur ta'minoti asosan eslab qoluvchi qurilmaga kiritish-chiqarish ishini va ma'lumotlarni qayta ishlashda katta bo'lmagan ba'zi bir yordamchi qurilmalami yuritishni amalga oshirar edi. Ma'lumotlarni tashkil qilishni esa amaliy dasturlarni yozishda o'ylashga to‘g‘ri kelar edi va bu oddiy usul bilan yechim ma'lumotlarni oddiy fayllar ketma- ketligi ko'rinishida tashkil qilish bilan amalga oshirilar edi.
Ikkinchi (60-yillar oxiri) bosqich. Fayllar tabiati va ular saqlanadigan qurilmalarning o'zgarishi bilan birinchi bosqichdan farqlanadi. Bu bosqichda ma'lumotlarni ketma-ket to'plamlar ko'rinishida tashkil etishnigina emas, balki ulardan to‘g‘ridan- to‘g‘ri foydalanishning ham imkoni bo'ldi.
Ma'lumotlarni qayta ishlash vositalarining rivojlanishi bilan amaliy dasturlarning ma'lumotlarni saqlash apparat vositalari o'zgarishiga, o'sishiga, saqlanayotgan
ma'lumotlarga yangi obyekt va yangi bog'likliklar qo'shilishiga bog'liqmas bo'lishi maqsadga muvofiq ekanligi ma'lum bo'ldi. Axborot texnologiyalarning rivojlanishi va axborot oqimlarining tobora ortib borishi, ma'lumotlarning tez uzgarishi kabi holatlar ma'lumotlar bazasi (MB) ni vujudga keltirdi.
Ma'lumotlar bazasi rivojlanishining 3-bosqichida (70-yi1lar boshida) yuqorida aytganlarni amalga oshirishga urinishlar bo'ldi. Ushbu davrda ma'lumotlar bazasini boshqarishning dastur ta'minoti (MBBT) paydo bo'ldi. MBni boshqarish uchun ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlari ishlatiladi (MBBT).
Ma'lumotlarni modellar ko'rinishida ifodalanishining kiritilishi to'rtinchi bosqichning farqli xususiyatidir. Bu paytda dasturchilarning ma'lumotlar to‘g‘risidagi tasavvurlari kabi, ma'lumotlarning fizik saqlanishi va tashkil etilishi ham o'zgaradi, ma'lumotlar modeli o'zgarmasdan qolishi yoki ular qayta ishlashning qo'shimcha usullarini yoki ma'lumotlarning qo'shimcha turlarini kiritish maqsadida o‘zgartirilishi mumkin.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish fizimi (MBBT) deb - MB-ni yaratish, ishlatish va ko'pchilik foydalanuvchilar tomonidan birgalikda foydalanishni ta'minlovchi tillar va dasturiy ta'minotlari to'plamiga aytiladi.
Ma’lutnotlar bazasi(MB) deb - obyektlar holatini, ularning qaralayotgan soha predmetidagi munosabatini akslantiruvchi ma'lumotlar to'plamiga aytiladi.
Ma'lumotlar bazasi - bu o'zaro bog'langan va tartiblangan ma'lumotlar majmuasi bulib, u ko'rilayotgan obyektlaming xususiyatini, holatini va obyektlar o'rtasidagi munosabatni ma'lum sohada tavsiflaydi.
Ma'lumotlar bazasi (date base) - bu kompyuterning tashqi xotirasida saqlanadigan, har qanday jismoniy, ijtimoiy, statistik, tashkiliy va boshqa obyektlar, jarayonlar, holatlarning o'zaro bog'liq va tartiblashtirilgan majmuidir.
MB - diskda saqlanadigan va maxsus ravishda tashkil qilingan ma’lumotlar turkumlarining jamlanmasidir.
MB - kompyuter yordamida qidirib topilishi va qayta ishlatish mumkin bo'1gan tarzda tartibga solingan ma’lumotlar to'plamidir. Masalan, maqolalar, hisob-kitob, telefon raqamlari, guruh jurnali ma’lumotlari va h.k.
Ma’lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun MBni yaratish, so'ngra undan keng foydalanish bugungi kunda dolzarb bo'lib qolmoqda. Darhaqiqat, hozirgi kunda inson hayotida MBda kerakli axborotlarni saqlash va undan oqilona foydalanish juda muhim rol o'ynaydi. Chunki, jamiyat taraqqiyotining qaysi jabhasiga nazar solmaylik o'zimizga kerakli ma’lumotlarni olish uchun, albatta, MBga murojaat qilishga majbur bo'lamiz.
Ma’lumotlar bazasi obyekt yoki obyektlar to'plami holatini ularning xossalari va o'zaro munosabatlarini aks ettiruvchi nomlangan ma’lumotlar to'plamini ifodalaydi.
kerak.
Ma’lumotlar bazasini obyektning axborot modeli deb qarash mumkin.
Ma'lumotlar bazasi, ma'lumotlar to'plamini cheksiz ko'p marta ishlata olish uchun
MBni boshqarishda keng miqyosda ishlatilishi quyidagi faktorlar bilan aniqlangan:
operativligi (ma’lumotlarga tez va operativ kirish imkoniyati bilan);
o‘ng‘ayligi (istalgan talabga javob ola olishligi, ma’lumotlarni takomillashtirish va
o'zgartiruvchi effektiv usullarning mavjudligi);
- himoyalanganligi va yaxlitligi (ma’lumotlarga ruxsatsiz kirish mumkin emasligi hamda kompyuter texnik vositalarining nosozligidan himoyalanganligi).
Ma'lumotlami qayta ishlash masalalarini yechish usullarning takomillashishi, ma’lumotlar banki tushunchasini ham keltirib chiqardi.
Ma’lumotlar banki (MBN) - MB, MBBT va ularni amalga oshiruvchi texnik vositalar majmuidir.
Ma’lumotlar banki (MBN) - ma'lumotlarni markazlashtirilgan holda saqlash va jamoa bo'lib foydalanishning avtomatlashtirilgan tizimidir. Uning tarkibiga texnik vositalar, MB yoki ularning majmualari, MBBT hamda amaliy dasturlar paketi kiradi.
Ma'lumotlarni o'zida saqlab va MBBT ostida boshqariladigan fayl oldin
«ma'lumotlar banki» deb atalib, keyinchalik esa “ma'lumotlar bazasi” dab yuritila boshlandi.
MBN istalgan ma’lumotlar to'plamiga tegishli bo'lishi mumkin, jumladan mustaqil fayllar, MB va axborot izlovchi tizimlar. Ma'lumotlar bazasidan va bankidan foydalanish o'zaro bog'langan ma’lumotlar to'plamlariga kirishni ulardan foydalanishni avtomatlashtirish, ma'lumotlarni yangilash, keraksizlarini yo'qotishni avtomatlashtirishni ta'minlaydi, jumladan effektiv paketli holatni va teleprotsessorli ma'lumotlarni ishlashni ta'minlaydi.
|