|
Bilimlar bazasi va uning komponentlari
|
bet | 2/8 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 85,77 Kb. | | #233244 |
Bog'liq 1-ma\'ruza MB (2)
Iqtisodiy faoliyatni boshqarishning avtomatlashtirilgan axborot texnikasini axborotli ta'minlashda sun'iy aql sohasining qo'llanishi katta qiziqish uyg'atadi, bu sohadagi yutuqlarni amalga oshirishning shakllaridan biri ekspertli tizimlarni yuqori malakali mutaxassislar, ekspertlar bilimlarini tizimli jamlash, umumlashtirish, tahlil qilish va baholashga asoslangan maxsus kompyuter tizimlarini yaratashdan iboratdir. Ekspertli tizimda bilimlar bazasidan foydalaniladi, unda aniq muammo soha haqidagi bilimlar beriladi.
Bilimlar bazasi - bu, ba'zi bir muammo sohada murakkab vazifalarning yechimini topish uchun tahlil va xulosalarni yaratuvchi modellar, qoidalar va omillar (ma’lumotlar)ning majmuidir.
Axborotli ta'minlanishning alohida, yaxlit tuzilishi ko'rinishidan ajratilgan va tashkil qilingan muammo soha haqidagi bilimlar oshkora bo'ladi va bilimlarning boshqa turlaridan, masalan umumiy bilimlardan ajratiladi. Ma'lumotlar bazasi shunchaki rasmiy (matematik) mantiq asosida, balki tajriba, dalillar, evristikalar asosida ham mulohazalarni bajarishga imkon beradi, ya'ni ular inson mantiqiga yaqinlashtirilgandir.
1-rasm. Bilimlar bazasining ishlatilishi
Sun'iy aql sohasidagi ishlab chiqishlar murakkab, oddiy bo'lmagan vazifalarni yechish uchun ba'zi bir tor muammo soha haqidagi yuqori malakali maxsus bilimlardan katta hajmlarda foydalanish maqsadiga egadir.
Ma'lumotlar bazasi ekspertli tizimning asosi bo'ladi, uni qurish jarayonida jamlanadi. Bilimlar fikrlash va vazifalarni yechishning yaqqol usulini qurishga imkon beruvchi oshkora ko'rinishda aks ettiriladi, qarorlar qabul qilishni soddalashtiruvchi sifatida tashkil qilingan. Ekspert tizimning xabardorligini asoslovchi bilimlar bazasi muassasa, bulim mutaxassislari bilimlarini va mutaxassislar guruhlari tajribasini o'zida jamlaydi hamda institutsional bilimlar (malakali, yangilanayotgan strategiyalar, usullar, qarorlarning yig’indisi) dan iborat bo'ladi.
|
| |