|
Mavzu: Axborot tizimlari
|
bet | 7/8 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 85,77 Kb. | | #233244 |
Bog'liq 1-ma\'ruza MB (2)Xavfsizlik va maxfiylik. Ma'lumotlar yashirilishi va maxfiy saqlanmoqligi lozim. U yo'qotilmasligi yoki o'g'irlanmasligi kerak. Ma'lumotning yashash chidamligini oshirish uchun uni texnik yoki dasturiy o'zgarishlardan, tabiiy va sun'iy vaziyatlardan va yomon niyatda foydalanishlardan saqlamoq lozim.
Ma'lumotlarning xavfsizligi deganda, ma'lumotlarni tasodifiy yoki ularga bila turib kirishga haqqi yo'q shaxslardan himoya qilinishi tushuniladi.
Maxfiyligi esa ayrim shaxslarning yoki takshilotlarning qachon va qanday miqdorda boshqa shaxslarga yoki tashkilotlarga ma'lumotlarni berish huquqi bilan aniqlanadi.
- Eng kam sarf (Minimal harajatlar) MBni tuzish va undan foydalanishdagi xarajatlarni kamaytirish maqsadida, tashkil qilishni shunday usullari tanlanadiki, ular vaqt va xarajatlarni imkon darajada kamaytirsin.
- Qidiruv imkoniyatlari. MBdan foydalanuvchi MBga, turli xil shakldagi ma'lumotlarni olish uchun murojaat qilishi mumkin. Tizim oldindan rejalashtirilmagan turli talablarni qayta ishlashni ta'minlashi yoki shunday javoblarni tuza olishi kerak.
O'tgan zamon bilan bog'lanish. Tashkilot ixtiyoriy vaqtda oldingi, eski ma'lumotlarini ko'ra olishi lozim.
Kelajak bilan bog'lanish. Kelajak bilan bog'lanishni tasavvur etish muhimdir. Kelajakda ma'lumotlar va ularni saqlash muhiti ko'p yo'nalishlar bo'yicha o'zgaradi. Har qanday tijorat tashkiloti vaqt o'tishi bilan o'zgarishlarga duchor bo'ladi. Ayniqsa, bu o'zgarishlar ma'lumotlarni qayta ishlaydigan foydalanuvchilar uchun qimmatlidir. Oddiy o'zgarishlarni amalga oshirish uchun talab qilinadigan juda katta xarajatlar, bu tizimlarning rivojlanishiga kuchli to'siq bo'ladi. MBni sinchiklab o'rganishda muhim masalalardan biri, MBni shunday loyihalash kerakki, ularning o'zgarishini amaliy dasturlarni o'zgartirmasdan turib bajarish mumkin bo'lsin.
Sozlash. Ma’lumotlarning unumdorligini yaxshilash maqsadida uning bazasini qayta qurish - MBni sozlash deyiladi.
MBni sozlash va ishlashga administrator javobgar bo'ladi. U mumkin qadar, amaliy dasturlarning butunligini saqlab qolgan holda MBga qanday o'zgarishlarni kiritish yetarliligini malakali aniqlay bilishi lozim[1].
|
| |