|
Mavzu: Axborot tizimlari
|
bet | 6/8 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 85,77 Kb. | | #233244 |
Bog'liq 1-ma\'ruza MB (2)MB yaxlitligi. Ma’lumotlar yaxlitligi yoki butunligi deganda ma'lumotlarni alohida olingan tarkibiy qismlarining o'zaro mutanosibligi tushuniladi.
MB ning nıustaqilligi. MB o'z ichki tuzilmasiga ega bo'lgan mustaqil obyekt bo'lib, u amaliy dasturlarga bog'liq emas. Ma’lumotlarni ma'lumot tashuvchilarga yozish va ularga murojaat qilish uslublari amaliy dasturiy mahsulotlarga bog'liq emas. MBga har qanday amaliy dasturiy mahsulot orqali murojaat qilish mumkin va bu vaqtda MB mustaqil ravishda amaliy dasturlarga bog'liq bo'lmagan holda o‘z uslublarini qo'llaydi.
Ma'lumotlar bazasiga qo'yiladigan asosiy talablar
MB ni tuzishda quyidagi talabarga rioya qilish lozim:
unumdorlik;
ortiqchalik;
butunlik;
xavfsizlik;
maxfiylik;
eng kam sarf va himoya.
Unumdorlik. Foydalanuvchini MB bilan bog'lovchi, maxsus ishlab chiqilgan ilovalar foydalanuvchi bilan muloqotni qanoatlantiradigan vaqtni ta'minlab berishi zarur. Bundan tashqari MB tizimiga kelib tushgan ma’lumotlarni qayta ishlashni ta'minlashi zarur.
Ortiqchalik. MBda har bir ma’lumot faqat bir joyda saqlanishi va u takrorlanmasligi lozim. Agar ma’lumot faqat bir joyda saqlansa, ular qiymati o'zgartirilganda MB yaxlitligi ta'minlanadi. Chunki, u boshqa joyda takrorlanmasligi sababli boshqa aynan shunday qiymatni o'zgartirishga ehtiyoj yo'q. MB ning unumdorligi ortiqcha ma'lumotlarning bo'lmasligiga bog'liq bo'ladi.
Butunligi. Agar MB tarkibida ko'p foydalanuvchilar ishlatadigan ma’lumotlar bo'1sa, unda ma’lumotlar elementlari va ular orasidagi bog'lanish mumkin qadar buzilmasligi kerak. Ma'lumotlarni saqlash, ularni yangilash, ma'lumotlarni qayta ishlash tartibi shunday bo'lishi kerakki, mabodo tizimda biror o'zgarish bo'lib qolsa, ma'lumotlarni yuqotishsiz qaytadan tiklash mumkin bo'lsin. Bulardan tashqari, ma'lumotlarni har xil tizimli o'zgarishlardan saqlash uchun ularning qiymatlarini biror aniq o'lchovlarga mos kelishligini ta'minlashda oldindan ko'zda tutilgan butunligini tekshirish amalga oshiriladi.
|
| |