Asosiy tushuncha va ta'riflar




Download 85,77 Kb.
bet5/8
Sana14.05.2024
Hajmi85,77 Kb.
#233244
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-ma\'ruza MB (2)

Asosiy tushuncha va ta'riflar


MB obyektlar holatini, ularning qaralayotgan soha predmetidagi munosabatini akslantiruvchi ma'lumotlar to'plami hisoblanadi.
MB (date base) - bu o'zaro bog'langan va tartiblangan ma’lumotlar majmuasi bo'lib, u ko'rilayotgan obyektlarning xususiyatini, holatini va obyektlar o'rtasidagi munosabatni ma'lum sohada tavsiflaydi.
MB, kompyuterning tashqi xotirasida saqlanadigan, har qanday jismoniy, ijtimoiy, statistik, tashkiliy va boshqa obyektlar, jarayonlar, holatlarning o'zaro bog'1iq va tartiblashtirilgan majmuasidir.

MB, diskda saqlanadigan, maxsus ravishda tashkil qilingan ma'lumotlar turkumlarining jamlanmasidir.
Ma’lumotlar banki (MBN) - MB, MBBT va ularni amalga oshiruvchi texnik vositalar majmuasidir.
MB, bu maxsus formatga ega bo'lgan muayyan tuzilmali fayl bo'lib, u yozuv deb ataladigan bir xil turdagi qismlardan iborat bo'ladi.
Yozuv-o'zaro bog'langan ma'lumotlarning bir qismidir.
Har bir yozuv maydon deb ataladigan bo'1aklardan tashkil topadi. Maydon ma’lumotlarning eng kichik qismi hisoblanadi. U ma’lumotlarning, imkoni boricha, qisqa to'plamidan iborat bo'lishi lozim. Ammo, u foydalanuvchi uchun ma'nosini yo'qotadigan darajada kichik bo'laklarga bo'linishi mumkin emas. Har bir maydon, o'zi ifodalaydigan ma’lumotlariga ko'ra biror nomga ega bo'ladi. Fikrimizni misol bilan ifodalashga harakat qilamiz. Masalan, ta'lim muassasida o'qiydigan 1 - kurs talabalarini informatika, matematika va huquqshunoslik fanlaridan o'zlashtirish darajasini aniqlovchi bazani yaratishimiz kerak. Ma’lumotlarni jadval shaklida taqdim qilamiz. Bu jadvalni MB ning bir qismi deb olamiz. Unda 6 ta yozuv bo'lib, ularning har biri 7 ta maydondan iborat. Mazkur maydonlaming har biri, mos ravishda ’Familiyasi’, Ismi’, ’Guruh raqami’, ’Informatika %’, ’Matematika %’ ’Huquqshunoslik %’ deb nomlangan.

  1. jadval. Imtihon jadvali




T/R

Familiyasi

Ismi

Guruhi


Informatika %

Matematika %

Huquqshunoslik %

1

Abdullaev

Mahmud

11

80

100

100

2

Dadaboev

Rahim

16

60

80

80

3

Axmedov

Adham

12

80

80

80

4

Sobirov

Ilhom

18

100

100

100

5

Jabborov

Islom

18

80

80

80

6

Halimov

Rustam

14

60

80

80

Jadval yaratilgan bo'lsa, unga qo'shimcha qatorlarni qo'shib, qiymat kiritishimiz mumkin. Ammo, lozim deb topilmasa, unga yangi ustun qo'shish imkoniyati mavjud emas.
Misol tariqasida oliy o'quv yurtining aniq fakultetida tahsil olayotgan biror guruh talabalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bitilgan jadvalni tahlil etamiz:

  1. jadval. Guruh talabalari




Familiyasi

Ismi

Tug'ilgan sanasi

Guruhi

Turar joyi

Qiziqqan fani

Ochilov

Alisher

2.05. 1978

5-M

A.Somiy,4

Matem.

Qobulov

Farhod

2.12.1982

6-E

I.Sino,1

Adabiyot

Aminov

San'at

3.06.1980

5-M

6 mkr-2,12

Tarix

Tolipov

Jasur

24.05.1979

6-E

Beruniy,2

Iqtisod

Ushbu jadvalda to'rtta yozuv bo‘lib, ularning har biri 6 ta maydondan iborat. Mazkur maydonlarning har biri, mos ravishda “Familiyasi”, “Ismi”, “Tug'ilgan sanasi”, “Guruhi”, “Turar joyi” va “Qiziqqan fani” deb nomlangan.
Jadvalga aniq ma’lumotlar kiritildi va har bir yozuv aniq ma’lumotlardan iborat. Bu ma’lumotlar birlamchi hisoblanadi.
Ma’lumotlar elementi o'rtasidagi o'zaro aloqani ifodalovchi ma’lumotlar to'plami kortej deyiladi. Lekin, dastur ta'minotining har xil tizimlarida bu ibora o'rnida ma’lumotlar elementlari guruhi, satr, segment, yozuv kabi so'zlar ishlatiladi. Hozirgi vaqtda umumiy qabul qilingan ibora yozuvdir.
Maydonlar turli xil qiymatlarni qabul qiladi va ularning ba'zi biri yozuvda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Masalan, biror bir oliy ta’lim muassasi xodimlari haqidagi ma'lumotlar to'plamini tuzash talab etilsin (1.5.3-jadval). Unda "Tartib raqami", "Familiyasi", "Ismi", "Tug'ilgan sanasi", "Lavozimi", "Ish staji" va "Ishlaydigan bo'limi" singari maydonlar mavjud bo'lsin. "Ishlaydigan bo'limi" maydonidagi qiymatlar har doim takrorlanmasligi uchun shartli ravishda qisqa belgilash, ya’ni kodlash (FIZ-fizika- matematika fakulteti, XIM-kimyo fakulteti, ATM-axborot texnologiyalari markazi va h-zo singari) kiritilgan taqdirda ish yetarli darajada osonlashadi.
Juda ko'p axborotlarda davlat klassifikatori ishlatiladi va boshqa holatlarda kodlarni ishlatish, yaratuvchining xohishiga ko'ra amalga oshiriladi.
Jadvalda har bir yozuv o'zining bosh kalitiga ega bo'1ishi va uning qiymati yagona bo'1ishi kerak. Bosh kalit ikkita xossaga ega bo'ladi:

  1. Ustundagi qiymatning yagonaligi, ya'ni takrorlanmasligi. 1.5.3-jadval. O'qituvchilar jadvali

    T/R

    Familiyasi

    Ismi

    Tugilg‘an yili

    Lavozimi

    Ish staji

    Ishlaydigan bo'limi

    1.

    Axmedov

    Ikrom

    1954

    Dekan

    20

    FIZ

    2.

    Sobirov

    Akram

    1949

    Dekan muovini

    15

    FIZ

    3.

    Jumanazarov

    Siroj

    1968

    Bo‘lim boshligi

    10

    ATM

    4.

    Sattorov

    Jamol

    1956

    O‘qituvchi

    12

    XIM

  2. Kalitdagi qiymat imkon darajasida o'zgarmasligi lozim. Bizning misolimizda bosh kalit "Tartib raqami" maydonidir. Har bir MB quyidagi muhim xossalarga ega bo'lishi lozim.


Download 85,77 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 85,77 Kb.