Bilimlar bazasidan foydalanishning texnologiyasi




Download 85,77 Kb.
bet3/8
Sana14.05.2024
Hajmi85,77 Kb.
#233244
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-ma\'ruza MB (2)

Bilimlar bazasidan foydalanishning texnologiyasi


Ma'lumotlar bazasining mazmuni foydalanuvchi tomonidan samarali boshqaruv qarorlarini olish uchun tadbiq etiladigan tuzilish va uning faoliyat yuritishi tarzida 2- rasmda keltirilgan

2-rasm. Bilimlar bazasidan foydalanish texnologiyasi


Ekspert - bu, aniq muammo sohada samarali qarorlarni topa oluvchi mutaxassisdir.
Bilimlarni bilish bloki bilimlar bazasining jamlanishi, bilimlar va ma'lumotlarning zamonaviylashtirish bosqichini aks ettirada. Bilimlar bazasi malakali mutaxassisning fikrlash darajasidagi yuqori sifatli tajribadan foydalanish imkoniyatini aks ettiradi. U ekspertli tizimni biznes va buyutrmachining zaruriyatlariga muvofiq ravishda rentabelli qiladi.

Mantiqiy xulosalar bloki qoidalarning dalillar bilan taqqoslanishini amalga oshirib, xulosalar zanjirini yaratadi. Ishonchsiz ma’lumotIar bilan ishlashda noaniq mantiq, ishonchlilikning kuchsiz koeffitsiyentlari, ishonch o'lchovlarining past darajada va hokazolar shakllantiriladi.


Tushuntirish bloki foydalanuvchi tomonidan bilimlar bazasidan foydalanish texnologiyasini “nima uchun?” savoliga javob berish imkoniyatiga ega, u yoki bu xulosalarga olib keluvchi qadamlaming bilimlar jamlanishi sur'ati bilan belgilanadi.
Inson faoliyatining kasbiy jihatdan shakllantirilishi, demakki, EHM asosida avtomatlashtirilishi mumkin bo'1gan sohasi, bu, inson tomonidan jamlangan bilimlarning bir qismidir. Jamlangan bilimlar tarkibidagi katta qatlamni yakka tartibda jamlanuvchi begonalashtirilmaydigan bilimlar tashkil qiladi. Va, nihoyat, barcha qolgan bilimlarning umumiy hajmidagi zo‘rg‘a farqlanadigan - bu, bilimlarni shakllantirishdir.
Bilimlarni tarkiblashtirish yoki shaklga tushirish ularni tatbiq etishning turli usullariga asoslangan. Zamonaviy tizimlarda eng ommaviy usul dalillar va qoidalardan foydalanishdir. Ular ba'zi bir muammo sohada jarayonlarni bayon qilishning tabiiy usulini ta'minlaydi.
Qoidalar, tavsiya, ko'rsatmalar strategiyalarini taqdim etishning rasmiy usulini ta'minlaydi, ular muammo bilimlarni ushbu sohadagi vazifalarni yechish bo'yicha ishlash yo'llari ichida jamlangan tajribali (empirik) assotsiatsiyalardan vujudga kelgan hollarda ham to‘g‘ri keladi. Qoidalar ko'pincha «Agar... shunda...» ko'rinishida bo'ladi.
Bilimlar bazasida muammo sohasini bayon qilish bilimlarni taqdim etish va tashkil qilish, vazifalarni shakllantirish, qayta shakllantirish va yechish usullarini ishlab chiqishni ko'zda tutadi. Muammo soha tushinchasi alomatlar yordamida taqdim etiladi. Masalan, bank tizimi uchun bu mijoz, fond vositasi, operatsiya, vazifa bo'lishi mumkin. Alomatli tushunchalar o'rtasidagi munosabat aniqlanadi, tushunchalar bilan manipulyatsiya qilish uchun turli xildagi (mantiqiy yoki tajriba natijasida olingan) strategiyalar qo‘llaniladi. Bilimlarni taqdim etish, ularni turkumlashtirish tushunchalarini, murakkab, oddiy bo'lmagan vazifalarni tanlashni ko'zda tutadi. Shuning uchun ham bilimlar bazasidagi qoidalar yoki murakkab yoki ko'p hajmli bo'ladi.
Bilimlar bazasi tamoyillarining rivojlanishi sun'iy aq1 tizimi sohalaridagi tadqiqotlar va yutuqlarga bog'liq. Bilimlar bazalarini qo'llash sohalari va ular asosidagi tizimlar
kengayadi. Bilimlar bazalarining butun bir spektri portativ tizimlar uchun hajmi bo'yicha kichikdan tortib to murakkab va qimmatbaho avtomatlashtirilgan axborot tizimlaridan foydalanuvchi kasb egalari uchun mo'lja1langan va qudratga ega holda yaratiladi. Bilimlarning juda katta bazalari markazlashtirilgan saqlash joylarida saqlanadi, foydalanuvchi tomonidan ularga kirish turli tizimlar, darajalar, ko’lamlaming tarmog'i orqali amalgaoshiriladi. Bilimlar bazalarini ishlab chiqishdagi muvaffaqiyatlar, ularga ommaviy foydalanuvchi kirishini osonlashtiradi, bu ularni faol tijorat mahsuloti sifatida paydo bo'lishiga yordam beradi.

Download 85,77 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 85,77 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bilimlar bazasidan foydalanishning texnologiyasi

Download 85,77 Kb.