|
Kirish. Ma’lumotlar va bilimlar bazasi. Мa’lumotlar bazasining asosiy tushunchalari
|
bet | 1/2 | Sana | 06.09.2024 | Hajmi | 71,13 Kb. | | #270442 |
Bog'liq 1-tajriba Kirish. Ma’lumotlar va bilimlar bazasi. Мa’lumotlar bazasining asosiy tushunchalari
Reja:
Kirish
Bilimlar bazasi va uning komponentlari
Bilimlar bazasidan foydalanish texnologiyasi
Ma’lumotlar bazasi
Tayanch iboralar: bilimlar ombari, sektorlar, ma’lumotlar, axborotlar, predmet soxasini aniklash, bilimlar tuplamini yaratish, bilimlarni tizimga tushirish, materialni shaklan tasvirlash.
1. 1. Kirish
Ma’lumotlarni qayta ishlash va boshqarish texnologiyasi fanida quyidagi mavzular o’rganiladi:
Ma’lumotlar va bilimlar bankining asosiy tushunchalari. Ma’lumotlar bankining axborot tizimlaridagi o’rni va roli. Ma’lumotlar bankining foydalanuvchilari. Ma’lumotlarni markazlashgan holda boshqarishning ustuvorligi. Ma’lumotlar bazasi fan sohasining axborot modeli sifatida va ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT). Ma’lumotlar bazasining administratori. Ma’lumotlar banki arxitekturasi. Ma’lumotlar omborini infologik loyihalash. Ma’lumotlar modelini tanlash. Ma’lumotlarnig ierarxik, tarmoqli va relyastion modellari, ularning tuzilmasi tiplari. Asosiy amallar va cheklovlar, EHM xotirasida ma’lumotlar tuzilmasini tasvirlash. Fayllar tizimini yaratishning zamonaviy tedenstiyalari. Ishlab chiqarishdagi MBBT lar tahlili. Ma’lumotlar bankining rivojlanish tendenstiyalari.
1.2 Bilimlar bazasi va uning komponentlari.
Iktisodiy faoliyatni boshkarishning avtomatlashtirilgan axborot texnikasini axborotli ta’minlashda sun’iy akl soxasining kullanishi katta kizikish uygatadi, bu soxadagi yutuklarni amalga oshirishning shakllaridan biri ekspertli tizimlarni yukori malakali mutaxassislar , ekspertlar bilimlarini tizimli jamlash, umumlashtirish, taxlil kilish va baxolashga asoslangan maxsus kompyuter tizimlarini yaratashdan iboratdir. Ekspertli tizimda bilimlar bazasidan foydalaniladi , unda anik muammo soxa xakidagi bilimlar beriladi.
|
| |