|
14-mavzu «postembrional rivojlanish. Metamorfoz. Hayvonlarning o’sishi.» Reja
|
bet | 1/3 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 58 Kb. | | #115386 |
Bog'liq 14-ma\'ruza
14-MAVZU
«POSTEMBRIONAL RIVOJLANISH. METAMORFOZ. HAYVONLARNING O’SISHI.»
Reja:
Metamorfoz haqida tushuncha.
Lansetnik va baqa metamorfozi.
To’g’ri va to’g’ri bo’lmagan rivojlanish.
Lichinkalar, ularning hosil bo’lishi va biologik ahamiyati.
Hayvonlarning o’sishi va uning sabablari, o’sish xillari.
Tayanch iboralar: metamorfoz haqida tushuncha, hayvon turlarida metamorfoz jarayoni, to’g’ri va to’g’ri bo’lmagan rivojlanish, uning davrlari: embriondan oldingi, embrional va past embrional, lichinkalar, uning ahamiyati va ularning hayot kechirishlari, hayvonlarning organlari o’lchami, ularning o’sishi, o’sish sabablari, o’sishga ta’sir etuvchi omillar, izometrik va allometrik o’sish.
Ma’ruzani o’tish uslubi: o’tgan mavzuni mustahkamlash: yangi materialni bayon qilish: savol-javob: materialni jadvallar bo’yicha tushuntirish.
Ma’ruza o’tish uchun jihozlar: rangli jadvallar: elektron animasiyalar: elektron darslik: fiksasiyalangan ko’rgazmali eksponantlar.
Ma’ruza matni: O’zining tashqi ko’rinishi va tuzilishi bilan lichinkalar juda xilma xildir, chunki ular turli sharoitda yashab qolishini ta’minlaydigan xususiyatlarga ega bladi.
G’oyat oddiy tuzilgan formalar ham bo’ladi, bu parazitlik qilib yashovchi lichinkalarga taaluqidir. Ya’ni, masalan, plastinka jabrali mollyuskalardagi lichinkaning ichidagi kuchsiz rivojlangan bladi: jigar qurtining lichinka formalaridan biri undan butunlay xorj ham bo’lgan va h.k.
Biroq ko’pgina hayvonlarda lichinkalarning tuzilishi maxsus organlarning, masalan dumsiz amfibiyalarning itbaliqlarida surg’ichlarning ba’zi bir kapalaklarida lichinkalarida ipak chiqaruvchi bezlarning va shu kabilarning hosil bo’lishi bilan murakkablashadi.
Shunga o’xshasha lichinkali organlar vaqtinchal - provizarli organlar hisoblanadi. Ular metamorfozda surilib ketadi.
Ba’zi hollarda ushbu metamorfoz butun organizmning organlari va to’qimalarini so’rilishi orqali uning hammasining murakkab qayta qurilishi bilan sodir bo’ladi: boshqa hollarda lichinkali organlar bir oz o’zgarishlarga uchrabgina saqlandi. O’zgarishlarning bu eng so’ngi formalari o’rtasida lichinkalik organlar va to’qimalarning qaytadan qurilish jarayonlari ko’p yoki oz darajada murakkablashgan oraliq formalar mavjud bo’ladi.
Lichinkalar organlarining jiddiy qaytadan qurilishisiz katta yoshdagi formalarga asta-sekin o’tib borishi eng sodda umurtqasiz hayvonlarga: bulutlar, kovakichilar, kiprikli chuvalchanglar va boshqalarga xosdir. Ularda lichinkalik bosqich metamorfozning maxsus formasisiz o’tadi deyish mumkin. Biroq ana shu umurtqasizlarda murakkab o’zgarish ham keng tarqalgan. Masalan, murakkab tuzilgan ko’pgina hasharotlarda metlmorfoz to’qimalar va organlarning ko’p qismining yemirilishi bilan birga boradi. Nerv sistemasi va jinsiy organlarning boshlangichlarigina yemirilmay qoladi.
Lichinkalik hayotning oxiridan tayyorlanish boshlanadigan bunday metamorfoz gumbaklik bosqichida, maxsus qobiqlar himoyasi ostida o’tadi. Ko’pgina kapalaklarda lichinkalarning ipak ajratuvchi bezlari pilla o’rash uchun ketadigan sekret ajratib chiqaradi. Pilla ichida batamom shakllangan jinsiy yetilgan hasharot rivojlanadi. Organizmning murakkab qayta qurilishi bilan itbaliq baqaga aylanadi: dum yo’qoladi, jabralar reduksiyalanadi va nafas olish o’pka orqali bo’lib qoladi, barcha ovqat hazm qilish trakti o’zgaradi.
LANSETNIKNING METAMORFOZI
Lansetnikning lichinkalik davri uch oy davom etadi. Lichinka dastlab suvda suzib yuradi. Keyinchalik u suvning tubiga tushadi. Lichinkaning og’zi, jabra yeriqlari ilk davrida assimetrik bo’ladi, jabra yeriqlari kam bo’ladi, atrial bo’shlig’i bo’lmaydi. Keyinchalik og’zi va jabralari o’z o’rnini egallaydi, jabra yeriqlari soni oshadi, atrial bo’shliq va metaplevral burmalar hosil bo’lib, lichinka lansetnikka aylanadi.
BAQA METAMORFOZI
Baqaning urug’lanishi tashqi bo’lib ikralaridan lichinkalar - itbaliq chiqadi. Lichinkalari faqat suvda yashaydi, jabra bilan nafas oladi. Yon chiziq organi bor, dum suzgich qanoti yordamida suzadi. Keyin lichinka metamorfozga uchrab, uning organlari keskin o’zgaradi. Besh barmoqli oyeqlar hosil bo’ladi, dumlari, yen chiziq organlari yo’qolib ketadi. Jabralari yo’qolib, o’pka rivojlanadi.
TO’G’RI RIVOJLANISh
Lichinkalik bo’lmagan yeki to’g’ri rivojlanish qobiqlardan yesh individning chiqishi bilan xarakterlanadi. Garchi rivojlanish tuxumdan chiqqandan keyin ham davom etsa-da, bari bir katta yeshdagi hayvon organlavrining hosil bo’lishi, asosiy embrional davrga to’g’ri keladi. Shunga ko’ra to’g’ri rivojlanish oziq moddalar zapasining ko’pligi bilan va embrionda himoya vositalarining mavjudligi bilan bog’liq bo’ladi. To’g’ri rivojlanishda embrional rivojlanish davr uzaygan bo’ladi.
To’g’ri rivojlanish umurtqasizlar orasida ham, umurtqali hayvonlarda ham tarqalgan. Umurtqasizlarda u juda murakkab tuzilishi bilan ajralib turuvchi beshoyoqli mollyuskalarda eng yaxshi ifodalangan. Bu hayvonlarning rivojlanishi uchun oziq moddalarning anchagina zapasi kerak, bu esa katta tuxumlarda bo’ladi. Umurtqalilar orasida lichinkali bo’lmagan rivojlanish baliqlarda (selexiyalarda) ba’zi bir amfibiyalarda uchraydi, lekin reptiliylarda, qushlarda va sut emizuvchilarda eng mukammallashgan formada ifodalangan. Bu hayvonlarning rivojlanishi uchun oziq moddalarning anchagina zapasi kerak, bu esa katta tuxumlarda bo’ladi. Umurtqalilar orasida lichinkali bo’lmagan rivojlanish baliqlarda (selexiyalarda) ba’zi bir amfibiyalarda uchraydi, lekin reptiliylarda, qushlarda va sut emizuvchilarda eng mukammallashgan formada ifodalangan. Hayvonlar tuzilishining murakkablashuvi individning shakllanishi uchun uzoq davom etadigan rivojlanishni talab qiladi. Bu reptiliylarda va qushlarda, masalan tovuqlarda diametri 3,5 sm, tuyaqushda esa 10-12 sm ga yetadigan juda katta tuxum hujayralarning hosil bo’lishiga olib keladi. embrionning rivojlanishi qushlarda puchoqli, reptiliylarda pergamentli mustahkam kobiqlar himoyasi ostida o’tadi.
Sut emizuvchilarda tuxum mikroskopik kerak bo’ladi, chunki evolyusiya jarayonida sariqlikni ikkinchi marta yo’qotgan. Embrional rivojlanishning davom etishi va uning anchagina murakkablanishi ona organizmi ichda taraqqiy etayotgan embrionning shu organizm hisobiga oziq moddalar bilan juda murakkablashgan formada ta’min etilishi hisobiga boradi.
|
| |