• Lichinkalar va ularning ahamiyati
  • To’g’ri va to’g’ri bo’lmagan rivojlanish




    Download 58 Kb.
    bet2/3
    Sana11.12.2023
    Hajmi58 Kb.
    #115386
    1   2   3
    Bog'liq
    14-ma\'ruza

    To’g’ri va to’g’ri bo’lmagan rivojlanish
    Rivojlanish davrlari. Individual rivojlanishning barcha murakkabligi va turli tumanligini olib o’rganish qulay bo’lishi uchun u: embriondan oldingi, embrionli yoki embrional, embriondan keyingi yoki postembrional va katta holatdagi davrlarga bo’linadi. Bunday bo’linish shartli bo’ladi, chunki ko’rsatilgan davrlar orasida hamma vaqt ham chegara qo’yish oson emas, bundan tashqari, yana shuning uchun shartliki, bu davrga xos bo’lgan xususiyatlar boshqasida ham kuzatiladi.
    Embrional davr - qobiqlari ichida rivojlanish va xiyla qisqa muddati murakkab tuzilgan ko’p hujayrali organizmning hosil bo’lishiga olib keladigan juda tez sodir bo’luvchi yangidan-yangi shakllar kelib chiqish bilan xarakterlandi.
    Postembrional davr - embrionning qobiqlardan chiqish vaqtidan boshlanadi. Rivojlanish bundan oldingi davrdagiga nisbatan sustroq bo’ladi: o’sish kuchayadi. Posembrional davrda, xuddi embrional davrdagidek, organlar va organlar sistemasining o’zgarishi asosida ularning o’zaro va bir butun organizm bilan yashash sharoiti o’rtasidagi aloqasining bir xildagi soluvchi faoliyati embrional davrdagiga nisbatan katta ahamiyatga ega bo’ladi. Forma hosil qilish jarayonlari gumoral yo’l bilan boshqariladi. Bu davr jinsiy voyaga yetish holati bilan tugallanadi.
    Ko’p hayvonlarda embrional davr asoan ota-onasiga o’xshash bo’lgan yosh individning hosil bo’lishi bilan tamomlanadi. U qobiqlardan chiqishi bilan o’sadi va unda organlarning differensiallanishi davom etadi. Bunday rivojlanish to’g’ri rivojlanish deyiladi. Bu qobiqlardan tuzilish va shakli bilan katta yoshdagi hayvonlardan anchagina farq qiluvchi lichinka chiqadigan to’g’ri bo’lmagan rivojlanishga qarama qarshi ega bo’lganicha, ba’zan organlarning anchagina qaytadanqurilishi bilan birga sodir bo’ladigan murakkab o’zgarishlarga duch keladi. Lichinkaning bunday o’zgarishi metamorfoz deyiladi.


    Lichinkalar va ularning ahamiyati
    Rivojlanishning lichinkalik bosqichi, xususan umurtqasizlarda juda ko’p uchradi. Ko’pgina kovakichlilarda. Chuvalchanglar, mollyuskalar, hasharotlar va boshqa hayvonlardan nisbatan qisqa bo’lgan embrional davrdan keyin qobiqlardan mustaqil hayot kechirishga qobiliyatli bo’lgan lichinka chiqadi. Bu hayvonlarning tuxumlari mayda bo’ladi va yangi individning rivojlanishi hamda shakllanishi uchun zarur bo’lgan modda zapaslari yetarli bo’lmaydi. Shuning uchun ham embrional davr organizmining mustaqil hayot kechirishini ta’minlay oladigan rivojlanish bosqichining hosil bo’lishi tugallanadi. Lichinkalik formalar xordalilar va xatto tuban umurtqalilar orsida ham uchraydi. Sariqligi kam bo’lgan lansetnik tuxumining juda tez rivojlanishi ikkinchi sutkaning oxirga kelib og’iz va kanal teshigi bo’lgan lichinkaning shakllanishi bilan tugallanadi. Ko’pgina baliqlar (ganoidlar, suyakli baliqlar, 2 xil nafas oluvchilar), dumsiz va dumli suvda va quruqlikda yashovchilar ham erkin lichinkalik bosqichini o’tadi. Bu hayvonlarning tuxumlari lansetnikdan farqli sariqlikka boy va ba’zan anchagina katta bo’ladi. Biroq tuxumdagi oziq modda zapalari to’la shakllanadigan individning rivojlanishi uchun yetarli emas. Lichinkaning mustaqil oziqlanishi hayvonning bundan keyingi rivojlanishini ta’minlaydi.
    Lichinkali hayot kechirishning asosiy ahamiyatlaridan biri - organizmni tuzish uchun zarur bo’lgan material - oziqni topib olishdan iboratdir. Bundan tashqari erkin yashovchi lichinkalar turning keng tarqalishiga imkon beradi, bu katta yoshdagi hayvonning o’troq holda hayot kechirishida katta ahamiyatga esa bo’ladi. Bu masalan, lichinkasi katta yoshdagi formalarga qarama-qarshi ularoq, yaxshi rivojlangan, juda oz vaqt yashaydigan va xatto oziqlanmaydigan assidiylarga taaluqlidir. Demak bu yerda lichinkaning birdan-bir vazifasi shundan iboratki, turning keng tarqalishiga imkon beradi. Lichinkali hayot kesirishning asosiy ahamiyatidan biri organizmning tuzilishi uchun zarur bo’lgan material - oziqni topib olishdan iboratdir.
    Lichinkalari erkin hayot kechirmaydigan hayvonlar ham bor. Bunday rivojlanish katta yoshdagi davrda ham, lichinkalik holida ham yoki faqat keyingisida parazitlik qilib yashovchi ba’zi bir formalariga xosdir. Lichinkalik davrning davom etishi xilma-xil bo’lib, u bir qator sabablar bilan bog’liqdir. Lichinka tuzilishining murakkablik va boshqalar ta’sir qiladi. ya’ni masalan, sariqlik zapasi ko’p bo’lganda qobiqlardan ancha rivojlangan lichinka chiqadi, shunga muvofiq uning yashashi ham kamayadi.
    Taraqqiyotning tiplariga bog’liq holda embrionli va embriondan keyingi davrlarning nisbiy davom etishi o’zgaradi. Odatda tuxumda oziq moddalar zapasining kam bo’lishi, qobiqlardan lichinkaning tez chiqishiga sabab bo’ladi. Bu holda katta yoshdagi hayvon organlarining shakllanishi asosiy lichinkalik davrga to’g’ri keladi. Ya’ni, masalan, lansetnikda embrional rivojlanish hammasi bo’lib 2 sutkagina va xatto, undan ham ozroq davom etadi, lichinkalik davr esa 3 oy chamasi davom etadi.



    Download 58 Kb.
    1   2   3




    Download 58 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    To’g’ri va to’g’ri bo’lmagan rivojlanish

    Download 58 Kb.