|
Cd-rom compactDisc Read Only Memory- kompakt disk, faqat
|
Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 4,45 Mb. | | #103584 |
Bog'liq lxoFdSctd8H7uZcqBNUNw0FaPFjO1NLq (1)
1983 yil Sony kompaniyasi bozorga katta shov-shuvlarga sabab boʻlgan.
CD-ROM (CompactDisc Read Only Memory- kompakt disk, faqat oʻqiladigan xotira) disklarni va ular uchun disk yurituvchilarni bozorga chaqirdi. 70 minutli oliy sifatli stereo musiqani raqamli koʻrinishda yozish uchun moʻljallangan kompakt disk sigʻimi 650 MBga teng edi. Oʻsha paytdagi ommaviy kompyuter IBM PC ning tezkor xotirasi 128 KB, sotuvdagi vinchesterlarning hajmi 5MB edi. Hozirgi paytda hajmi 700 MBdan 900 MBgacha boʻlgan kompakt disklar mavjud.
• Dunyoda dastlabki multimediali dasturlarining asosiy tashuvchilari boʻlib,
CD-ROM lazer disklari hisoblanadi. Tashqi koʻrinishidan Audio kompakt diskdan farq qilmaydigan bu lazer disklari- video, audio, matn, grafika va animatsiya koʻrinishidagi axborotlarni 900 MBgacha boʻlgan hajmini oʻziga sigʻdira oladi.
• Masalan sigʻimi 700 MBli kompakt diskka 250.000 sahifali matn yoki 8 metrli kitob javonidagi axborotlarni joylashtirish mumkin. Bu imkoniyatlar, CD-ROM lazerli disklarni hayotda amaliy jihatdan keng qoʻllanishiga olib keldi.
• CD disk yurituvchilarni dunyoning Sony, Panasonic, Creative kabi taniqli firmalari ishlab chiqaradi. Kompakt disklardan maʼlumotlarni oʻqish lazerli nurlar yordamida amalga oshiriladi.
• CD-ROM (faqat oʻqish uchun) va CD-RW (oʻqish va yozish uchun). Bu qurilmalar kompyuterda lazerli disklardan axborotlarni oʻqish va yozish uchun oʻrnatiladi.
Disklarga xizmat koʻrsatuvchi dasturlar:
•Qattiq magnitli disk (vinchester) kompyuterning asosiy maʼlumotlar saqlanadigan xotirasi hisoblanadi. Ular hajmi va ishlash tezligi bilan farqlanadi.
•Qattiq disk kompyuterning sistemali blokiga oʻrnatiladi va shleyf deb nomlanuvchi maxsus shnur bilan plataga ulangan boʻladi. Kompyuter oʻchirilganda ham qattiq diskda maʼlumotlar saqlanib qoladi.
1997-yildagi eng katta qiymatlar:
•Vinchesterlarning korpusi eni 3,5 dyumga teng boʻlib,ularni joylash uchun kompyuter korpusida maxsus joy ajratilgan. Noutbuk kompyuterlari ishlab chiqariladigan vinchesterlarning eni 2,5 dyumga teng boʻladi. Vinchesterlar bilan maʼlumot almashishni tezlashtirish maqsadida ularda elektron mikrosxemalarga joylangan bufer (oraliq) xotiralar boʻladi. Bu xotira tezkor xotira kabi tez ishlaydi, uning sigʻimi unchalik katta boʻlmay, 8, 16, 32 MB boʻlishi mumkin. Vinchesterlarning tezligi uning disklarining aylanish tezligiga ham bogʻliq, disklar minutiga 5400, 7200 yoki 10000 marta aylanishi mumkin. Hozirgi paytda vinchester disklarining aylanish tezligi asosan 7200 ayl/min ga teng. 5400 ayl/min tezlikdan faqat noutbuk kompyuterlari uchun moʻljallangan baʼzi vinchesterlarda ishlatiladi. 10000 ayl/min tezlik esa server kompyuterlar uchun moʻljallangan vinchesterlarda ishlatiladi.
•"Vinchester" sigʻimini qattiq diskka joylashtirish mumkin boʻlgan maʼlumot miqdori belgilaydi. Eng birinchi IBM kompyuterlarida qattiq disk sigʻimi 5 MB boʻlgan boʻlsa, hozir 100 GBdan 200 GBgacha, hattoki 500-2000 GBga yetdi. 1-2 GBli qattiq xotira eskirgan hisoblanib, umuman ishlab chiqarishdan olingan. Hozirgi vaqtda qattiq diskning minimal miqdorini 320 GBga yetkazilgani maʼlum. "Vinchester" tezligi qoʻzgʻalish va maʼlumotlarni oʻqish-yozish bilan xarakterlanadi. Bu xarakteristikalarni avtomobilning qoʻzgʻalish va eng yuqori tezlanishiga qiyoslash mumkin. Koʻp kompyuterlarda diskdagi qoʻzgʻalish 1-12 ms yoki undan ham tez, yangi disklarda 7-8 msga teng. Diskda oʻqish yozish tezligi faqat diskka emas, kontroller, shina turi, protsessor tezligiga ham bogʻliq boʻladi.
Disklarning yuqori sifatli tayyorlanganligiga qaramay, magnit disklarda buzilishlar sodir boʻladi.
Bu buzilishlar quyidagi sabablarga koʻra boʻlishi mumkin:
1. Diskning fizikaviy shikastlanishidan;
2. Magnit disk sirtining ifloslanishidan;
3. Kompyuterning avariyali oʻchirilishidan;
4. Disketani disk yurituvchi qurilmadan vaqtida olmaslikda;.
5. Dasturning avariyali yakunlanishidan soʻng operatsion tizimni qayta yuklaganda;
6. Viruslar taʼsirida;
|
| |