14-Mavzu:Sun’iy yo’ldosh aloqa tizimlari. Umumiy ma’lumot.Orbita
turi bo’yicha suniy yo’ldosh tizimlarini turlari Geostatsionar orbita.
Reja:
1.Yerning sun’iy yo’ldoshli mobil aloqa tizimlarini qurishning umumiy
prinsiplari
2.Yerning
sun’iy
yo’ldoshli
mobil
aloqa
tizimlari
tarkibi
va asosiy xarakteristikalari
Yerning sun’iy yo’ldoshli mobil tizimlari mobil aloqaning nisbatan yangi,
qudratli, moslanuvchan va tezlik bilan rivojlanuvchi turi hisoblanadi. Birinchi
Yerning sun’iy yo’ldoshi (YSY) uchirilishi bilanoq u aloqa tizimlarida ishlatila
boshlandi.
Hozirda Yerning sun’iy yo’ldoshli mobil aloqaning
quyidagi sohalarda
qo’llanishi dolzarb hisoblanadi:
- uyali tarmoqlarni kengaytirish (cellular extension), ya’ni Yerning sun’iy
yo’ldoshli aloqani uyali aloqa bo’lmagan hududlarda ishlatish;
- uyali tarmoqlarni to’ldirish (cellular complement), ya’ni Yerning sun’iy
yo’ldoshli aloqani mavjud uyali aloqaga qo’shimcha tarzda ishlatish. Masalan,
standartlarning bir-biriga mos kelmaganida yoki qandaydir favqulotdagi
vaziyatlarda roumingni ta’minlash uchun;
- statsionar simsiz aloqa (fixed wireless), masalan, simli aloqa bo’lmagan
kamaholi hududlarda.
Shunday qilib, Yerning sun’iy yo’ldoshli mobil aloqa uyali aloqaga raqib
emas, balki u bilan yetarlicha uzviy bog’langan. Barcha Yerning sun’iy yo’ldoshli
mobil aloqa tizimlarida uyali aloqa bilan integratsiyaning yetarlicha yuqori darajasi
ko’zda tutilgan. Xususan, Yerning sun’iy yo’ldoshli mobil aloqa tizimlariga
mo’ljallangan abonent terminallaridan tashqari ikkita rejimli terminallarni yaratish
ko’zda tutilgan. Bu terminallar Yerning sun’iy yo’ldoshli mobil aloqa tizimida va
ixtiyoriy uyali standartlarning birida ishlashga mo’ljallangan.
Yerning sun’iy yo’ldoshli mobil aloqa davrigacha katta masofaga radioaloqa
qanday amalga oshirilar edi? Ayniqsa, iqtisodiy va texnik sabablarga ko’ra masofaga
simli
aloqani yaratish foydasiz, yoki qiyin edi. Bu hollarda olis aloqa radioreley
tizimlari yordamida amalga oshirilar edi.
Radioaloqa liniyasi bir necha yoki ko’pgina bo’laklardan iborat bo’lishi
mumkin va bo’laklar doirasida radiosignallarni uzatish qabul qiluvchi-uzatuvchi
uskunalarning komplekti yordamida ta’minlanadi. Signallarni bir punktdan ikkinchi
punkt qabul qiladi, kuchaytiradi va uchinchi punktga uzatadi, u erda kuchaytiriladi
va to’rtinchi punktga uzatiladi va h. Radioaloqa liniyasining bunday qurilishi
aloqaning radioreleyli liniyasi deb ataladi. 4.1-rasmda
aloqaning radioreleyli
liniyasining struktura sxemasi, 4.2-rasmda esa shartli tasvirlanishi keltirilgan.
4.3-rasm. Aloqaning Yerning sun’iy yo’ldoshli liniyasi
Yerning sun’iy yo’ldoshli aloqa tizimining (YSYAT) ishlash prinsipi Yerning
sun’iy yo’ldosh retranslyatoridan (YSYR) foydalanishga asoslangan. YSYR orqali
Yerdagi stansiyalar (YS) orasida aloqa ta’minlanadi (4.4-rasm).
4.4-rasm. Yerdagi stansiyalar orasida aloqaning ta’minlanishi
Yerning sun’iy yo’ldoshli aloqaning vazifasiga bog’liq holda Yerda,
atmosferada yoki kosmosda joylashgan punktlar birlashtiriladi. Ushbu punktlarning
har birida odatda qabul qiluvchi-uzatuvchi bog’langan radiostansiya (bir kanalli yoki
ko’p kanalli) o’rnatiladi, Yerning sun’iy yo’ldoshlarida esa abonentlardan
radiosignallarini oluvchi va bu signallarni boshqa abonentlarga retranslyasiyalovchi
YSY translyatorlari o’rnatiladi. Oddiy holda retranslyasiya
kirish signallari
quvvatini kuchaytirishdan va ular spektrlarini boshqa eltuvchi chastotalarga
o’tkazishdan iborat bo’ladi. Ammo Yerning qator sun’iy yo’ldoshli aloqa tizimlarida
YSYRlarida turli tizimlar orasidagi chaparastani kamaytirish va tizimning xalallarga
bardoshligini oshirish maqsadida signallarning murakkab ishlanishi amalga
oshiriladi. Umumiy holda, barcha punktlar (abonentlar)
orasida sifatli aloqani
ta’minlash uchun YSYRlarni turli orbitalarda aylanuvchi bir necha YSYlarida
joylashtirishga to’g’ri keladi.
Yerning sun’iy yo’ldoshli aloqa tizimlari abonentlarga xizmat ko’rsatishning
globallik va universallik darajasi bo’yicha farqlanadi. Bunday tizimlarning globallik
darajasi xizmat ko’rsatish zonaning mansubligi va o’lchami orqali, tizim
universalligi esa abonentlar kategoriyalari nabori va taqdim etiluvchi aloqa
turlarining soni orqali xarakterlanadi.
Mansubligi bo’yicha Yerning sun’iy yo’ldoshli aloqa tizimlari xalqaro, milliy,
korporativlarga bo’linadi. Xizmat ko’rsatish zonasi bo’yicha Yerning sun’iy
yo’ldoshli aloqa
tizimlari global, regional zonalarga bo’linadi.
Yerning sun’iy yo’ldoshli aloqa tizimlarida axborotning quyidagi turlarini
uzatish amalga oshiriladi:
- televidenie va ovozli radioeshittrish dasturlari va davriy xarakterli simpleks
xabarlarni;
- telefon, faksmil, telegraf xabarlarni, videokonferensiyalarni.
YS larning turi va Yerning sun’iy yo’ldoshli tizimning vazifalariga bog’liq
holda radioaloqaning quyidagi xizmatlari farqlanadi:
- Yerning sun’iy yo’ldoshli tizimning belgilangan xizmati – Yerning bitta yoki
bir necha sun’iy yo’ldoshi ishlatilganida belgilangan punktlarda joylashgan Yerdagi
stansiyalar orasidagi radioaloqa rejimiga mos keladi;
- Yerning sun’iy yo’ldoshli ko’chma xizmati Yerning
bitta yoki bir necha
sun’iy yo’ldoshi ishlatilganida Yerdagi ko’chma stansiyalar orasidagi radioaloqa
rejimiga mos keladi;
- Yerning sun’iy yo’ldoshli radioeshittirish xizmati - radioaloqaning sirkulyar
rejimiga mos keladi.