Qoplash maydoni - ushbu texnologiyaning asosiy afzalligi. Uyali operator
bazaviy stansiyaning bitta vishkasi bitta kvartal yoki mikrorayonga teng hududni
qoplaydi. Shunday bo’lsa ham, ma’lumotlar barcha foydalanuvchilarga birdaniga
uzatiladi. Abonent unga atalgan muayyan ma’lumotlar kanalidan foydalanish uchun
o’zining elektromagnnit to’lqinini (eltuvchi to’lqinini) identifikatsiyalashi lozim.
Ushbu eltuvchi to’lqin parametrlarini Yerning sun’iy yo’ldoshli Internet
provayderi taqdim etadi. Bu parametrlar quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- eltuvchi chastotani (MGs);
- simvol tezligini (Kbit/s);
- elektromagnit to’lqinining qutblanish turini (o’ng/chap, vertikal/gorizontal).
Undan
tashqari,
bitta
eltuvchi
chastotada,
odatda,
bir
necha
foydalanuvchining ma’lumotlari bo’ladi. Ularni identifikatsiyalash uchun maxsus
identifikatorlar (PID, LID) va qabul qilish kartasining (resiverning) MAC adresi
ishlatiladi.
Yanada ishonchli bog’lanishni tashkil etish uchun maxsus dasturlar
(akseleratorlar) ham ishlatiladi. Bu dasturlar trafikni shifrlash bilan bir qatorda uni
zichlashtiradi. Natijada Yerning sun’iy yo’ldoshining chastota resurslari tejaladi va
ma’lumotlarni uzatish tezligi oshadi.
4.8-rasm. Yerning sun’iy yo’ldoshli Internetni tashkil etish sxemasi
Mutaxassislar Yerning sun’iy yo’ldoshli Internetga ulanishning ikkita usulini
ajratishadi: simmetrik va asimmetrik. Bunday farqlash, aavalo trafikni uzatishning
kiruvchi (Internetdan) va chiquvchi (Internetga uzatish) kanallarini tashkil etish
bilan bog’liq.
Internetdan