simmetrik
foydalanishda ma’lumotlar Yerning sun’iy
yo’ldoshidan bitta antenna va ikkita (yoki bitta) peredatchik yordamida uzatiladi.
Ulanishning ushbu turi iqtisodiy nuqtai nazaridan ommaviy tus olmagan.
Internetdan
asimmetrik
foydalanishda Yerning sun’iy yo’ldoshi
orqali faqat
kiruvchi ulanish ishlatiladi (ya’ni, antenna uchun
faqat arzon priyomnik talab
etiladi), chiquvchi ulanish esa Yerdagi ixtiyoriy aloqa kanali orqali tashkil etiladi.
Ulanishning ushbu turining samaradorligini foydalanuvchining
Internetga tez-tez
murojaati
bilan tushuntirish mumkin, ya’ni oddiy
foydalanuvchi Internetga
ko’pincha qisqa so’rovlar yuboradi, Internetdan esa ma’lumotlarning katta hajmini
oladi.