Reja: jk triggerlar va ularning ishlash prinsipi




Download 141 Kb.
bet1/4
Sana30.05.2024
Hajmi141 Kb.
#257380
  1   2   3   4
Bog'liq
eliktronika mustaqil ish 2


JK va RS triggerlarning elektronik tavsivi.


Reja:

1. JK – triggerlar va ularning ishlash prinsipi


2. Universal JK-triggerlar
3. Asinxron RS trigger

1. JK-triggerlar va ularning ishlash prinsipi


JK-triggerlar (ing. Jerk-tezkor yoqish, Kill-tezkor o‘chirish) RS triggerdan farqi shundaki, agar RS triggerlarning kirish yo‘liga R=1 va S=1 signallari berish taʼqiqlangan bo‘lsa, JK –triggerlar kirish yo‘lidagi birlik signallarda u o‘z holatini teskarisiga o‘zgartiradi. Jadvalda JK-triggerning o‘tish qonuniyati, shuningdek uning vaqt diagrammasi hamda funksional sxemasi keltirilgan.
Sxemada «S” kirish yo‘liga impulsning oldingi fronti berilsa, unda birinchi sinxron RS- trigger ishlaydi. RS triggerning chiqish yo‘lidagi qiymatlari J va K kirish yo‘llari qiymatlari bilan belgilanadi. Ikkinchi RS- trigger saqlash rejimida bo‘ladi. «S” kirish yo‘liga sinxroimpuls-ning orqa fronti berilsa, birinchi RS-trigger ikkilik kodni saqlash rejimiga o‘tadi. Uning chiqish yo‘lidagi qiymati ikkinchi RS-triggerga o‘tadi.
O‘tish jadvali
S
J K Qt+1 Izoh
0 * * Qt Saqlash
1 0 0 Qt 1-ni o‘rnatish
1 1 0 1 1-ni o‘rnatish
1 0 1 0 0-ni o‘rnatish
1 1 1 Qt Inversiya
2. Universal JK-triggerlar
Universal JK-triggerning xususiyati shundaki, u D, T i RS-triggerlar sifatida ishlatilishi va ularning funksiyalarini bajarishi mumkin. Quyidagi sxemalarda JK-triggerni D, T i RS-triggerlar sifatida qo‘llash sxemalari keltirilgan.
Cinxron RS-trigger
Asinxron T-trigger


Trigger - ikkita teng kuchli, alternativ turg‘un holatga ega bo‘lgan (0 yoki 1) va axborotni yozish, saqlash va uzatish uchun xizmat qiladigan qurilmadir.
Boshlang‘ich signallar ta’sirida trigger bir turg‘un holatdan ikkinchisiga o‘tishi mumkin. Odatda trigger ikkita chiqish yo‘liga ega: birinchisi to‘g‘ri chiqish yo‘li deyiladi va Q bilan belgilanadi. Ikkinchi chiqish yo‘li teskari chiqish yo‘li deyiladi va bilan belgilanadi.
Triggerning kirish yo‘llarining soni uning bajariladigan funksiyasiga bog‘liq. Axborotlarni yozish bo‘yicha triggerlar 2 ga bo‘linadi:

  • asinxron triggerlar;

  • sinxron triggerlar.

Asinxron triggerlarda axborotning o‘zgarishi uchun istalgan paytda kirish signallarining berilishi bilan o‘zgaradi.


Sinxron triggerlarning chiqish yo‘lida signallarning o‘zgarishi uchun uning kirish yo‘liga qo‘shimcha sinxrosignal (boshkarish signali) berish kerak. Aks holda bunday triggerlarda axborotlarni yozib bo‘lmaydi.
EHM qurilmalarida turli funksional imkoniyatlarga ega bo‘lgan triggerlar qo‘llaniladi. Lekin barcha sxemalarning asosini asinxron RS trigger tashkil etadi.




  1. Download 141 Kb.
  1   2   3   4




Download 141 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: jk triggerlar va ularning ishlash prinsipi

Download 141 Kb.