|
4-mustaqil ish Optik kuchaytirgich va uni ng turlari
|
bet | 1/14 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 112,91 Kb. | | #250279 |
Bog'liq 4-mustaqil
4-mustaqil ish
Optik kuchaytirgich va uni ng turlari
Yuqorida ta’kidlanganidek, uzoq masofaga mo‘ljallangan katta uzunlikdagi, chunonchi, magistral va mintaqaviy, shuningdek, tarmoqlangan lokal tolali optik aloqa tizimlarida yorug‘lik oqimining tolali uzatishda yutilish va sochilishi tufayli muayyan masofadan so‘ng intensivligi susaygan optik signalni kuchaytirish zaruriyati tug‘iladi. Bu masala optik kuchaytirgichlar yordamida hal etiladi.
Tolali optik kuchaytirgichlarning bir necha turi mavjud. Ulardan ba’zilari bitta to'lqin uzunligini yoki bir necha tohqin uzunligi (bir necha kanal)ni kuchaytirish uchun xizmat qilsa, boshqalari bir vaqtning o‘zida to‘lqin uzunliklarining keng oralig‘idagi ko‘p sondagi kanallarni kuchaytirish imkonini beradi (5.1-jadval).
5.1-jadval
Optik kuchaytirgichlarnig turlari va qo‘llanish sohalari
№
|
Optik kuchaytirgichning turlari
|
Qo‘Ilanish sohalari
|
1
|
Fabri-Pero bo‘shlig‘ili kuchaytirgich
|
1 ta kanal (to‘lqin uzunligi) ni kuchaytirish uchun foydalanish mumkin
|
2
|
Optik toladagi Brillyuen sochilishidan foydalanishga asoslangan kuchaytirgich
|
1 ta kanal (to'lqin uzunligi) ni kuchaytirish uchun foydalanish mumkin
|
3
|
Optiktoladagi Raman sochilishidan foydalanishga asoslangan kuchaytirgich
|
Bir necha kanal (to'lqin uzunligi) ni kuchaytirish uchun foydalanish mumkin
|
4
|
Aralashmali optiktola asosidagi kuchaytirgich
|
Bir vaqtning o'zida to‘lqin uzunlik- larning keng oralig‘ida ko‘p sondagi kanallarni kuchaytirish uchun foydalanish mumkin
|
5
|
Yarimo'tkazgichli optic kuchaytirgich
|
Bir vaqtning o'zida to'lqin uzunliklar- ning keng oralig‘ida ko‘p sondagi kanallarni kuchaytirish uchun foydalanish mumkin
|
|
| |