• Aralashmali tolali optik kuchaytir­gichlar Raman kuchaytirgichi
  • Damlash lazerining parametrlari
  • Optik signallarni regeneratsiyalash. Regeneratorning tuzilishi va ish prinsipi
  • Raqamli retranslyator-regeneratoming umumlashgan tuzilish sxemasi
  • Regeneratorning tuzilish sxemasi
  • Regenerator ishining vaqt diagrammast
  • Raqamli TOATda regenerator qo‘llanilgan optik liniya traktining tuzilish sxemasi
  • Raqamli TOATda optik kuchaytirgich (OK) qo‘llanilgan. optik liniya traktining umumlashgan tuzilish sxemasi
  • Optik kuchaytirgichlar paramemetrlarining qiyosiy tavsifi




    Download 112,91 Kb.
    bet7/14
    Sana22.05.2024
    Hajmi112,91 Kb.
    #250279
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
    Bog'liq
    4-mustaqil

    Optik kuchaytirgichlar paramemetrlarining qiyosiy tavsifi




    Optik kuchaytirgichlarning turi

    Parametrlaming nomi

    Aralashmali tolali optik kuchaytir­gichlar

    Raman kuchaytirgichi

    Yarimo‘t- kazgichli kuchay- tirgich




    Optik parametr

    Kuchaytirish sohasi
    Kuchaytirish koeffitsiyenti

    1530-1570
    30-45

    1300-1330, 530-1570
    4-8 (Pk. =100-200 mWda) 17-30
    (Pkir=l mWda)

    940-960, 1300-1330, 1530-1570 25

    Kuchaytirish koeffitsiyentining noteksligi, dB To‘yinish quvvati P,. ,. W chiq.to y,
    Shovqin koeffitsiyenti nf, dB

    ±0,3
    0,8-0,9
    3- 5

    + 0,8
    Bir nechaW
    2-3

    ±0,5
    8 mW
    5,8-6

    Damlash lazerining parametrlari

    Damlash to'lqin uzunligi
    Damlash oralig'i (polosasi), mkm

    965
    1x100

    1060 (1300 nm li signalni kuchaytirish uchun)
    1320 yoki 1443 (1550 nmli signalni kuchaytirish uchun)




    Elektr parametrlari

    Ishchi kuchlanish, V Damlash toki, mA Iste’mol quwati W (20°C da)

    5-7
    12

    ~10

    1,5(2,25- 5) 150-300 2-255

    Umumiy tavsiflari

    0‘lchamlari, nm Og'irligi, kg

    115x12x165 0,3




    37x18x15 0,05


    Optik signallarni regeneratsiyalash.


    Regeneratorning tuzilishi va ish prinsipi



    rasmda Retranslyator-regeneratorning umumiy tuzilish prinsipi keltirilgan [5].


    OK


    -(^^[OEO7


    QQF\










    SAB I


    -rasm. Raqamli retranslyator-regeneratoming umumlashgan
    tuzilish sxemasi



    Sxemada:
    OK — optik kabel (stansiya yoki liniya kabeli);
    0E0‘ — optoelektron o'zgartirgich. Optik signalni elektr signaliga o‘zgartiradi. OEO‘ sifatida p-i-n fotodiodi yoki ko‘chkili fotodiod ishlatiladi; t
    DK — dastlabki kuchaytirgich;
    AK — amplituda korrektori, optik kabelda birinchi navbatda dispersiya tufayli hosil bo‘ladigan buzilishlami qisman bartaraf etadi; Q.QF — qabul qiluvchi filtr, foydali chastota oralig‘idan tashqaridagi shovqin va buzilishlami bartaraf etish maqsadida signal spektriga bog'liq ravishda chastota oralig‘ini chegaralaydi;
    SAB — sathni avtomatik boshqamvchi qurilma, elementlarning eskirishi, harorat ta’siri natijasida kabel va OEO‘ xususiyatlarining o‘zgarishidan regenerator kirishidagi signallar o‘zgarganida bu signallar sathining doimiyligini ta’minlaydi;




    BQ — boshqaruvchi qurilma, SAB qurilmasidan berilayotgan signallar ta'sirida OEO‘ uzatish parametrlari o‘zgarishini ta’min- laydi;
    Reg — regenerator, elektr impuislari shaklini tiklaydi;
    EOO‘ — elektron optik o‘zgartirgich, elektr impuislari ketma- ketligini optik impulslar ketma-ketligiga o‘zgartiradi. EOO‘ sifatida yorug‘lik yoki lazer diodlari qo‘llaniladi.
    11.1 -rasmdagi raqamli retranslyatorning asosiy elementi regene-





    11.2-rasm. Regeneratorning tuzilish sxemasi


    Sxemada:
    CHK — chegaralovchi kuchaytirgich;
    KAB — kuchayishni avtomatik boshqaruvchi qurilma;
    CHQ — chegaralovchi qurilma;
    HQQ — hal qiluvchi qurilma;
    TCHA — taktii chastota ajratkich;
    SHQ - shakllantiruvchi qurilma.
    Bu elementlarning vazifalarini regenerator ishining vaqt diagram- masidan ko‘rish mumkin (11.3-rasm) [5]. Bu rasmdagi 1-6- signallar 11.2-rasmda tasvirlangan regeneratorning 1 — 6-nuqtala- ridagi signal ko‘rinishlaridir.
    Regenerator ishini ko‘rib chiqamiz.
    QQF chiqishidan (11.1-rasm) signallar chegaralovchi kuchay- tirgichga (1) tushadi. CHK KAB sxemasidan ham boshqariladi. KAB HQQ yordamida «1» va «0» impulslarni to‘g‘ri hal qilish uchun signal sathining doimiyligini qo‘shimcha ravishda saqlab turadi. CHKda signallar kuchaytiriladi va buzilishlarni ma’lum bir




    qismini bartaraf etish maqsadida signallarning amplitudalari chega- ralanadi (2). CHK chiqishidan signal CHQ va TCHA kirishiga tushadi. Signal sathi Uciieg dan oshsagina CHQ chiqishida signal hosil bo‘ladi (3). TCHA chiqishidan HQQ kirishiga (4) fj=\/T taktli chastota impulslarining davriy ketma-ketligi uzatiladi, bunda T-impulslar ketma-ketligining daVri.
    Agar HQQning birinchi kirishiga CHQ chiqishidan axborot signallari ketma-ketligi (3), ikkinchi kirishiga taktli impulslar ketma- ketligi (4) berilsa va ular bir-biri bilan mos tushsa, HQQ chiqishida ma’lum amplituda va davriylikka ega impulslar hosil bo‘ladi (5). Bu impulslar SHQga uzatiladi. SHQda impulslar shakli to!liq regeneratsiyalanib, boshlang‘ich signallarga mos keluvchi impulslar shakllanadi. So‘ng bu impulslar EOO‘ da (11.1-rasm) optik nurla- nish impulslari ketma-ketligiga o‘zgartiriladi.





    11.3-rasm. Regenerator ishining vaqt diagrammast


    Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, TCHA ishining xatoliklari tufayli hosil bo‘ladigan fazalar titrashini kamaytirish maqsadida TCHA




    chiqishidagi impulslarning davriy ketma-ketligi (4) CHQ chi- qishidagi to‘g‘rilangan impulslar fazasi bilan albatta tenglashtiriladi.
    Chegaralovchi qurilma va chegaralovchi kuchaytirgich regenera­torning asosiy elementlari hisoblanib, uning shovqindan himoya- langanligini ta’minlaydi, chegaraviy kuchlanish muayyan qiymatda kuchaytirishning aniq o‘rnatilishini talab etadi.
    Chegaraviy kuchlanishning o‘zgarishi regeneratorning shovqin- bardoshliligini kamaytiradi, bu chegaralovchi kuchaytirgich (CHK) chiqishidagi to‘g‘rilangan impulslarning maksimal qiymati va chegaralovchi qurilmaning chegaraviy kuchlanishi orasidagi optimal nisbatning buzilishiga olib keladi.
    Bunday optimal nisbatni doimiy ushlab turish uchun rege- neratorlarda KAB qurilmasi qo‘llaniladi.
    Regeneratorlarning yuqorida aytib o‘tilgan imkoniyatlari tufayli signallar to‘liq qayta tiklanadi, shovqinlarning ta’sir qilishi yo‘qoladi, aloqa sifati yaxshilanadi va shovqindan himoyalanganlik ortadi.
    Hozirgi vaqtda optik nurlanishni raqamli signal bilan bevosita modulyatsiyalash va to‘g‘ridan-to‘g‘ri detektorlash amalga oshiri- ladigan raqamli TOA tizimlari keng tarqalgan.
    11.4-rasmda raqamli TOATning regenerator qo'llanilgan optik liniya trakti (OLT)ning umumlashgan tuzilish sxemasi 11.4-rasmda ko'rsatilgan [5].





    11.4-rasm. Raqamli TOATda regenerator qo‘llanilgan optik liniya
    traktining tuzilish sxemasi





    Rasmda ROSHA — berilgan uzatish tezlikdagi raqamli oqimlarni shakllantirish apparaturasi (raqamli uzatish tizimlarining apparaturasi);
    Ko‘uz va Ko‘qq — mos ravishda uzatishga qabul qilishdagi kod o'zgartirgichlar, Ko‘uz ning vazifasi raqamli TOATning shovqin- bardoshli liniya signalini shakllantirish;
    UzOM va QQOM — mos ravishda uzatuvchi va qabul qiluvchi optik modullar, elektrik signallarni optik signallarga aylantirish vazifasini bajaradi va aksincha;
    XTQRP va XTQyRP — mos ravishda xizmat talab qiladigan va xizmat talab qilmaydigan regeneratsiyalash punktlari;
    OLT-O — oxirgi punktning optik liniya trakti.
    Raqamli TOA tizimida optik kuchaytirgich (OK) qollanilgan optik liniya trakti (OLT)ning umumlashgan tuzilish sxemasi esa quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi (11.5-rasm).








    11.5-rasm. Raqamli TOATda optik kuchaytirgich (OK) qo‘llanilgan.
    optik liniya traktining umumlashgan tuzilish sxemasi



    Raqamli TOAT liniya traktining oraliq qurilmasining keltirilgan tasnifi to‘liq emas va optik nurlanishning to‘lqin uzunligi bo‘yicha retranslyator turlari, qo‘llaniladigan nurlanish manbalari va qabul qilgich turlari, raqamli TOATning o‘tkazish qobiliyati va vazifasi bo‘yicha to‘ldirilishi mumkin.



    Download 112,91 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




    Download 112,91 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Optik kuchaytirgichlar paramemetrlarining qiyosiy tavsifi

    Download 112,91 Kb.