|
Liniya kodlarining turlari va ularning shakllanishi
|
bet | 9/14 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 112,91 Kb. | | #250279 |
Bog'liq 4-mustaqilLiniya kodlarining turlari va ularning shakllanishi
Raqamli TOA tizimlarining yaratilishida, bir qancha kodlar nazariy va amaliy tadqiq etilgan. 11.6-rasmda ulardan TOATda keng qo'llanish topgan ba’zi turlari keltirilgan [5].
Kodlarni aniqlash, ularning shakllanishi va bu kodlarning 90 foiz energiyasini uzatish uchun chastota polosasi kengligi 11.2- jadvalda, ularning energetik spektrlari esa 11.7-rasmda berilgan [5]. TOAT apparaturalarida qo‘llaniladigan boshlanghch kod NRZ (non return to zero — nolga qaytmaslik) kodi hisoblanadi.
11.7-rasm tahlilidan shuni aytish kerakki, bu kodlar energetik spektrda doimiy tashkil topuvchilarning mavjud bo‘lmasligi va quyi chastotali tarkib topuvchilarining kichikligi kabi talablarga javob bermaydi, RZ kodi NRZ kodiga nisbatan spektr kengligining
-rasm. Raqamli TOAT liniya kodlarining asosiy turlari
kattaligi bilan xarakterlanadi, lekin afzalligi shuki, bu holatda LD va YD vaqtidan kam ishlaydi va ularni parametrlarining degradatsiya darajasi kamayadi, bu nurlanish manbalarining ayniqsa LDning xizmat muddatini oshiradi. Shuni belgilab o‘tish joizki, NRZ kodining spektrida taktli chastotaning diskret tashkil etuvchilarining mavjud emasligi taktli chastota ajratkich qurilmasining ishlab chiqarishini murakkablashadi va regeneratorning qabul qilish qurilmalarining sinxronizatsiyasi qiyinlashadi.
Barcha optik kodlar blok ko‘rinishida bo‘lib, ularda boshlang'ich NRZ kodining har bir «/и» impulsidan liniya optik kodining «л» impulsi shakllanadi. Bunda har doim ri>m bo'lib, ortiqcha impulslar liniyaga uzatiladi. Bu liniya kodiga ortiqlik deyiladi. Bunday kod mBnB deb belgilanadi, bunda «В» (Binary — ikkilik) boshlang‘ich va liniyaga uzatiladigan kodlarning ikkilik kodi ekanligini bildiradi. Liniya kodi boshlanghch kodni uzatishga ketadigan vaqtda uzatilishi kerak. Turli optik kodlarni ko'rib chiqamiz.
|
| |