4-mustaqil ish Optik kuchaytirgich va uni ng turlari
4-mustaqil
1B2B sinfdagi biimpuls kodlarning energetik spektri 11.7- rasmda tasvirlangan, rasmdan shuni aytish mumkinki, ular liniya kodlarining spektral xarakteristikalariga qo‘yiladigan talablarga to‘liq javob beradi. Ilmiy-texnik adabiyotlarda BI-L, BI-S kodlari va ularning ba’zi modifikatsiyalari Manchester kodlari deb ataladi. Aniq tuzilishga ega bo‘lgan 1B2B sinfidagi kodlar kodlashdagi ortiqlilik, simvollar va ularning bloklari o'rtasida korrelatsion bog‘- liqliklaming mavjudligi tufayli elementlar bo‘yicha qabul qilishda nafaqat xatoliklarni topish, balki ulrani to‘g‘rilash imkonini ham yaratadi. Bu borada CMI (Coded Mark Inwersion) (11.6-rasmga va 11.2-jadvalga qarang) turdagi kod juda katta e’tiborga loyiq. CMI kodi yuqorida keltirilgan 1B2B sinfidagi kodlarga nisbatan yaxshiroq energetik spektrga ega (11,7-rasm), ya’ni energetik spekt- ri boshlang'ich raqamli signalning yarimtaktli chastotasida maksimumga ega, bu regeneratorlarning qabul qilish qurilmalarida taktli chastotaning shakllanishini osonlashtiradi. CMI kodida nisbatan oson, ortiqlilikning ma’lum bir qismi evaziga xizmat aloqasini tashkil etishi mumkin. Buning uchun odatiy rejimda «taqiqlangan» 01 (yoki 10) bloklari, shuningdek, 11 va 00 bloklarni ketma- ketligining buzilishi qo‘llaniladi. Bu imkoniyatlarni 1B2B sinfidagi boshqa kodlar ham taqdim etadi, biroq CMI kodida bu masala juda oson yechimini topadi. Liniya kodlari shakllanishining turli algoritmlari bir xil sifat ko‘rsatkichlariga olib kelishi mumkin. Bu borada 1B2B sinfiga mansub EP-1 va EP-2 elektron-foton kodlari qiziqishlami namoyon etadi (11.6-rasmga qarang). EP-1 kodi quyidagi tarzda hosil qilinadi: boshlang‘ich ketma- ketlikning «1» simvoli navbatma-navbat 11 va 00, «0» simvoli esa 10 yoki 01 bloklari bilan kodlanadi. Boshlang‘ich «0» simvoli kodlangan blokning birinchi simvoli undan oldingi blok simvolidan farq qilmaydi (11.2-jadvalga qarang). EP-2 kodining shakllanishida «1» boshlanghch ketma-ketli- gining o‘zgarishi EP-1 kodidagidek, «0» simvoli esa 10 va 01 bloklari bilan almashinib kodlanadi (11.2-jadvalga qarang). rasmda EP-1 va EP-2 elektron-foton liniya kodlarining energetik spektrlari keltirilgan. TOATda EP-1 kodiga teskari bo'lgan Miller kodi keng qo'llanish topgan. Miller kodida boshlang‘ich «0» simvoliga mos ravishda 11 va 00 bloklari, «1» simvoliga esa 01 va 10 bloklari qo‘yiladi. Bu kodda blokning birinchi elementi oldingi blokning oxirgi elementi singari bohishi kerak, boshlanghch signalning nollar ketma-ketligi
Download 112,91 Kb.
|
Bosh sahifa
Aloqalar Bosh sahifa 4-mustaqil ish Optik kuchaytirgich va uni ng turlari
|