|
Raqanili tolali optik aloqa tizimlarining
liniya kodlari
|
bet | 8/14 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 112,91 Kb. | | #250279 |
Bog'liq 4-mustaqilRaqanili tolali optik aloqa tizimlarining
liniya kodlari
Liniya kodlariga qo‘yiladigan talablar
Raqamli uzatish tizimlarining analog-raqamli qurilmasining kod- lash qonuniga muvofiq, raqamli oqimlarni shakllantirish appara- turasi (11.4 va 11.5-rasmlarga qarang) chiqishidagi signal bir qutbli impulslar ketma-ketligidan iborat bo'ladi. So‘ng bu signal Ko‘Uz ga tushadi, bunda u elektrik impulslari faqat musbat bir («1») yoki nol («0») bo'lishi mumkin bo‘lgan, liniya kodiga o'zgartiriladi. Bu kodning parametrlari optik tolaning uzatish parametrlari bilan maksimal muvofiqlashgan bo'lishi kerak. Bu signal UzOMda optik nurlanishning intensivligi yoki quwatini modulyatsiyalab (optik tashuvchi bilan modulyatsiyalanib), raqamli optik signalning liniya kodini shakllantiradi. Optik liniya kodi faqat bir qutbli bo'ladi, ya’ni impulslari faqat musbat yoki nol bo'lishi mumkin (manfiy fotonlar bo‘lmaydi).
Liniya kodini tanlashga ikki sinf omillari ta’sir etadi:
kodning yuqori shovqin bardoshliligi, berilgan uzatish sifatida liniyadagi optik signalning minimal quwatini aniqlaydi;
liniya kodining shakllantirish qurilmasini texnik realizatsiya qilishning soddaligi.
Liniya kodini tanlashdagi asosiy mezonlar quyidagilar:
Signalning energetik spektri G (f) yetarlicha tor bo‘lishi kerak, bundan maqsad raqamli TOATning qabul qiluvchi qurilmalarining va OTning polosa.kengligini toraytirish, shuningdek, OTning dispersion buzilishlari ta’sirini, liniya va stansiya regeneratorlarining hal qiluvchi qurilmalari kirishidagi issiqlik va drob shovqinlari ta’sirlarini kamaytirish.
Liniya kodining energetik spektri tarkibida doimiy tashkil topuvchilarning bo'lmasligi va quyi chastotalarda kichik qiymatga ega bo‘lishi kerak. Birinchi talab, TOAT liniya traktining aktiv elementlarining kuchlanish ta’minotining yuqori aniqlikda o‘ma- tishni ta’minlash kerakligi bilan tushuntiriladi. Ikkinchi talab, uzatish traktining chastota polosasini pastdan chegaralanishidan yuzaga keladigan, simvollararo halaqitlarni kamaytirish bilan bog'liq.
Energetik spektri yuqoridan chegaralangan bo‘lishi zarur, bu uzatish traktining chastota polosasini yuqoridan chegaralanishi- dan yuzaga keladigan, simvollararo halaqitlarni kamaytirish imkonini beradi.
Raqamli TOATning liniya kodlarining tuzilishi regenera- torlarning taktli sinxronizatsiya impulslarini shakllantirish uchun raqamli signal tarkibidan taktli chastotani osongina ajratib olishni ta’minlashi kerak.
Liniya kodining tuzilishi quyidagilarni ta’minlashi kerak: yuqori shovqin bardoshlilikni, bu regeneratsiyalash uchastkasi uzun- ligini oshirish va bu bilan raqamli TOATning texnik-iqtisodiy ko‘r- satkichlarini oshirish imkonini yaratadi; uzatish sifati va aloqani uzmasdan liniya trakti qurilmalari sozligini nazorat qilishni; kodlash va dekodlash qurilmalarini ishlab chiqarish va ekspluatatsiyasi soddaligini ta’minlashi kerak. Va nihoyat, liniya kodi impulslarining ko'rinishi elektro-optik va opto-elektron o‘zgartirgichlar, shuning- dek, OTning optik uzatish xarakteristikalariga mos bo‘lishi kerak. Yuqorida keltirilgan talablarning to‘liq hajmdagi yig'indisiga hech qaysi kod to‘laqonli javob bermaydi. Shuning uchun, TOATning element bazasi, optik to‘lqin uzunligi diapazonning xususiyatlarini e’tiborga olgan holda, optimal xarakteristikalarga erishish mumkin bo'lgan liniya kodi turi tanlanadi.
|
| |