|
Haroratni o’lchash va nazorat qilishni optoelektron o’zgartirgichlar yordamida nazorat qilish
|
bet | 1/5 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 468,86 Kb. | | #107353 |
Bog'liq Farg’ona viloyati Politexnika instituti.pdf Haroratni o’lchash va nazorat qilishni optoelektron o’zgartirgichlar yordamida nazorat qilish. Bajardi: KLT fakulteti TJICHAB yo’nalishi 46-21 guruh talabasi Halilova Muslimaning MS va MSM fanidan tayyorlagan slaydi. REJA: - 1.Harorat haqida umumiy tushuncha.
- 2.Optoelektronika haqida tushuncha.
- Harorat-sanoatda texnologik jarayonlarni nazorat qilish va tartibga solishning eng muhim parametrlaridan biri (masalan, kolbasa mahsulotlarini issiqlik bilan ishlov berish, sutni pasterlash, konservalarni sterillash va boshqalar.) hisoblanadi. Mahsulot qayta ishlanadigan haroratni o‘lchash oralig‘i -60 dan 300 °С gacha bo‘ladi. Sanoatdagi texnologik jarayonlar, issiqlik va issiqlik massa almashinuvini uzatish jarayonlarining xilma-xilligi, shuningdek mikrobiologik jarayonlar haroratni o‘lchash uchun turli xil texnik vositalardan foydalanishni talab qiladi. Ishlash prinsipiga qarab haroratni o‘lchash qurilmalari quyidagicha tasniflanadi: kengaytirish termometrlari (suyuqlik, dilatometrik, bimetallik); manometrik termometrlar; termoelektrik o‘zgartirgichlar; qarshilik termometrlari, pirometrlar.
- Harorat deganda (temperaturaga – tegishli muhit harorati) termodinamik tizimni tavsiflovchi va issiq organlar (jism, tana) miqdor darajalarini har xil intuitiv tushunchasini ifodolovchi fizik miqdor tushuniladi
Amaldagi xalqaro kelishuvlarga ko‘ra, hozirda deyarli butun dunyo bo‘ylab XHSh-90 umumiy qabul qilingan va yuqorida ham aytib o‘tilgan termodinamik harorat uchun aynan ushbu harorat shkalasi asos qilib olingan. Xalqaro harorat shkalasi haroratni o‘lchash bo‘yicha butun dunyo mamlakatlari uchun yagona bo‘lgan qoidalar majmui bo‘lib, haroratni o‘lchash usullari va asboblarining barcha mamlakatlar uchun yagona standartda bo‘lishi, hamda, o‘lchov asboblarining sozlanishi va sinov-sertifikatlash ishlaridan o‘tkazilishi bir xil bo‘lishini belgilaydi. Masalan, XHSh-90 ga muvofiq sozlangan harorat o‘lchash asbobi, aytaylik, oddiy termometr bilan suvning muzlash harorati belgilansa, u o‘zbekistonda ham, Avstraliyada ham, Antarktidada ham bir xil - 0 ºC chiqishi kerak. Shu tarzda, amaliy ehtiyoj uchun bajarilgan o‘lchash natijalarini, mutlaq harorat shkalasi - termodinamik haroratdagi qiymatiga maksimal yaqinlashtirib olishga uriniladi. - Amaldagi xalqaro kelishuvlarga ko‘ra, hozirda deyarli butun dunyo bo‘ylab XHSh-90 umumiy qabul qilingan va yuqorida ham aytib o‘tilgan termodinamik harorat uchun aynan ushbu harorat shkalasi asos qilib olingan. Xalqaro harorat shkalasi haroratni o‘lchash bo‘yicha butun dunyo mamlakatlari uchun yagona bo‘lgan qoidalar majmui bo‘lib, haroratni o‘lchash usullari va asboblarining barcha mamlakatlar uchun yagona standartda bo‘lishi, hamda, o‘lchov asboblarining sozlanishi va sinov-sertifikatlash ishlaridan o‘tkazilishi bir xil bo‘lishini belgilaydi. Masalan, XHSh-90 ga muvofiq sozlangan harorat o‘lchash asbobi, aytaylik, oddiy termometr bilan suvning muzlash harorati belgilansa, u o‘zbekistonda ham, Avstraliyada ham, Antarktidada ham bir xil - 0 ºC chiqishi kerak. Shu tarzda, amaliy ehtiyoj uchun bajarilgan o‘lchash natijalarini, mutlaq harorat shkalasi - termodinamik haroratdagi qiymatiga maksimal yaqinlashtirib olishga uriniladi.
|
| |