Mavzu:Qad-qomatning shakllanishi.
Darsning ta’limiy maqsadi:
O’quvchilarda qad-qomatning shakllanishi, tabiiy egilishlar, qad-qomatning shakllanishidagi kamchiliklar ,ularning kelib chiqishining oldini olish ,qad-qomatning 18 yoshgacha shakllanishi to’g’risida o’quvchilarda bilim, ko’nikma, malakalarni hosil qilish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi:
O’quvchilarda ekologik tarbiyani,axloqiy fazilatlarni shakllantirish. Jamoada ishlash, o’zgalar fikrini hurmat qilish kabi fazilatlarni tarbiyalash.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi:
O’quvchilarning qad-qomat to’g’risidagi bilimlarini rivojlantirish, duyoqarashini kegaytirish, fikrlash qobiliyati va nutqini o’stirish.
Dars turi:
Aralash dars.
Darsda foydalaniladigan texnologiyalar:
“Aqliy hujum”,”Klaster”, “Venn diagrammasi”, test savollari, tarqatma materiallar.
Darsda foydalaniladigan jihozlar:
Texnik vositalar, bukletlar, rasimlar, plakat, darslik.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism. 3-4 daqiqa.
O’qituvchi o’quvchilar bilan salomlashadi. Sinfdagi navbatchi o’quvchidan davomatni aniqlaydi va sinf jurnaliga qayd etadi. Sinf xonasi va o’quvchilarning darsga tayyorligini aniqlaydi.Mamlakitimizda va jahonda fan sohasida bo’layotgan yangiliklar bilan o’quvchilarni xabardor qiladi. O’quvchilardan ham fikrlarini so’raydi.
O’tilgan mavzuni so’rash: 15daqiqa.
O’qituvchi “Aqliy hujum”dan foydalanib o’quvchilarga o’tilgan mavzudan umumiy savollar bilan murojaat qiladi.
Savollar:
1.Muskullarni harakatga keltiruvhi nerv hujayralari nima deyiladi?
2.Skelet muskullari necha xil ish bajaradi?
3. Muskulning statik ishiga misol ketiring.
4.Muskullarning dinamik ishiga misol keltiring.
5.Muskul necha xil sababga ko’ra charchaydi?
6.Muskul kontrakturasi deganda nimani tushunasiz?
“Aqliy hujum”dan keyin o’qituvchi doskaga ikki nafar o’quvchini chiqaradi.Ular doskada “Skelet tuzilishi”, “Skelet tarkibi”, “Muskullar” mavzularida “Klaster” usulda ishlaydilar.Bu vaqtda o’tirgan o’quvchilardan darsda faol qatnashmaydigan o’quvchilar tanlab olinadi va ularga kartochkalar tarqatiladi.Kartochka quyidagi savollardan tashkil topgan bo’lishi mumkin.
1-Kartochka.
Motoneyronlarning nerv markazlari qayerda joylashgan?
2-Kartochka.
Muskullarning qanday xillarini bilasiz?
3-Kartochka.
Skelet muskullari qanday bo’limlarga bo’lib o’rganiladi?
4-Kartochka.
Bosh muskullariga qaysi muskullar kiradi?
5-Kartochka.
Ko’krak qafasi muskullari qanday funksiya bajaradi?
6-Kartochka.
Muskullarning statik va dinamik harakatiga ta’rif bering.
O’quvchilar yuqoridagi kartochka savollariga javob topgunlaricha doskada bir o’quvchi o’tilgan mavzuni og’zaki gapirib beradi. “Klaster” usulda doskada ishlagan o’quvchilar o’z fikrlarini asoslab beradilar va baholanadilar. Kartochkalarga tayyor bo’lgan o’quvchilar navbat bilan javob beradilar va baholanadilar.
Yangi mavzu bayoni. 15 daqiqa.
Qad-qomat deb odam tanasining o’zi odatlangan holatda erkin tutishiga aytiladi. Yangi tug’ilgan chaqaloqlarda tabiiy egilishlar bo’lmaydi. Bola o’sib borgan sari uning umurtqa pog’onasining bo’yin va bel qismida oldinga, ko’krak va dumg’aza qismida orqaga egilishlar hosil bo’ladi. Bu tabiiy egilishlar hisoblanadi. Odamning qad-qomati 18 yoshgacha shakllanadi.Qad-qomatning shakllanishida quyidagi kamchiliklar uchraydi: egilgan, kekkaygan, lordotik, kifotik, skoliotik qad-qomat. Qad-qomat shakllanishidagi kamchiliklar nafaqat tashqi ko’rinishga, balki ichki organlar joylashuviga ham ta’sir ko’rsatadi. Odam spot va jismoniy mashqlar bilan shug’ullanganda tez charchaydi, nafas qisadi, yurak urishi tezlashadi. Qad-qomat to’g’ri rivojlanishi uchun yoshlikdanoq gigiyena qoidalariga rioya qilmog’I lozim. Buning uchun bolani erta yurgizmaslik, o’tqizmaslik, bir qo’lidan yetaklamaslik kerak. Yassioyoqlik. Oyoq kaftining o’yig’I tananing ressori hisoblanadi, ya’ni tana massasi oyoqning hamma joyiga teng taqsimlanadi. Oyoq kaftida gumbazning ko’payib, o’yig’ning kamayishi yassioyoqlik deyiladi.Yassioyoqlik tug’ma va orttirilgan bo’ladi. Tug’ma bo’lsa nasldan-naslga o’tadi yoki ona qornida rivojlanish jarayonida kelib chiqadi. Orttirilgani esa bolani erta yurgizish, og’ir yuk ko’tartirish, poshnasiz oyoq kiyim kiydirish, uchi tor poshnasi baland orqasi keng oyoq kiyim kiyishdan kelib chiqadi.Yassioyoqlik umurtqa pog’onasining egirlanishiga va qad-qomatning buzilishiga olib keladi.
Yangi mavzuni mustahkamlash:7 daqiqa.
Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o’quvchilarga quyidagi savollar beriladi:
1.Qad-qomat deb nimaga aytiladi?
2.Umurtqa pog’onasidagi tabiiy egilishlarni ayting.
3.Qad-qomat rivojlanishidagi kamchiliklarni ayting.
4.Skoliotik qad-qomat qanday kelib chiqadi?
5.Kifotik qad-qomat qanday tuzilishga ega?
6.Yassioyoqlikning kelib chiqishi haqida ma’lumot bering.
Yangi mavzu mustahkamlangandan keyin o’qituvchi o’tilgan va yangi mavzuni umumlashtirib, yakunlaydi. 3daqiqa.
Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilarning baholarini o’qib, eshittiradi va rag’batlantiradi. Darsda qatnashmay, chetda qolgan o’quvchilarni ogohlantirib, qo’shimcha vazifalar beradi.
Uyga vazifa berish.2 daqiqa.
Mavzuni o’qib, o’zlashtirish, mavzu bo’yicha bukletlar, krossvordlar tuzish.
Qushlar bayramiga xush kelding, do’stim.
Bayramni 2 nafar o’quvchi olib boradi.
1-o’quvchi: -Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar.
2-o’quvchi: -Assalomu alaykum, bugungi qushlar bayrami qatnashchilari.Qushlar - umurtqali hayvonlar sinfi. Trias davrida yashagan sud-ralib yuruvchilarning psevdozuxlar turkumidan kelib chiqqanligi taxmin qilinadi. Q.ning qazilma qoldiqlari juda kam; dastlabki qazilma qoldiq - arxeopteriksnshk toshdagi izi va suyaklari yura davriga tegishli.
Shundan so’ng tadbirni ochib berish uchun so’z maktab direktoriga beriladi.
Qanotlarin samolarda silkitgan,
Bahor nafasiga dimog’in tutgan.
Sog’ingandan chanqog’ini unutgan,
Qushlar bayramiga xush kelding, do’stim.
Suhbat ayla bugun har bir qush bilan,
So’zlarini tingla aqlu xush bilan.
Xayrlashib kelgan qora qish bilan,
Qushlar bayramiga xush kelding, do’stim.
Turnalar samoga solar arg’imchoq,
Peshtoqdan joy olar bizning qaldirg’och.
Bulbullar sho’x sayrar dimog’lari chog’,
Qushlar bayramiga xush kelding, do’stim.
Boyqush ham salom deb boshin egadi,
Popishak boshiga tojin kiyadi.
Oqqush ham kelinchakdek xo’p yasanadi,
Qushlar bayramiga xush kelding, do’stim.
1-o’quvchi:- Bilsangiz, qushlar sanitarlarimiz hisoblanadi, chunki o’laksaxo’r qushlar o’lik qoldiqlarini yeb atmosfera havosini ifloslanishdan asraydi.
2-o’quvchi:-Qizilishton bolalariga bir kecha-kunduzda 300 marta ovqat keltiradi, bir juft chittak 30-40 daraxtni zararkunandalardan saqlab qoladi. Bitta qaldirg’och yoz mavsumida bir millionga yaqin hasharotni yeydi.Bir juft mayna esa bir yilda 150 ming chigirtkani yo’q qiladi.
1-o’quvchi: - Olim Zeverovning hisoblab chiqishicha, ikkita miqqiy qush bir yilda bolalariga to’qqizta yumronqoziq, beshta cho’l sichqoni, ikkita dala sichqoni va bitta sichqon bolasini keltirar ekan.
2-o’quvchi: - Endi yurtimizga uzoq o’lkalardan uchib kelgan, “Qizil kitob”ga kiritilgan vohamizdagi o’troq, uchib ketuvchi va uchib o’tuvchi qushlar bugungi bayramimizga tashrif buyurishgan. Navbatni ularga beramiz.
O’QUVCHI:
Assalom dunyoni bezagan qushlar,
Bugun bayram, sizni barcha olqishlar.
Nomingizni ayting taniylik sizni,
Davramizga qo’shilib shod eting bizni.
( Sahnaga qushlar chiqishadi.)
QALDIRG’OCH:
Qaldirchochman bahordan darak berib turaman,
Loy va xas cho’pi tashib shiftga uya quraman.
Ayvonidan joy berdi, hatto menga odamzod,
Tong sahar chug’urlashib qilaman ko’nglini shod.
Afrika, Hindistonda qishlab keldim, charchadim,
Bugun bayram ekan-ku joy beringlar, do’stlarim.
| Hindiston (hindcha Bharat), Hindiston Respublikasi - Jan. Osiyolagi davlat. Hududi shim.dan jan.ga 3214 km, garbdan sharqqa 2933 km ga choʻzilgan. Shim.da Himolay togʻlari, garbda Arabiston dengizi, sharqda Bengaliya qoʻltig'i bilan oʻralgan. H. |
QIZILISHTON:
Uzun tumshuq menda bor, kavakda in quraman,
Daraxt tanasini qurtlardan qutqaraman.
Panjam o’tkir, dumim qattiq, erga tushmayman bir on,
Dorbozchiga o’xshayman, nomimdir qizilishton.
Taq-taq ovozimni taniydi jumlai jahon,
Safingizdan joy olishga shoshib keldim siz tomon.
SASSIQPOPISHAK:
Uzun tumshuq va zar kokil menda bor,
Hasharotxo’r qushman mening foydam bor.
Uyam oddiy yerga tuxum qo’yaman,
Bolalarim doimo och, ularni to’ydiraman.
Sassiqpopishak derlar meni tojimdan tanib,
Do’stlar, meni safingizga qo’shing deyman yolvorib.
HAMMA:
Keling-keling davramizning to’riga,
Boshingizga toj kiyib o’tavering so’riga.
BOYO’G’LI:
Men boyqushman, patlarim chipor va sarg’ish,
Boshimni egib mudom qilarman xonish.
Kuzataman dunyoni tepada turib,
O’z ozig’im poylayman tunda ov qilib.
Foydali qushman men ham safingizda turay-chi,
O’troq qushman yumushim huv o’sha kemiruvchi.
HAMMA:
Og’ir bosiq boyo’g’li, marhamat kelgin,
Bizlarni ham o’zingga do’st deya bilgin.
JIBLAJIBON:
Turimiz ko’p ahillikda bizdan o’tmas biror jon,
Jajji qushmiz rang-barang, nomimiz jiblajibon.
Zax joyga uya qurib olti bola ochamiz,
Hasharotlarni qirib bolamizni boqamiz.
Yugurdakmiz juda chaqqon dumimizdan tanishar,
Bizni ko’rib do’stlarimiz saflariga olishar.
HAMMA:
Kelgin marhamat, jajji qush jiblajibon ,
Davramizga qo’shilgin, bo’lgin sog’-omon.
VAHMAQUSH:
Og’irligim 10 gramm, juda mitti qushchaman,
Daraxning shoxlariga namatdan in quraman.
Vahmachi demang also nomim mening vahmaqush,
O’zgartirib rangimni ishim doim ov qilish.
Qishlash joyim bilsang Eron, Hindiaton,
Bag’ringdaman men bugun, hur vatan O’zbekiston.
HAMMA:
Sizni do’st deb bilamiz vahmaqush o’zimizga,
Oldinroqdan joy olib, ko’rining ko’zimizga.
TURNA:
Men turnaman gala bo’lib samolarda uchaman,
Uchib o’tuvchi qushman, ehtiyotkor bo’laman.
Ozig’im yashil poya, don, baqa va molluska,
Xushovoz tovush bilan uchaman men olisga.
Birpasgina davrangizga keldik biz,
Umr bo’yi sho’x va shodon bo’ling siz.
HAMMA:
Davramizga xush kelding, go’zal turnaoy,
Raqsga tushib berarsan bugun hoynahoy.
OQQUSH:
Noyob qushlar safidan joy olgan oqqushdirman,
Chiroyli qanotim bor hammadan soz qushdirman.
Maskanim ochiq ko’llar va Orol dengizi,
Boshimni egib goho dam olaman kunduzi.
| Orol dengizi - Oʻrta Osiyodagi eng katta berk shoʻr koʻl. Maʼmuriy jihatdan Orol dengizining yarmidan koʻproq jan.-gʻarbiy qismi Oʻzbekiston (Qoraqalpogʻiston), shim.-sharqiy qismi Qozogʻiston hududida joylashgan. |
|