• Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Kirish.
  • Mavzu: Tadbirkorlik tavakkalchiligi va uni o’lchash turlari Reja




    Download 56,02 Kb.
    bet1/7
    Sana14.05.2024
    Hajmi56,02 Kb.
    #232261
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Mavzu2 тайёри


    Mavzu: Tadbirkorlik tavakkalchiligi va uni o’lchash turlari
    Reja:




    Mundarija







    Kirish




    1.

    Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq tavakkalchiliklarning turlari




    2.

    Tavakkalchilik haqida tushuncha va uni turlari




    3.

    Tavakkalchilikni pasaytirish




    4.

    Tavakkalchilikni o’lchash turlari.







    Xulosa







    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati





    Kirish.
    Yurtimizda iqtisodiy islohotlar borgan sari chuqurlashib, bozor munosabatlariga asoslangan yangi mustaqil milliy iqtisodiyotni barpo etish jarayonlari tezlashmoqda. Bu jarayonlarni tezlashtirishda ishlab chiqarish korxonalarini modernizatsiyalash va raqobatbardoshligini boshqarish o′rni katta ahamiyatga ega. Qisqa muddat oralig′ida respublikani jahon bozoriga olib chiqish uchun umumiy ishlab chiqarish samaradorligini ko′tarish, boshqaruv apparatining yakuniy natijalariga qaratilganligi, bozor ehtiyojini to′laqonli qondirish kabi ishlarni bajarish lozim. Yangi jarayonlar va mahsulotlar, to′g′ri ishlab chiqarishga va uning rivojlanish taraqqiyotiga bog′liq bo′lgan yangiliklar hamohangligini aniqlaydi. Yangi bozorlar mahsulot realizatsiyasi jarayonini aniqlaydi, ba′zi hollarda esa yangi bozorlarni ochish harakatida bo′lgan texnologiyalar hayotini o′zgartirishga imkon beradi. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar tajribasiga ko′ra, yangi tashkiliy firmalar(innovatsiya firmalari, texnoparklarinnovatsion inkubatorlar, investitsion fondlerva b.) iqtisodiyotning odatiy tashkil etish sharoitiga nisbatan katta foyda olishgaimkon beradi. Undan tashqari, aniq texnologik yangilik realizatsiyasi uchun mazkurtashkiliy innovatsiyalar ham zarurdir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida fan-texnika taraqqiyoti, innovatsion salohiyat va samarali innovatsion siyosat bilan bir qatorda innovatsiyalar motivatsiyasi muhim o′ringa ega.
    Tavakkalchilik-bu muqarrar tanlov vaziyatidagi noaniqliklarni bartaraf etish bilan bog’liq jarayonda ko’zlangan natijalarga erishish omadsizlik va maqsaddan chekinish ehtimolini miqdor va sifat jihatdan baholash imkoniyati mavjud holdagi faoliyatidir.
    Ko’rsatib o’tilgan elementlar, ularning o’zaro bog’liqligi va o’zaro ta’sirchangligi tavakkalchilikning mazmun mohiyatida namoyon bo’ladi.
    Shu bilan bir qatorda tavakkalchilikka uning mohiyatini anglash imkonini beruvchi bir qancha xislatlar xosdir. Unga quyidagi xislatlar kiradi.
    -qarama-qarshilik (zidlik)
    -alternativlik (muqobillik)
    -noaniqlik (mavhumlilik)
    Qarama-qarshilik-tavakkalchilikning muhim xislatlaridan biri bo’lib, u turli qarashlarda namoyon bo’ladi.
    Tavakkalchilikning bu xususiyati muhim iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy ruhiy oqibatga sabab bo’ladi, chunki u jamiyat va texnika taraqqiyotini ta’minlaydi, jamoatchilikning fikrlash doirasiga ijobiy ta’sir etadi. Ikkinchi tomondan, tavakkalchilik avantyurizm, valyuntarizm, sub’ektivizmga, ijtimoiy taraqqiyotni tormozlashga olib keladi.
    Tavakkalchilikning qarama-qarshi tabiati mavjud tavakkal harakatlarning to’qnashuvida namoyon bo’ladi. Masalan, u yoki bu harakatni amalga oshirish uchun maqbul yo’lni tanlagan kishi o’zini tavakkal ish qilgan deb hisoblasa, oshqa odamlar tomonidan u ehtiyotkorlik, har qanday tavakkalchilikdan xolis yoki aksincha deb baholash mumkin.
    Tavakkalchilikning muqobillik xususiyati ikki va undan ortiq variantdagi imkoniyatlar yo’nalishlar harakatlar orasidan o’ziga mos - keluvchi variantni tanlash zaruratidan kelib chiqadi. Tanlov imkoniyatining mavjud bo’lmasligi, tavakkalchilik holatini inkor etadi. Qayerdagi tanlov bo’lmasa u yerda tavakkal harakatdagi vaziyat yuzaga kelmaydi, demak tavakkalchilik mavjud bo’lmaydi.
    Tavakkalchilikning bu xislatiga e’tiborni qaratishimizning muhimligi shundan iborat-ki, u noaniqlikning ob’ektiv va sub’ektiv manbalarini inkor etadi va boshqaruv jarayonlarini amalda optimallashtiradi, kolaversa gap qandaydir noaniqliklarni to’liq bartaraf etish ustida emas (amalda mumkin bo’lmagan), balki ratsional alternativani tanlash maqsadida tavakkalchilikni hisobga olish zarurati ustida ketmoqda.



    Download 56,02 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 56,02 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Tadbirkorlik tavakkalchiligi va uni o’lchash turlari Reja

    Download 56,02 Kb.