Ish joylari variantlaridagi daromad
Ish joyi
|
1- natija
|
2 – natija
|
Ehtimoli
|
Daromad, so‘m
|
Ehtimoli
|
Daromad, so‘m
|
Birinchi
|
0,5
|
6000
|
0,5
|
3000
|
Ikkinchi
|
0,99
|
4510
|
0,01
|
3510
|
Shuni aytish kerakki, ikkala ish joyidan olinishi kutiladigan daromad bir xil miqdorda: 0,5(6000 so‘m)+ 0,5(3000 so‘m)=0,99(6000 so‘m)+0,01(6000 so‘m) =4500 so‘m.
Lekin, ikkala ish joyi uchun ham mumkin bo‘lgan natijalarning o‘zgaruvchanligi har xil. Ushbu o‘zgaruvchanlikka ko‘ra tavakkalchilikni tahlil qilish va uning katta yoki kichikligi to‘g‘risida gapirish mumkin. Bunday mezonga ko‘ra, haqiqiy natija bilan kutiladigan natija o‘rtasidagi farq (u musbat yoki manfiy bo‘lishidan qat’iy nazar) qancha katta bo‘lsa, bunday chetlanish shuncha katta tavakkalchilik bilan bog‘liq ekanligidan darak beradi.
Quyidagi jadvalda ikkita ish joyi uchun haqiqiy natijalarning kutiladigan natijlardan chetlanishi keltirilgan.
2- Jadval
Haqiqiy natijalarning kutiladigan natijalardan chetlanishi. (kutiladigan natija 4500 so‘m)
Ish joyi
|
1-natija
|
Chetlanish
|
2-natija
|
Chetlanish
|
Birinchi
|
6000
|
Q1500
|
3000
|
-1500
|
Ikkinchi
|
4510
|
Q10
|
3510
|
-990
|
Endi har bir ish joyi uchun o‘rtacha chetlanishni hisoblaymiz.
Birinchi ish joyi uchun:
O‘rtacha chetlanish = 0,5(1500 so‘m)+0,5(1500 so‘m)=1500 so‘m
Ikkinchi ish joyi uchun:
O‘rtacha chetlanish =0,99(10 so‘m)+0,01(990 so‘m)=9,9+9,9=19,8 so‘m.
Demak, birinchi ish joyidagi tavakkalchilik, ya’ni kutiladigan yo‘qotish, ikkinchi ish joyidagiga qaraganda ko‘proq. Nima uchun deganda, birinchi ish joyidagi o‘rtacha chetlanish 1500 so‘m, ikkinchi ish joyidagi o‘rtacha chetlanish 19,8 so‘mdan ancha ko‘p.
Amaliyotda o‘zgaruvchanlikni, ya’ni chetlanishni o‘lchash uchun bir- biridan farq qiladigan ikkita mezon ishlatiladi. Birinchisi, dispersiya bo‘lib, u haqiqiy natijadan kutiladigan natijani ayrilganining o‘rtacha o‘lchovi miqdori kvadratiga teng, ya’ni:
bu yerda:
-dispersiya;
- mumkin bo‘lgan natija;
- kutiladigan natija;
-natijaning ehtimoli.
Standart chetlanish (o‘rtacha kvadratik chetlanish ham deyiladi), bu dispersiyadan olingan kvadrat ildizga teng, ya’ni: , -standart chetlanish.
Birinchi ish joyi uchun: dispersiya:
Standart chetlanish so‘m.
Xuddi shunday yo‘l bilan ikkinchi ish joyi uchun dispersiya, ya’ni so‘m) so‘m )=9900 so‘m.
Standart chetlanish esa so‘m.
Ikkala mezon ham bu yerda bir hil vazifani bajaradi, gap ularning qaysi biri foydalanishda o‘ng‘ayligida. Ko‘rinib turibdiki, ikkala holda ham ikkinchi ish joyi birinchiga qaraganda kamroq tavakkalchilikka (yo‘qotishga) ega.
Yuqoridagi misolda ko‘rdikki, ikkala ish joyida ham kutiladigan daromad 4500 so‘mni tashkil qiladi. Demak, kim tavakkalchilikka borishga moyil bo‘lmasa, ikkinchi ish joyiga boradi, nima uchun deganda bu ish joyida kutiladigan daromad kamroq tavakkalchilik bilan bog‘liq. Endi faraz qilaylik, birinchi ish joyidagi har bir natijaga 200 so‘mdan qo‘shaylik. Unda kutiladigan natija 4500 so‘mdan 4700 so‘mga oshadi.
Quyidagi 3-jadvalda yangi daromadning natijalari keltirilgan.
Birinchi ish joyi uchun: kutiladigan daromad = 4700 so‘m. Dispersiya =2250000 so‘m. Ikkinchi ish joyi uchun: kutiladigan natija = 4500 so‘m. Dispersiya = 9900 so‘m.
3- Jadval
Ish joyi
|
1-natija
|
Kvadratik chetlanish
|
2-natija
|
Kvadratik chetlanish
|
Birinchi
|
6200
|
2250000
|
3200
|
2250000
|
Ikkinchi
|
4510
|
100
|
3510
|
980100
|
Birinchi ish joyida kutiladigan daromad ikkinchi ish joyidagidan yuqori, lekin u yuqori tavakkalchilik (yo‘qotish) bilan bog‘liq. Qaysi ish joyi ustunroq deganda, bu savolning yechimi tanlovchi shaxsning o‘ziga bog‘liq. Tadbirkor shaxslar yuqori tavakkalchilikka ega bo‘lsa ham kutiladigan daromad yuqoriroq bo‘lgan ish joyini tanlaydi, konservativroq (o‘zgarishlardan o‘zini olib qochuvchi) shaxslar kutiladigan daromad kamroq bo‘lsa ham, kamroq tavakkalchilik bilan bog‘liq ishni, ya’ni ikkinchi ish joyini tanlaydi.
Insonlar tavakkalchilikka borishga tayyorligi bilan bir-biridan farq qiladi. Insonlar tavakkalchilikka borishga tayyorligi bo‘yicha uch turga bo‘linadi: tavakalchilikka borishga moyil insonlar, tavakkalchilikka borishga qarshi, ya’ni moyil emas va tavakkalchilikka befarq qaraydigan insonlar.
Tavakkalchilikka qarshi bo‘lgan inson deganda shunday inson tushuniladiki, kutiladigan daromad berilganda, u tavakkalchilik bilan bog‘liq natijalarga nisbatan, kafolatlangan natijani ustun ko‘radi. Agar tavakkalchilikka qarshi insonni iste’molchi deb qarasak va u oladigan daromadiga iste’mol tovarlar majmuasini sotib olib, uni iste’mol qilishdan ma’lum darajada naf oladi deb faraz qilsak, biz iste’molchining tavakkalchilik bilan bog‘liq daromadining naflik darajasi bilan qanday bog‘liq ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Tavakkalchilikka qarshi inson daromadi past darajadagi chekli naflikka ega ekanligini ko‘ramiz. Har bir birlik qo‘shimcha daromadga to‘g‘ri keladigan qo‘shimcha naflik daromad oshishi bilan kamayib bormoqda. Masalan, 20-30 ming so‘mlik daromad oralig‘idagi har ming so‘m daromadga 0,8 birlik naf to‘g‘ri kelsa, 31-ming so‘mlik daromadga 0,6 naf birligi to‘g‘ri kelayapti). Chekli naflikni kamayishi insonlarda tavakkalchilikka salbiy munosabatini kuchaytiradi. Shuning uchun ham tavakkalchilikka borishga moyillikning yo‘qligi ko‘pchilik insonlarga xosdir. Tavakkalchilik ular uchun og‘ir sinovdek hisoblanadi va ular ma’lum kompensatsiya bo‘lgandagina tavakkalchilikka borishi mumkin.
Tavakkalchilikka befarq qaraydigan inson shunday inson hisoblanadiki, kutiladigan daromad berilganda, u kafolatlangan va tavakkalchilik bilan bog‘liq natijalarni tanlashga befarq qaraydi. Tavakkalchilikka neytral qaraydigan inson uchun o‘rtacha foyda muhim hisoblanadi.
Xulosa.
Biz rus lug’atida qabul qilingan «Risk»-so’zini «tavakkalchilik» deb tarjima qildik. Bu terminga yana ekvivalent o’zbek tilida «qaltislik» va «risk»ning o’zini ishlatish kerak degan fikrlar bor. Chunki «Tavakkalchilik» so’zi «Risk»ni to’la mazmunini o’zbek tilida ifodalay olmaydi. Kelajak o’zbek tilida qaysi so’zni tanlashni ko’rsatib berar. «Vaziyat» tushunchasi u yoki bu faoliyat uchun imkoniyat yaratuvchi turli holat va shart-sharoitlar jamlamasining birikuvi deb tarif berish mumkin. Bunday holda vaziyat mazkur faoliyatini amalga oshirish uchun imkoniyat yaratish yoki unga to’sqinlik qilishi mumkin.
Shuni qayd etish lozim-ki, tavakkalchilik vaziyati sifat jihatdan noaniqlik (mavhumlik) vaziyatidan keskin farq qiladi.
Noaniqlik vaziyati-amalda o’rnatish imkoni bo’lmagan hodisa va qarorlar natijalarini hosil bo’lish ehtimoliyatidir.
Shunday qilib, tavakkalchilik vaziyatini aniqlanishi mumkin bo’lgan va amalga oshuvchi hodisalar ehtimoliyatidagi noaniqliklar xilma-xilligi deb tarif berish mumkin.
Ya’ni bu holda taxminan sheriklarning ishlab chiqarishdagi hamkorligidagi faoliyati, raqiblarni qarshi harakati, iqtisodiyot taraqqiyotiga tabiiy muhitning ta’siri, ishlab chiqarishga ilmiy texnik yutuqlarni joriy etish natijasida paydo bo’luvchi hodisalar ehtimolini ob’ektiv baholash imkoniyati mavjud bo’ladi.
Tavakkalchiliik vaziyatlardan «chiqish uchun», sub’ekt tanlov o’tkazadi va uni amalga oshirishga harakat qiladi. Tavakkalchilik tushunchasini anglash aynan shu jarayonda o’z ifodasini topadi. Sub’ektning faoliyat rejasi esa bu jarayon tavakkalchilik tushunchasini anglashda o’z ifodasini topadi. Amalga oshirishga harakat qilish uchun qaror tanlovi bosqichida bo’lganidek, amalga oshirish bosqichida ham mavjud bo’ladi.
Bu va boshqa hollarda tavakkalchilik aniq ziddiyatlarni noaniq vaziyatda rivojidagi qarama-qarshi intilishlari orqali amaliy yechimini topish usuli bilan sub’ekt tomonidan noaniqliklarni olish modelini ifodalaydi. Tavakkalchilik-bu omadsizlik holatida vaqtincha tanlovga qadar bo’lgan holdan ham yomon vaziyatda bo’lish imkoniyati mavjud bo’lganida tanlov sharoitida amalga oshiriluvchi faoliyat (hatti-harakat)dir. Bu tarifda omadsizlik xavf-xatar holati bilan bir qatorda, alternativlik (muqobillik) kabi xislat ham ishtirok etadi.
Kelajakka taalluqli har qanday harakat noaniq natijaga ega. Noaniqlik sharoitida iste'molchilar tomonidan ham, ishlab chiqaruvchilar tomonidan ham sotuvchi va xaridorlar sifatida qaror qabul qilishga to`g`ri keladi va bu qabul qilingan qarorlar albatta, ma'lum darajadagi risklar (tavakkalchilik) bilan bog`liq bo`lishi mumkin. Noaniqlik cheklangan resurslarni samarasiz taqsimlanishiga, ortiqcha sarflarga, vaqtni yo`qotishga olib keladi.
Tadbirkorlikka yoki daromad olish uchun tikilgan kapitalningqiymati kelgusida undan olinadigan daromad qiymatiga bog`liq ekan, demak u noaniqlik va risk (tavakkalchilik) bilan b o`langan ekan.
Risk (tavakkalchilik) – bu har qanday usul bilan baholangan ehtimollik, noaniqlik esa baholab b o`lmaydigan holat.Noaniqlik sharoitida qaror qabul qilish deganda, to`liq axborot bo`lmaganda qaror qabul qilish tushuniladi. Biror voqea yoki hodisa to`g`risida axborot to`liq bo`lmasa, qabul qilingan qaror salbiy oqibatlarga, ya′ni ma′lum yo`qotishlarga olib keladi. Ushbu yo`qotishlar
tavakkalchilikni bildiradi. Tavakkalchilikni o`lchashning asosi ehtimol tushunchasi bilan bog`liq. Ehtimol ikki turga bo`linadi: matematik, ya′ni oldindan aniqlashmumkin bo`lgan ehtimol va statistik ehtimol.
Kutiladigan miqdor - bu mumkin bo`lgan barcha natijalarning o`rtacha o`lchangan qiymatlari. Chetlanish - bu haqiqiy natija bilan kutiladigan natija o`rtasidagi farq bo`lib, u tavakkalchilikdan (yo`qotishdan) darak beradi.Insonlar tavakkalchilikga borishga tayyorligi bo`yicha uch turga bo`linadi: tavakalchilikga borishga moyil, tavakkalchilikga borishga qarshi, ya′ni moyil emas va tavakkalchilikka befarq qaraydigan insonlar.Tavakkalchilikni pasaytirishning quyidagi turlari mavjud: diversifikatsiya, sug`urtalash, tavakkalchilikni birlashtirish, tavakkalchilikni taqsimlash, axborot izlash, fyuchers, opsion, xedjerlash va boshqalar. Bozorda sotiladigan tovar to`g`risida, tovarni ishlab chiqaruvchi firmaning nomi to`g`risidagi axborotlar, tovar markasi, firma belgisi, firmaning obro`i, tovar sifati va kafolati to`g`risidagi axborotlar bozor signallari bo`lib xizmat qiladi va bu signallar tovar sotib olishdagi tavakkalchilikni kamaytiradi.
|