Tavakkalchilik haqida tushuncha va unig turlari




Download 56,02 Kb.
bet3/7
Sana14.05.2024
Hajmi56,02 Kb.
#232261
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu2 тайёри

Tavakkalchilik haqida tushuncha va unig turlari
Kelajakka taalluqli har qanday harakat noaniq natijaga ega. Daromadlarimizning bir qismini bankka depozitga joylashtirganimizda bankdan pulni qaytarib oladigan davrda uning xarid quvvati qancha b o`lishini bilmaymiz, negaki o`tadigan davr oralig`ida inflyasiya sur'atlari qanchalik o`sishi bizga noma'lum. Yoki biror maqsadda bankdan uzoqmuddatli kredit olib, uni kelgusida oladigan daromadlarimizdan qoplashni rejalashtiramiz. Ammo kelgusida oladigan daromadlarimiz har doim ham aniq bo`lavermaydi.Bugun xarid qilingan aksiyaning bo`lg`usi qiymati ham bizga noma'lum, chunki biz aksiyasini xarid qilgan aksiyadorlik kompaniyasining kelgusidagi moliyaviy holati, obro`-e'tibori va dividend siyosati fond bozorlarida aksiya qiymatiga kuchli ta'sir ko`rsatadi.
Tadbirkorlik faoliyati — tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari tomonidan amalga oshiriladigan, tavakkal qilib va o`z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat. Demak, tadbirkorlikka yoki daromad olish uchun tikilgan kapitalning qiymati kelgusida undan olinadigan daromad qiymatiga bog`liq ekan, demak u noaniqlik va risk (tavakkalchilik) bilan bo`langan ekan.
Risk (tavakkalchilik) – bu har qanday usul bilan baholangan ehtimollik, noaniqlik esa baholab b o`lmaydigan holat. Noaniqlik sharoitida iste'molchilar tomonidan ham, ishlab chiqaruvchilar tomonidan ham sotuvchi va xaridorlar sifatida qaror qabul qilishga to`g`ri keladi va bu qabul qilingan qarorlar albatta, ma'lum darajadagi risklar (tavakkalchilik) bilan bog`liq bo`lishi mumkin. Noaniqlik cheklangan resurslarni samarasiz taqsimlanishiga, ortiqcha
sarflarga, vaqtni yo`qotishga olib keladi.Shu vaqtgacha biz barcha ko`rsatkichlar (narx, iste′molchi daromadi, ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori, olinadigan foyda, xarajatlar) aniqberilgan deb keldik. Lekin, real hayotda bozor sub′ektlari tomonidan qabul qilinadigan qaror noaniqliklar bilan bog`liq. Ma′lumki, to`g`ri qaror qabul qilishning asosiy sharti - bu axborot. Noaniqlik sharoitida qaror qabulqilish deganda, to`liq axborot bo`lmaganda qaror qabul qilish tushuniladi. Biror voqea yoki hodisa to`g`risida axborot to`liq bo`lmasa, qabul qilingan qaror salbiy oqibatlarga, ya′ni ma′lum yo`qotishlarga olib keladi. Ushbu yo`qotishlar tavakkalchilikni bildiradi.
Noaniqlik sharoitida qaror qabul qilishda tavakkalchilik (yo`qotish) darajasini bilish, uni oldini olish uchun, tavakkalchilik darajasini kamaytirish uchun, chora tadbirlar ko`rishga imkon beradi.Tavakkalchilikni o`lchash. Tavakkalchilikni o`lchashning asosi ehtimol tushunchasi bilan bog`liq.
Amerikalik olim F.Nayt (1885-1974) ehtimolni ikki turga bo`ladi: matematik, ya′ni oldindan aniqlash mumkin bo`lgan ehtimol va statistik ehtimol. Birinchi tur ehtimolga tanganing raqam yoki gerb tomonini tushish ehtimoli 1/2 ga tengligi yoki o`ynaydigan olti qirrali toshning oltita raqamidan bittasini tushishi ehtimolining 1/6 ga tengligi misol bo`lishi mumkin.Ikkinchi turdagi ehtimolni empirik, ya′ni faraz qilish yo`li orqali aniqlash mumkin.
Masalan, korxonaga xom ashyoni vaqtida etib kelmaslik ehtimoli faraz qilinganda, ushbu faraz qilingan raqam baholovchining bilimiga tajribasiga asoslanadi. Nima uchun deganda, ushbu voqeaning takrorlanishi to`g`risida statistik ma′lumotlar yo`q. Ehtimol sub′ektiv ravishda aniqlanganda, bitta hodisani har xil inson lar har xil qiymatdagi ehtimol bilan baholaydi.Yuqoridagi misolda voqeaga ta′sir qiluvchi tasodifiy omillar ko`p va ularni hammasini bartaraf qilish mumkin emas. Bundan tashqari, bu yerda teng ehtimolli alternativ variantlarning o `zini yo`qligi ehtimolni matematik hisob-kitoblar orqali aniqlashga imkon bermaydi.Birinchi turdagi ehtimolni ob′ektiv ehtimol desak, u iqtisodiyotda kamroq uchraydi, ikkinchi turdagi ehtimol sub′ektiv ehtimol bo`lib, biznesga xosdir. Ham ob′ektiv va ham sub′ektiv ehtimollar tavakkalchilik darajasini ifodalashda va tanlashda foydalaniladi. Ob′ektiv ehtimol o`rtacha qiymatni aniqlashga yordam bersa, sub′ektiv ehtimol olinishi mumkin bo`lgan natijalarning o`zgaruvchanlik mezonini aniqlashga yordam beradi. Tavakkalchilikni miqdoriy aniqlash uchun biror voqea yoki hodisaning olib kelishi mumkin bo`lgan oqibatlarini va bu oqibatlarning ehtimolini bilish kerak bo`ladi.Kutiladigan miqdor - bu mumkin bo`lgan barcha natijalarning o`rtacha o`lchangan qiymatlari. Bu yerda har bir natijaning ehtimoli ushbu mos qiymatlarning takrorlanish chastotasi yoki o`lchovi.

Download 56,02 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 56,02 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tavakkalchilik haqida tushuncha va unig turlari

Download 56,02 Kb.