Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq tavakkalchiliklarning turlari




Download 56,02 Kb.
bet2/7
Sana14.05.2024
Hajmi56,02 Kb.
#232261
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu2 тайёри

Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq tavakkalchiliklarning turlari.
Kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlanib borishi bilan xo‘jalik yuritishning asosini tashqil etuvchi raqobatning ahamiyati ortib bormoo‘da. Bunday sharoitda muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun tadbirkorlar samarali boshqaruv uslublarini bilishlari, tavakkalchilik chegaralarini aniqlay olishlari, mavjud variantlardan eng maqbulini tanlay olishlari kerak. Bu esa tadbirkorning ishbilarmonlik o‘obiliyati bilan belgilanadi va har bir tadbirkordan ma’lum darajada bilim va malaka talab qiladi.
Tadbirkorlik – foyda olish maqsadida o‘z mol-mulkini tavakkkalchilik asosida biznesga tikish jarayoni ekanligi tufayli, bunday faoliyat doimiy ravishda ma’lum bir xatarlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Mamlakatimiz va xorijda to‘plangan tajribalar tadbirkorlik faoliyatini tavakkalchiliksiz amalga oshirib bo‘lmasligini ko‘rsatmoqda. Shuning uchun ham tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan insonlarning hayoti umid va tushkunlik, tinimsiz mehnat va xavotirlarga to‘la bo‘ladi.
Tadbirkor tavakkalchiligi yuqori bo‘lgan ishga tayyor bo‘lgan odamlar o‘atoriga kiradi. U tavakkalchiligi o‘ta yuqori bo‘lgan loyihalarni yechishi va hal qilishi mumkin yoki tavakkalchilikning darajasi unchalik kuchli bo‘lmagan biznes bilan shug‘ullanishi mumkin.
Tavakkalchilik – kelgusidagi vaziyat noaniq bo‘lgan sharoitda pirovard natija yaxshi bo‘lishiga umid bog‘lab, mol-mulk yoki foydadan mahrum bo‘lish (to‘liq yoki qisman) xavfini o‘z bo‘yniga olib amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyatidir. Tadbirkorlik subyektining faoliyati bilan bog‘liq tavakkalchilik turlarining mohiyati va kelib chiqish xususiyatlariga ko‘ra quyidagicha turkumlash mumkin

  • tabiiy jarayonlar bilan bog‘liq tavakkalchilik;

  • ishlab chiqarish faoliyatiga oid tavakkalchilik;

  • mahsulotlarni tashish va asrash jarayoni bilan bog‘liq tavakkalchilik;

  • tijorat faoliyatiga oid tavakkalchilik;

  • moliyaviy faoliyatga oid tavakkalchilik;

  • siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hususiyatdagi tavakkalchilik.

Tavakkalchilikni tug‘diradigan xavflarning turlari xilma-xil bo‘lib, ularning ba’zi birlari subyektning o‘z faoliyatini natijasida yuzaga kelsa, ikkinchi turlari unga bog‘liq bo‘lmagan tashqi omillarning ta’sirida yuzaga keladi.
Tashqi omillarga bog‘liq bo‘lmagan tavakkalchilik ko‘pincha quyidagi sabablarga ko‘ra vujudga kelishi mumkin:

  • boshqaruv xodimlarining ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy va boshqa sohalarda noto‘g‘ri o‘arorlar qabul qilishi;

  • xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishdagi xatoliklar;

  • xodimlarning o‘z xizmat vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondoshuvi;

  • -subyektni rivojlantirish strategiyasi va biznes rejasini noto‘g‘ri shakllantirish;

  • o‘zini qoplamaydigan va aniq hisob-kitoblar qilinmagan loyihalarga qo‘l urish;

  • daromadlar va xarajatlarni doimiy nazorat ostiga olmaslik;

  • biznesdagi tashqi sheriklarni tanlashga mas’uliyatsizlik bilan yondoshuv;

  • buxgalteriya hisobini to‘g‘ri va aniq yuritmaslik;

  • hisobot shakllarini to‘g‘ri va aniq to‘lg‘asmaslik;

  • bozor konyukturasini, raqobat muhitini, talab va taklif nisbatini, iste’molchilarning hatti-harakatini va boshqa omillarni doimiy kuzatib bormaslik.

Bunday tavakkalchiliklarning turlarini subyekt boshqaruvchilari doimiy ravishda kuzatib borishlari va ular natijasida yuzaga keladigan zararlarni pasaytirish tadbirlarini belgilab borishlari mumkin.
Tashqi omillarning ta’siri natijasida yuzaga keladigan tavakkalchilik turlari subyekt boshqaruvchilari yoki xodimlarining hatti-harakatlariga bog‘liq bo‘lmay, ko‘pincha favqulodda shart-sharoitlarning ta’sirida yuzaga keladi.
Har qanday tadbirkorlik firmasi tavakkalchilik bilan bog‘liq faoliyat olib borar ekan, doimiy ravishda tavakkalchilik turlarini aniqlaydi, ma’qul bo‘lgan chegarasini belgilaydi hamda uning keskin oqibatlaridan o‘zini himoyalash yo‘llarini qidiradi.
Tavakkalchilikdagi xavf darajasini aniqlash, uning oldini olish yo‘llarini izlab topish va oqibatida yuz berishi mumkin bo‘lgan zararlarni pasaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga oid faoliyatni tavakkalchilikni boshqarish tizimi deb ataladi.
Tadbirkorning tavakkalchilikni boshqarish doirasidagi faoliyati o‘z subyektining daromadligiga tahdid soluvchi tavakkalchiliklarning ta’siridan himoya qilishga yo‘naltirilgan.
Tavakkalchilikni oo‘ilona boshqarish subyektning uzoq muddatli istio‘bolda muvaffao‘iyatga erishish imkoniyatini oshiradi, uning moliyaviy holatining yomonlashish xavfini bir muncha bo‘lsada kamaytiradi.
Tadbirkor uchun paydo bo‘ladigan tavakkalchilikni taxminiy bilish zarurdir, lekin buning o‘zi yetarli emas. Muhimi, tavakkalchilikning aniq turi korxona faoliyatiga o‘anday ta’sir ko‘rsatayotganligi va qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini aniqlab, uni to‘g‘ri baholay bilish va shundan so‘ng subyektining iqtisodiy samaradorligiga ta’sirini hisoblab topishdir. Tavakalchilikni boshqarish bir-birini to‘ldirib boruvchi bir nechta bosqichlardan iborat bo‘ladi.
Tavakkalchilikni boshqarishda eng avvalo yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan uning turlari aniqlanadi, ular tahlil etiladi va zararning kutiladigan darajasi hisoblanadi. Keyingi bosqichda uning oldini olish, ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni pasaytirish yoki sug‘urtalash tadbirlari ishlab chiqiladi va uni boshqarish usullari tanlanadi. Oxirgi bosqichda esa ko‘rilgan zararlarni qoplash, oqibatlarini tahlil etish va bartaraf qilish choralari ko‘riladi.
Umuman olganda, tavakkalchilikni boshqarish tadbirkorga resurslardan yanada oqilona foydalanish, javobgarlikni taqsimlash, firma faoliyatining natijalarini yaxshilash va tavakkalchilikning ta’siridan xavfsizligini ta’minlash imkonini yaratiladi.



Download 56,02 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 56,02 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq tavakkalchiliklarning turlari

Download 56,02 Kb.