• Kalit so’zlar
  • Keywords
  • Didaktik o’yinlarning turlari va ularni olib borishga doir talablar




    Download 276.42 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/4
    Sana08.04.2023
    Hajmi276.42 Kb.
    #49640
      1   2   3   4
    Bog'liq
    didaktik-o-yinlarning-turlari-va-ularni-olib-borishga-doir-talablar
    3102102052, reyting-daftar-310211102126, Портландцемент, 1-2 Maruza Классы2, Lecture - 14, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi T, 5-8 sinflar uchun test, 5-маъруза фитоназорат, 3 (1), 3 (2), 7 (1), 3, History of speeches and oratory, detalization 2023-04-01 2023-04-08 184


    Didaktik o’yinlarning turlari va ularni olib borishga doir 
    talablar 
     
    Aziza Egambergan qizi Raximova 
    Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti
     
    Annotatsiya: Ushbu maqolaning mazmuni bo'lajak musiqa o’qituvchilarining 
    qiziqish va faollik darajasini oshiradigan didaktik o'yinlarga bag’ishlangan. O’yin 
    usullari o’quv materialini mustahkam o’zlashtirishga yordam beradi, dunyoqarashni 
    kengaytiradi, ijodiy fikrlashni, badiiy tasavvurni, xotirani, kuzatishni, sezgini 
    rivojlantiradi. 
    Kalit so’zlar: o’yin usullari, ijodiy fikrlash, badiiy tasavvur, musiqa 
    o’qituvchisi, dunyoqarash, sezgi, qiziqish, o’quv materiali, didaktik o’yinlar. 
    Types of didactic games and requirements for their conduct 
    Azimova Egambergan kizi Rakhimova 
    Tashkent State Pedagogical University named after Nizami 
     
    Abstract: The content of this article is devoted to didactic games which increase 
    the interest and activity level of future music teachers. Playful methods contribute to 
    the long-term learning of educational material, broaden the outlook, develop creative 
    thinking, artistic imagination, memory, observation and intuition. 
    Keywords: game methods, creative thinking, artistic imagination, music 
    teacher, outlook, intuition, interest, educational material, didactic games 
    Ilg’or texnologiyalarning keng o’zlashtirilishi, uzluksiz ta’limni fan va ishlab 
    chiqarish bilan integratsiyalashuvi, o’quvchilarning musiqa qobiliyatlari va 
    imkoniyatlariga muvofiq ravishda musiqiy ta’limga tabaqalashtirilgan yondashuvning 
    joriy etilishi hamda musiqiy ta’lim berishning ilg’or pedagogik texnologiyalari va 
    zamonaviy o’quv - uslubiy majmualarning yaratilishi pedagogik jarayonlarni tashkil 
    etish va boshqarish tizimini takomillashtirishda bo’lajak musiqa o’qituvchilarning 
    kasbiy kompetentligini rivojlantirishga asos bo’lmoqda. 
    Binobarin, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev: Biz ta’lim 
    va tarbiya tizimining barcha bo’g’inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida 
    takomillashtirishni o’zimining birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz, alohida qayd 
    qilib o’tgan
    1

    1
    Shavkat Mirziyoyev. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining 
    "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
    May 2022 / Volume 3 Issue 5
    www.openscience.uz
    741


    Bu o’z navbatida pedagoglarning jahon miqyosdagi yutuqlarni, ilmiy asoslangan 
    innovatsiyalarni tadbiq etgan holda pedagogik jarayonlarni ilmiy asosda tashkil etish 
    va boshqarish, shuningdek, pedagogik jarayonlarning samaradorligini ta’minlashga 
    xizmat qiluvchi didaktik o’yinlardan foydalanish bo’lajak musiqa o’qituvchilarning 
    kasbiy kompetentligini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
    Didaktik o’yinlarning asosiy turlari intellektual (aqliy) va harakatli hamda 
    aralash o’yinlardan iborat. Bu o’yinlar ishtirokchilarda aqliy - jismoniy, axloqiy, 
    psixologik, estetik, badiiy tadbirkorlik, mehnat va boshqa ko’nikmalarni 
    rivojlantirishga yordam beradi. Musiqiy ta’lim tarbiya jarayonida asosan talabalarda 
    musiqiy ta’lim olish motivlarini ularning turli yo’nalishdagi qobilyat va qiziqishlarini 
    oshiradigan musiqa o’qituvchi kasbga moyilliklarini ko’rsatadigan didaktik 
    o’yinlardan foydalaniladi. Didaktik o’yinlar nazariy, amaliy, rolli, ishchanlik va 
    boshqa yo’nalishlar bo’yicha turlarga ajratiladi. Hozirda kompyuter vositasidagi 
    didaktik o’yinlardan foydalaniladi va alohida o’ringa ega bo’lib bormoqda. Umumiy 
    o’yinlar nazariyasiga ko’ra mavjud barcha o’yin turlarini tasniflashda ularni 
    funksional mavzuli konstruktiv, didaktik, sport va harbiy o’yinlarga ishlatiladi. 
    Bularning orasida didaktik o’yinlar musiqiy ta’lim - tarbiya vazifalarini amalga 
    oshirish imkoniyatini borishi bilan alohida o’ringa ega.
    O’yinlar maktabgacha va maktab yoshdagi bolalarning asosiy faoliyat shakllari 
    hisoblanadi. Bu esa pedagogika oliy o’quv yurtlarida bo’lajak musiqa o’qituvchilarni 
    va olimlar tomonidan shu yosh davridagi o’yinlarning musiqa ta’lim - tarbiyaviy 
    ahamiyatini o’rganish va yanada oshirish bo’yicha tadqiqot olib borishiga asos bo’ldi. 
    Natijada oldingi asrning 60-yillari boshida AQSH so’ngra boshqa G’arb 
    mamlakatlarida ishchanlik o’yinlari qo’llanila boshlandi. Ishchanlik o’yinlari 
    tadqiqotchilari bu usulni eng asosiy samarali va tejamli ta’lim metodlaridan iborat 
    deb takidlaganlar. Didaktik o’yinlarning yana bir turi aqliy hujum usulini birinchi 
    marta 1939 - yilda A.F.Osborn qo’llagan. Bu usulni g’oyalar banki deb ham 
    nomlagan. U muammolarni quyidagicha yechishga asoslanadi: 
    - muammoli vaziyat yaratish;
    - g’oyalarni shakllantirish; 
    - eng yaxshi g’oyalarni tekshirish, baxolash va tanlash. 
    Ishchanlik o’yin darsi - dars mavzusi bo’yicha masalalarni hal etish jarayonida 
    o’quvchilarning faol ishtirok etishini ta’minlash orqali yangi bilimlarni o’zlashtirish 
    mashqi. 
    Ro’lli o’yin darsi - dars mavzusi bo’yicha masalalarni o’rganishda o’quvchilarga 
    oldindan ma’lum rollarni taqsimlash va dars jarayonida shu ro’lni bajarishlarini 
    tashkil etish asosida bilimlarni mustaxkamlash darsi. 
    garovi. (O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiya qabul qilinganinig 24 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi 
    ma’ruza.T., 2017 y. 22 bet 
    "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
    May 2022 / Volume 3 Issue 5
    www.openscience.uz
    742


    Teatrlashtirilgan dars - dars mavzusi bilan bog’liq sahna ko’rinishlari tashkil 
    etish orqali dars mavzusi bo’yicha chuqur, aniq ma’lumotlar berish darsi. 
    Kompyuter darsi - tegishli o’quv fani bo’yicha dars mavzusiga doir kompyuter 
    materiallari ( multimediya, virtual o’quv kursi va shu kabilar ) asosida o’tiladigan 
    dars. 
    Kim oshdi savdosi darsi - o’quv fani ayrim bo’limi bo’yicha bilimlarni har bir 
    o’quvchi qanchalik ko’p bilishini namoyish etish darsi. 
    Yamarka darsi - dars mavzusini bo’laklar bo’yicha oldindan o’zlashtirish 
    o’quvchilarning o’zaro muloqat asosida sinfga qiziqarli tushuntirish orqali o’tiladigan 
    dars. 
    Tayanch tushunchalar darsi - o’quvchilarning musiqa savodi faoliyatidan 
    tayanch tushunchalarni puxta o’zlashtirishlari bo’yicha turli o’yinlar shaklidagi 
    mashqlar o’tkazish darsi. 
    O’yin darsi 

    Download 276.42 Kb.
      1   2   3   4




    Download 276.42 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Didaktik o’yinlarning turlari va ularni olib borishga doir talablar

    Download 276.42 Kb.
    Pdf ko'rish