Didaktik o’yinlarning turlari va ularni olib borishga doir talablar




Download 276.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana08.04.2023
Hajmi276.42 Kb.
#49640
1   2   3   4
Bog'liq
didaktik-o-yinlarning-turlari-va-ularni-olib-borishga-doir-talablar
3102102052, reyting-daftar-310211102126, Портландцемент, 1-2 Maruza Классы2, Lecture - 14, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi T, 5-8 sinflar uchun test, 5-маъруза фитоназорат, 3 (1), 3 (2), 7 (1), 3, History of speeches and oratory, detalization 2023-04-01 2023-04-08 184

dars 
mavzusiga 
mos 
o’yin orqali 
o’quvchilarning 
o’zlashtirishlarini tashkil etish darsi. 
Sud darsi - o’quvchilar bilan dars mavzusiga mos “sud” jarayonini tashkil etish 
orqali yangi mavzuni tashkillashtirish darsi. 
Konsert darsi - dars mavzusini sahnalashtirgan holdagi konsert shaklida 
ifodalash mashqlari bo’lib, o’quvchilarni faollashtirish va bilimini mustahkamlash 
imkoniyatini beradi. 
Tergovchi bilimdonlar olib boradigan darsi - dars mavzusini oldindan puxta 
o’rgangan o’quvchilar yordamida qiziqarli savol - javoblar, tahlillar asosida isbotlab, 
tushuntirish mashqlari bo’lib, bunda o’quvchilar dars mavzusini o’zlashtirib eslab 
qolishlari uchun qulaylik yaratadilar.
Integral (integratsiyalangan) dars - bir nechta(musiqa, tarix, adabiyot va h.q.) 
fanlarga doir integratsiyalash uchun qulay bo’lgan mavzular bo’yicha tashkil qilingan 
dars bo’lib, o’quvchilarning turli fanlarga qiziqishlarini orttirib musiqiy ta’lim 
jarayonidagi faolliklarini taminlaydi.
Bunday darslar o’quvchilarga fanlararo bog’liqlikni o’rgatish orqali ularda ilmiy 
dunyoqarashini shakllantirish ijodiy tafakkurlarni rivojlantirishga hizmat qiladi.
Mo’jizalar maydoni darsi o’quvchilar bilan o’tkaziladigan qiziqarli o’yinlar 
bo’lib turli savollarga belgilangan vaqt davomida to’g’ri javoblar topish va 
g’oliblarni rag’batlantirish orqali o’quvchilarda fikrlash, topqirlik va ziyraklik, 
bilimlarni 
kengaytirib 
borish 
sifatlarini 
shakllantiradi. 
Didaktik 
o’yinli 
mashg’ulotlarni talabalarning bilim olish va o’yin faoliyatining uyg’unligiga qarab 
syujetli- rolli o’yinlar, ijodiy o’yinlar, ishbilarmonlar o’yinli, konfrensiyalar o’yin 
mashqlariga ajratish mumkin. O’qituvchi - pedagog avval talabalarni individual 
(yakka tartibdagi) so’ngra guruhli o’yinlarga tayyorlashi va uni o’tkazishi, o’yin 
muvaffaqiyatli chiqandan so’ng esa ularni ommaviy o’yinlarga tayyorlashi lozim. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
743


Chunki talabalar didaktik o’yinli mashg’ulotlarda faol ishtirok etishlari uchun zaruriy 
bilim, ko’nikma malakalarga ega bo’lishlari, bundan tashqari guruh jamoasi o’rtasida 
hamkorlik, o’zaro yordam vujudga kelishi lozim.
O’qituvchi - pedagog didaktik o’yinli mashg’ulotlarni o’tkazishda qizg’in 
tayyorgarlik ko’rishi va uni o’tkazishda quyidagi didaktik talablarga rioya qilishi 
talab etiladi:
1. Didaktik o’yinli mashg’ulotlar dasturida qayd etilgan mavzularning ta’limiy, 
tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsad hamda vazifalarni hal qilishga qaratilgan 
bo’lishi; 
2. Jamiyatdagi va kundalik hayotdagi muhim muammolarga bag’ishlanib, ular 
o’yin davomida hal qilishi;
3. Barkamol shaxsni musiqiy tarbiyalash tamoyillariga va sharqona odob-ahloq 
normalariga mos kelishi;
4. O’yin tuzilishi jihatidan mantiqiy ketma-ketlikda bo’lishi;
5. Mashg’ulotlar davomida musiqiy didaktik prinsiplarga amal qilinishi va eng 
kam vaqt sarflanishiga erishishi kerak. 
Didaktik o’yinli mashg’ulotlar orasida konfrensiya mashg’ulotlari ham muhim 
o’rin 
tutadi. 
Konfrensiya 
mashg’ulotlari 
talabalarning bilish faoliyatini 
faollashtirishda ilmiy dunyo qarashini kengaytirishda, qo’shimcha va mahalliy 
materiallar bilan tanishtirishda, ilmiy va ilmiy-ommabob adabiyotlar bilan mustaqil 
ishlash ko’nikma va malakalarni ortirish, mustaqil hayotga ongli tayyorlashda muhim 
ahamiyat kasb etadi. Konfrensiya mashg’ulotlarini talabalarning bilish faoliyatni 
faollashtirishda ilmiy dunyoqarashini mustaqil ishlash ko’nikma va malakalarni 
ortirish kengaytirishda, ilmiy va ilmiy ommabop adabiyotlar bilan mustaqil hayotga 
ongli tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Konfrensiya mashg’ulotini o’tishdan oldin mashg’ulot mavzusini maqsad va 
vazifalarini belgilab, shu mavzuga oid qo’shimcha ilmiy, ilmiy-ommabop adabiyotlar 
ko’zdan kechiriladi. Mashg’ulotni o’tishdan bir hafta oldin mashg’ulot mavzusi elon 
qilinib unga tayyorgarlik ko’rish uchun adabiyotlar tavsiya etiladi. Ushbu 
mashg’ulotda “Olimlar” ro’lini tanlash, mavzuni har tomonlama yoritish, maruza 
tayyorlash talabaning ixtiyorida bo’ladi.
Ilmiy konfrensiya mashg’ulotini quyidagicha o’tkazish tavsiya etiladi. 
Didaktik o’yinlarni tanlashda o’quvchilarga bilim va tarbiya berishning quyidagi 
tartib qoidalariga rioya qilinadi: 
1. Didaktik o’yinlar tanlash va ulardan foydalanishda o’quvchilarning yosh 
xususiyatlari pedagogik jihatdan tayyorgarligi va bilim saviyasi hisobga olinadi; 
2. Tanlangan har bir o’yin o’quvchilarga sistemali bilim berish, malaka va 
ko’nikmalar hosil qilish bilan birga ularning barkamol bo’lib yetishishiga va ruhan 
tetik o’sishiga qaratilgan bo’ladi; 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
744


3. Didaktik o’yinlarni tanlashda musiqiy ta’limning aniq maqsad va vazifalari 
asos qilib olinadi. 
Didaktik o’yinlar musiqiy ta’lim mazmunini aniqlashtirishning muhim 
vositalaridan biri. U o’quvchilarda o’qish motivini, istagini rivojlantirishga xizmat 
qiladi. 

Download 276.42 Kb.
1   2   3   4




Download 276.42 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Didaktik o’yinlarning turlari va ularni olib borishga doir talablar

Download 276.42 Kb.
Pdf ko'rish