• Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish
  • Mavzu: innavatsion faoliyatni tashkil etishda texnoparklar tizimi. Kirish




    Download 27.05 Kb.
    bet1/3
    Sana25.02.2024
    Hajmi27.05 Kb.
    #162081
      1   2   3
    Bog'liq
    Mavzu innavatsion faoliyatni tashkil etishda texnoparklar tizim-fayllar.org
    BMI Sadirova Dilbar, Instructions on ensuring of system ru, Ахмаджонов М, boynazarov, Onlayn olimpiada, Aning kurs ishi Web saytlarni yaratish, M.Amonov, сиртки тестлар рус, xrpt u3ltrd4dklbn7ae3mczuk090mh6zsg0d0lypopu14vezvir0kftxfrvs1phiyglxsad9pyzjj49, Qaraqalpaqstan etnonim 2, Kampyuter tarmoqlarida test savollari. Kompyuter tarmog`i nima , 1701689968 (2), Oziq ovqat tovarlari sifatini tekshirish usullari-fayllar.org, obyektivka-namuna

    Mavzu: innavatsion faoliyatni tashkil etishda texnoparklar tizimi

    MAVZU: INNAVATSION FAOLIYATNI TASHKIL ETISHDA TEXNOPARKLAR TIZIMI.


    1. Kirish.


    2. Asosiy qism.
    1. Innovatsion faoliyat tushunchasi va turlari.


    2. Innovatsion faoliyatni tashkiliy shakllar kompleksi.


    3. Innavatsion faoliyatni tashkil etishda texnoparklar.




    1. Xulosa.


    2. Foydalanilgan adabiyotlar.


    Kirish
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-son Farmoni hamda “Ilm-fan sohasidagi davlat siyosati va innovatsion rivojlantirishdagi davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 1-apreldagi PQ-5047-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
    1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
    O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) maqomi va tuzilmasi;
    Vazirlik va uning markaziy apparati, hududiy boshqarmalarining asosiy vazifalari va funksiyalari, shuningdek, huquqlari hamda majburiyatlari;
    Vazirlik rahbarlarining asosiy funksional vazifalari, shu jumladan, vazir o‘rinbosarining soha yo‘nalishlari bo‘yicha asosiy vazifalari hamda javobgarligi;
    Vazirlik faoliyatining tashkiliy asoslari, hisobdorligi, faoliyat samaradorligini baholash mezonlari, hay’at va boshqa maslahat, konsultativ va ekspert organlari faoliyatini tashkil etish tartibi;
    Vazirlik faoliyatini moliyalashtirish va uning xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibi.
    2. Davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbar o‘rinbosarlarining biriga innovatsiyalarni joriy etish bo‘yicha quyidagi qo‘shimcha vazifalar (Chief Innovation Officer) (keyingi o‘rinlarda — rahbar o‘rinbosarlari) yuklatilsin:
    iqtisodiyotning real sektori va ishlab chiqarish tarmoqlarining ilmiy ishlanma va innovatsiyalarga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlashda ishtirok etish hamda tarmoq bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish asosida ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash;
    yangi ishlanmalarni tijoratlashtirish va ishlab chiqarishga joriy etish hamda ratsionalizatorlik faoliyatini rivojlantirish choralarini ko‘rish;
    ishlab chiqarish jarayonlarini samarali tashkil etishga qaratilgan yangi ishlanmalar sinovlarini tarmoq tashkilotlarida sanoat darajasida o‘tkazishni tashkil etish;
    tarmoq tashkilotlarining ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini yaxshilash maqsadida ularni innovatsion rivojlantirishga qaratilgan rejalarini amalga oshirish va rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
    yuqori texnologiyali va tijoratlashtiriladigan mahsulotlarni ishlab chiqish maqsadida ilmiy tashkilotlar va ishlab chiqarish sektori o‘rtasida integratsiyani ta’minlash;
    davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlarga joriy etiladigan yangi ishlanmalarni moliyalashtirish uchun tavsiya qilish;
    ilmiy-tadqiqotlar, ishlanmalar va intellektual faoliyat natijalari tijoratlashtirilishini moliyalashtirishda ko‘maklashish;
    ilmiy ishlanmalarni qo‘llagan holda yaratilgan tovarlarni (ishlarni bajarish, xizmatlarni ko‘rsatish) realizatsiya qilish orqali innovatsion loyihalarni tijoratlashtirish.
    3. Davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari bir oy muddatda:
    shtat birliklari doirasida rahbar o‘rinbosariga bo‘ysunuvchi innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanishga mas’ul bo‘linmani tashkil etsin;
    innovatsion faoliyat sohasida uch yilga mo‘ljallangan “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqib, Vazirlik bilan kelishgan holda tasdiqlasin.
    4. Vazirlik va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining “Yashnobod” innovatsiya texnoparkiga Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan ajratilgan qarzning qaytarilmagan qismini to‘liq ushbu texnopark ustav kapitalini oshirishga yo‘naltirish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
    Belgilab qo‘yilsinki, “Yashnobod” innovatsiya texnoparki rezidenti maqomini berish texnopark direksiyasi taqdimnomasiga asosan Vazirlik hay’atining qarori bilan amalga oshiriladi.
    5. Ilmiy tashkilotlarning ilmiy yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar shtat normativlarini belgilash tartibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
    6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
    7. Vazirlik manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.



    Download 27.05 Kb.
      1   2   3




    Download 27.05 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: innavatsion faoliyatni tashkil etishda texnoparklar tizimi. Kirish

    Download 27.05 Kb.