• sotsiolingvistika
  • 10-ma’ruza. Sotsiolingvistikada savodxonlik masalasi Reja




    Download 23,11 Kb.
    bet1/2
    Sana18.11.2023
    Hajmi23,11 Kb.
    #100829
      1   2

    10-ma’ruza. Sotsiolingvistikada savodxonlik masalasi


    Reja:
    1. Sotsiolingvistika va til sotsiologiyasi
    2. Amaliy sotsiolingvistika


    Tayanch so‘z va tushunchalar: til sotsiologiyasi, amaliy sotsiolingvistika.

    Qator tadqiqotchilar “sotsiolingvistika” termini bilan bir qatorda “til sotsiologiyasi” terminini ham qo‘llaydilar. Ba’zi tadqiqotchilar ularni sinonim deb hisoblasa, boshqalar sotsiolingvistikani til sotsiologiyasining bir yo‘nalishi sifatida har birining boshqa-boshqa tushuncha, deb farqlash kerakligini ta’kidlaydilar.


    Aksariyat zamonaviy sotsiolingvistlarning fikrlariga ko‘ra, sotsiolingvistika bu til sohasi bo‘lib, u til hodisalariga ijtimoiy omillarni jalb qilgan holda o‘rganadi; til sotsiologiyasi esa fanlararo chatishgan soha bo‘lib, u sotsiologik maqsad va tadqiqot metodlarini lingvistik materiallar bilan aloqadorlikda tadqiq etadi1.
    Ijtimoiy sharoitlarga bog‘liq bo‘lgan til variativligini o‘rganadigan sotsiolingvistikadan farqli o‘laroq, til sotsiologiyasi tilning, xususan, turli ijtimoiy guruhlarda til variantlarining qanday taqsimlanganligi va bu guruhlar qanday qilib til orqali o‘z maqsadlariga erishishlari bilan qiziqadi. Masalan, sotsiolingvistni hokimiyatning tilni boshqarishi, uning tilni ijtimoiy demagogiya yoki haqiqatni yashirish vositasi sifatida qo‘llashi yoki siyosiy raqib bilan shaxsiy obro‘-manfaatga futur yetkazmasdan kelishish yo‘llari qiziqtiradi. Ya’ni, sotsiolingvist “tildan”, til faktlaridan kelib chiqib ish ko‘rsa, til sotsiologi “jamiyatdan”, ijtimoiy munosabatlar va institutlardan kelib chiqqan holda ish ko‘radi.
    Shunday qilib, sotsiolingvistika va til sotsiologiyasi tadqiqot maqsadi va vazifalarida ko‘plab mushtarakliklarga ega, biroq mazkur maqsadlarga erishishda va vazifalarni amalga oshirishda ularning yo‘llari bir-biridan farq qiladi: birinchisi tildan jamiyatga, ikkinchisi jamiyatdan uning lisoniy xususiyatlariga tomon boradi.
    Ayrim tadqiqotlarda bu ikki termindan tashqari yana lingvistik sotsiologiya yoki lingvosotsiologiya ham ajratiladi. L.B.Nikolskiyning ushbu tushunchaga bergan ta’rifidan kelib chiqib, uni “til sotsiologiyasi” terminining mazmuniga juda yaqin turishini aytish mumkin. Lingvistik sotsiologiya ijtimoiy sohalar va jarayonlarni ularning lisoniy aksi orqali o‘rganadigan yo‘nalishdir2.
    Qator fanlar o‘z oldida turgan vazifalarini nafaqat nazariy jihatdan, balki amaliyot bilan bog‘lab ham hal qiladi. Odatda, bunday yo‘nalishlar amaliy deb yuritiladi. Masalan, yozuvsiz mayda millatlar uchun yozuv va alifbolar tuzishdan tortib, to mashina tarjimasi, matnni avtomatik qayta ishlash va ma’lumotlar qidirish kabi keng amaliy muammolar bilan shug‘ullanadigan amaliy tilshunoslik, yoki amaliy matematika, amaliy psixologiya va qator boshqa amaliy fanlarni ko‘rsatish mumkin.
    Amaliy sotsiolingvistika obyektini ona tili va chet tillarni o‘qitish, davlat til siyosatini tashkil qilish, amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqish va boshqa muammolar tashkil qiladi. Sotsiolingvistik nazariyalar va sotsiolingvistik tadqiqotlarning amaliy yechimini topish ko‘pincha u yoki bu davlatdagi lisoniy vaziyatlarning tabiatiga bog‘liq bo‘ladi. Ko‘p tilli davlatlardagi muammolar boshqa, bir tilli davlatlardagi muammolar boshqa. Ko‘p tillilik sharoiti uchun yagona mamlakatda yashovchi barcha millatlarga muloqot vositasi bo‘lib xizmat qiluvchi, shuningdek, davlat tili mavqeyidagi makrovositachi tilni tanlash masalasi o‘ta muhim hisoblanadi. Bir tillilik sharoiti uchun adabiy tilni me’yorlashtirish va kodlashtirish, uning boshqa milliy til tizimlari bilan munosabati masalasi dolzarbdir. Shunga ko‘ra, sotsiolingvistik muammolarni ishlab chiqish, sotsiolingvistika amaliy yo‘nalishlarini belgilash turlicha bo‘ladi.
    Til tadqiqiga ijtimoiy nazar bilan yondashishning dastlabki bosqichida ijtimoiy-lisoniy aloqalar tahliliga aqliy yondashuv xos bo‘lib, mazkur sohaga tegishli daliliy materiallar hali yetarli emas edi. “Til-jamiyat” munosabatiga oid masalalar endigina o‘rtaga tashlangan va ular umumiy nuqtayi nazardan muhokama qilinar edi. Bunday tadqiqotlarga Y.D.Polivanov va A.Meyening ishlarini misol qilib keltirish mumkin.
    Dastlabki sotsiolingvistik tadqiqotlar sotsiolingvistika nazariyasini shakllantirishda asos vazifasini o‘tadi. Sotsiolingvistik tadqiqotlarning mazkur yo‘nalishi, asosan, “til - jamiyat” munosabatlariga aloqador bo‘lgan umumiy muammolarning tadqiqi bilan shug‘ullanadi. Bu muammolar quyidagilardan iborat:
    - tilning ijtimoiy hodisa ekanligi haqidagi umumiy tezis atrofida guruhlangan aksiomalar tizimini shakllantirish;
    - til taraqqiyotiga xos qonuniyatlarni aniqlash va ularning ijtimoiy tabiatini isbotlash;
    - til mavjudligining ijtimoiy shartlanganligini tekshirish, uning turli muloqot muhitlari va ijtimoiy vaziyatlarga bog‘liqligini ko‘rsatish;
    - kommunikatsiya ishtirokchilarining ijtimoiy rollari tizimi yoki bu nutqiy aktlarni amalga oshirishdagi ijtimoiy-psixologik sharoitlar, so‘zlovchining bir koddan boshqasiga o‘ta olishi kabi qator omillarning ahamiyatini aniqlash va h.k3.
    Sotsiolingvistikaning nazariyachilari tilning ijtimoiy omillariga ommaviy empirik materiallarni bog‘lash zaruratini dastlabki bosqichlardayoq anglab yetishgan edi. XX asrning 60-yillarida Rossiyada M.V.Panov, AQShda U.Labov bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda sotsiolingvistik tadqiqotlarning zaruriy bosqichi va muayyan nazariy asoslarni isbotlash usuli sifatida tajribaga murojaat qilishgan. Mazkur xatti-harakatlar tajribaviy sotsiolingvistikaning rivojlanishiga turtki bo‘lgan.
    Zamonaviy sotsiolingvistik tajriba ulkan tashkiliy faoliyat va muayyan moliyaviy xarajatlarni talab qiladigan murakkab ishdir. Binobarin, tajriba o‘tkazuvchi tadqiqotchi kishilar nutqiy muomalasining o‘ziga xos tomonlari yoki lisoniy hamjamiyatlarni tashkil qilgan turli ijtimoiy guruhlar haqida imkon qadar xolis va yetarli ma’lumotlar olishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. O‘z navbatida, tajriba o‘tkazishning ishonchli vositalari, sinalgan usullar, maxsus tajriba dasturiga amal qiluvchi axborot beruvchi informantlar jamoasini to‘g‘ri tanlay olish ham muhim hisoblanadi.
    Shuni alohida ta’kidlash joizki, fan tarixida qo‘pol sotsiolingvistik tajribalar ham o‘tkazilgan. R. Bell yarim hazil, yarim chin ma’noda ilk sotsiolingvist tajribachi sifatida galaadityan qabilasiga mansub qadimgi lashkarboshi Ieftayni ko‘rsatadi. U dushman “beshinchi kolonna” efremliklar qabilasi vakillarining o‘z harbiy kuchlariga kirib olishining oldini olish maqsadida Iordan daryosi kechuviga kelgan har bir jangchiga “shibbolet” (yahudiy tilida “oqim” degani) - deb aytishni buyurgan. Galaaditliklar “shibbolet” so‘zi boshidagi [v] tovushini qiynalmasdan to‘g‘ri talaffuz qilishgan, efremliklar esa uni talaffuz qila olishmagan. Bu tajribaning natijasi qonli bo‘lib, “shibbolet”ni galaaditcha aytolmagan 42 ming efremlik o‘z hayoti bilan vidolashgan4 .
    Tajribaviy tadqiqotlarni o‘tkazish uchun maxsus uslublar majmuyi ishlab chiqilmoqda. Bunday uslublardan ayrimlari U.Labov va uning izdoshlari tomonidan ingliz tilining Amerika variantini o‘rganishda, shuningdek, M.V.Panov rahbarligidagi moskvalik tilshunoslar tomonidan muvaffaqiyatli qo‘llanilgan.

    Download 23,11 Kb.
      1   2




    Download 23,11 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    10-ma’ruza. Sotsiolingvistikada savodxonlik masalasi Reja

    Download 23,11 Kb.